Reja Milliy iqtisodiyot rivojlanishining nazariy jihatlari


O’zbekistonda o’tish davrining o’zidayoq iqtisodiy barqarorlikni



Yüklə 24,25 Kb.
səhifə2/3
tarix17.06.2023
ölçüsü24,25 Kb.
#132091
1   2   3
Iqtisodiy nazariya mustaqil ish 1

O’zbekistonda o’tish davrining o’zidayoq iqtisodiy barqarorlikni ta’minlabgina qolmay, mamlakatni iqtisodiy o’sish sari olib chiqdi, kelgusida uni yanada jadalroq rivojlanishi uchun mustahkam zamin yaratdi. Natijada jahon iqtisodiy adabiyotida xaqli ravishda taraqqiyotning «Qzbekiston modeli», «Qzbekiston fenomeni» degan tushunchalar paydo bqldi.
O’zbekiston respublikasi xalq xo’jaligi yaqin o’tmishda umumittifoq xalq xalq xo’jