Reja 1.Milliy iqtisodiyot rivojlanishining nazariy jihatlari. 2.Milliy iqtisodiyotning makroiqtisodiy ko`rsatkichlarini tahlil qilish. 3 Iqtisodiyotning rivojlanishini belgilaydigan makroiqtisodiy ko`rsatkichlar tizimi.
1 Milliy iqtisodiyot tushunchasi,mazmni,kursning predmenti.
Iqtisodiyot keng ma’noda - bu bir tomondan, o’ziga xos qonunlar asosida rivojlanadigan ishlab chiqarish va noishlab chiqarish tarmoqlarini birlashtirgan xo’jalik bo’lib, ikkinchi tomondan iqtisodiyot, yuqori mehnat unumdorligiga erishish, aholini turmush darajasini yaxshilash va cheklangan resurslardan unumli foydalanish maqsadida iqtisodiy qonunlarni o’rganish bilan shug’ullanadigan eng qadimiy fanlardan biridir.
Milliy iqtisodiyot fani esa - iqtisodiyotni shakllanish va rivojlanish muammolarini yangi sharoitda, mustaqillik sharoitida o’rganiladigan iqtisodiy fanlar tizimidagi yosh fandir.
Milliy iqtisodiyot iqtisodiyotni ham milliy (nomos), ham iqtisodiy (oikos) qismlarini birlashtiradi.
«Milliy» so’zi lotincha so’zdan olingan bo’lib «natio»- xalq so’zini anglatadi. «Iqtisodiyot» esa grekcha so’zdan olingan bo’lib, «oikonomike»- uy xo’jaligini boshqarish san’ati ma’nosini anglatadi.
Iqtisodiyotni 3 xil tushunchasi bor:
• Ishlab chiqarish munosabatlarini yig’indisi;
• Rayon xo’jaligi, mamlakat yoki mamlakatlar xo’jaligi yoki dunyo xo’jaligi;
• Iqtisodiy munosabatlarni tarmoqlararo yoki funktsional aspektlarini (tomonlarini) o’rganadigan chegaralarini tanlab olish hozirgi zamon texnikasini, siyosatini rivojlanishini hamda umummilliy ko’rsatkichlarini tahlil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir davlat ma’lum bir sohani yoki umuman iqtisodiy faoliyatni muvaffaqiyatli rivojlantirishni u yoki bu sharoitlarini yaratadi. Bu o’z
navbatida mamlakatning jahon iqtisodiyotida ma’lum o’rin egallashida katta ahamiyat kasb etadi.
O’zbekiston Milliy iqtisodiyoti mavjud bo’lgan barcha sohalar, birlashmalar, korxona va tashkilotlarning yig’indisidir. Ular yagona iqtisodiy tizimga, umumiy qonunlarga va rivojlanish maqsadlariga asoslangan holda birlashgan.
Milliy iqtisodiyot kursining predmeti alohida mamlakat miqyosidagi iqtisodiy faoliyatni, iqtisodiy jarayonlarni uning tarmoqlarini, hududiy va funktsional tarkibini qamrab oladi.
Milliy iqtisodiyot kursi:
1. Mamlakatning yagona xalq xo’jaligi kompleksi kabi Milliy iqtisodiyotni shakllanish jarayonini o’rganadi;
2. Iqtisodiyotni boshqarishda xaddan tashqari markazlashgan totalitar tuzumdan tubdan farq qiladigan bozor iqtisodiyotini shakllanish jarayonini o’rganadi;
3. Mamlakat iqtisodiyotini isloh qilish printsiplarini o’rganadi.
4. Mamlakat iqtisodiyotining isloh qilishni milliy o’zbek modelini mohiyatini o’rganadi.
5. Iqtisodiyotning boshqarish shakllarini qayta qurish, yangi boshqaruv tashkilotlari tizimini yaratish hamda mustaqillik sharoitida davlat boshqaruvini tashkil qilishni va bozor iqtisodiyotiga astasekin, bosqichma-bosqich o’tib borish jarayonlarini o’rganadi.
Milliy iqtisodiyot boshqa iqtisodiy fanlar bilan chambarchas bog’liqdir. Milliy iqtisodiyot iqtisodiy fanlarning tarkibiy qismi sifatida umumiy qonunlar asosida rivojlanadi. U avvalo iqtisodiyot nazariyasi bilan bog’liq. Ma’lumki iqtisodiyot nazariyasi fani insonning, jamiyatning iqtisodiy faoliyati ya’ni moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab chiqarish hamda xizmat ko’rsatish jarayonlarini, shu bilan birga iqtisodiy qonunlar, kategoriyalar hamda ularni amal qilish mexanizmini o’rganadi. U kishilik jamiyati paydo bo’lgandan buyon rivojlanib takomillashib kelayapti.
Milliy iqtisodiyot kursi iqtisodiy rivojlanishni va takomillashishining bir, maxsus davriga ya’ni markazdan turib boshqariladigan iqtisodiyotni bozor iqtisodiyotiga o’tish davriga to’g’ri keladi. Bu eski iqtisodiy tizimni tubdan isloh qilish va yangi ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini yaratish davrini ifodalaydi. Milliy iqtisodiyot predmeti bo’lib ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlari takror ishlab chiqarish hisoblanadi.
Milliy iqtisodiyot kursi makroiqtisodiyot, moliya va kredit, va boshqa iqtisodiy fanlarni nazariy tomonlarini ma’lum davlatning –masalan, O’zbekiston Respublikasining xususiyati va sharoitiga bog’laydi. Bo’lajak iqtisodiyot mutaxasislarini o’z mamlakatining iqtisodini chuqur va har tamonlama o’rganishga qaratadi. Milliy iqtisodiyot fanini o’rganish sotsiologiya, tarix, iqtisodiy geografiya,
statistika, informatsion texnologiya va boshqa fanlarni chuqur bilishni taqozo qiladi. Chunki, iqtisodchi-mutaxassis iqtisodiy faoliyatni barcha jarayonlarini to’liq va har tomonlama o’rganish uchun iqtisodiy, huquqiy, texnika va boshqa fanlarni ham bilishi lozim bo’ladi.
.2 O’zbekiston Respublikasining bozor iqtisodiyotiga o’tish va milliy iqtisodiyotni shakllanishi.
1991 yil 31 avgust kuni Toshkent shaxrida Respublika Oliy Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo’lib o’tdi. Unda O’zbekistonni davlat mustaqilligi e’lon qilindi. Oliy Kengashning Respublika davlat mustaqilligi haqidagi arizasi qabul qilindi. Maxsus qaror bilan O’zbekiston SSR «O’zbekiston Respublikasi» , deb ataladigan bo’ldi. 1 sentyabr-Mustaqillik kuni, deb belgilandi. O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida qonun qabul qilindi.
O’zbekiston Respublikasi unitar davlat bo’lib, davlat hokimiyati hokimiyatning taqsimlanish nazariyasiga binoan mustahkamlangan. Unitar davlatda davlat tuzilishi shakli, davlat xududi tarkibida, federatsiyadan farqli ravishda, federative
birliklar (shtatlar, erlar) bo’lmaydi, balki u ma’muriy-hududiy birliklar (viloyatlar, tumanlar, va hokazo) ga bo’lingan bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi hududiy jihatdan bo’linmas yagona davlatni tashkil qiladi. Uning tarkibiga Qoraqalpog’iston Respublikasi, 12 ta viloyatlar, 163 ta tumanlar, 119 ta shaharlar, qishloqlar va ovullar kiradi. Maydoni – 447,4 ming kv. km, aholisi – 24,8 mln∗ kishi, undan 9358,7 ming kishi yoki 37,9 % shahar, 15502,0 ming kishi yoki 62,1 % qishloq aholisini tashkil qiladi. 1 km2 ga to’g’ri keladigan axoli soni 53,3 kishidir. Qishloq xo’jaligiga yaroqli erlari – 27,9 mln.ga, shundan
sug’orishga yaroqli erlar 5 mln.ga, sug’oriladigan erlar 4,2 mln. ga ni tashkil qiladi.(Jurnal. «Biznes kurer» № 31. 2003 y 23 oktyabr 6 bet)
• 1991 yil 18 noyabrda O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i tasdiqlangan;
• 1992 yil 2 mart O’zbekiston Respublikasi BMTiga a’zo bo’lib qabul qilingan;
• 1992 yil 2 iyulda O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasdiqlangan;
• 1992 yil 8 dekabrda O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan;
• 1992 yil 10 dekabrda O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi tasdiqlangan;
• 1994 yil 1 iyulda O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasi muomalaga kiritilgan.
O’zbekiston – suveren demokratik respublika. Davlatning «O’zbekiston Respublikasi» va «O’zbekiston» degan nomlari bir ma’noni anglatadi. Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar. O’zbekiston Respublikasi o’zining milliy-davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini hamda davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarining tizimini belgilaydi, ichki va tashqi siyosatini
amalgaoshiradi. O’zbekistonning davlat chegarasi va hududi daxlsiz va bo’linmasdir. O’zbekiston Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir. U o’z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi. Mustaqillikka erishgandan so’ng mamlakatning o’ziga xos xususiyatlarini qamrab olgan iqtisodiy siyosat shakllanib, istiqbol yo’nalishlari belgilab olindi. Sobiq ittifoqning parchalanishi oqibatida O’zbekistonga o’ta markazlashgan, direktiv usul bilan boshqarilgan, mulkchilikning cheklangan turlariga asoslangan iqtisodiyot meros qilib qoldirilgan edi. Bu esa chuqur iqtisodiy inqirozga olib keldi. Ishlab chiqarish hajmi, milliy daromad ko’rsatkichlari pasayib ketdi va hokazo.
Respublika Prezidenti va hukumati zudlik bilan qat’iy choralar ko’rish va eng avvalo yangicha iqtisodiy siyosat ishlab chiqildi. Uning negiziga bozor iqtisodiyoti asos qilib olindi. Dunyodagi barcha rivojlangan mamlakatlar tajribasidan, ayniqsa, Turkiya, Janubiy Koreya va boshqa qator Osiyo davlatlari namunalaridan to’g’ri foydalanilgan holda mumkin qadar tezroq, aholining hech bir tabaqasiga katta ziyon etkazmasdan bozor iqtisodiyotiga o’tish kerakligi davlat siyosatining mazmunini tashkil qildi. Buning uchun har taraflama keng iqtisodiy islohotlar o’tkazish rejalashtirildi va respublikada bozor munosabatlariga o’tishning quyidagi nazariy asoslari va mezonlari aniqlandi:
• iqtisodning mafkuradan xoli bo’lishi va uning siyosatdan ustuvorligi;
• davlatning bosh islohotchi bo’lishi;
• qonunlar va ularga rioya qilish ustuvorligi;
• xalq manfaatlariga qaratilgan kuchli ijtimoiy siyosatni yurgizish;
• bozor iqtisodiyotiga asta-sekin, bosqichma-bosqich o’tib borish.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti ilgari surgan rivojlanishning bubesh tamoyili amalda o’zining hayotiyligini to’la tasdiqladi. Amaliy ish jarayonida O’zbekiston tub iqtisodiy islohotlarni o’tkazishni o’ziga xos yo’lini to’g’riligi va ta’sirchanligi tasdiqlandi. Bu tamoyillar jaxon jamoatchiligi tomonidan ma’qullandi. Mazkur tamoyillarni amalga oshirib, respublikada ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, eng muhimi – bozor munosabatlarini joriy etish sari
bosqichma-bosqich ilgarilab borish ta’minlandi.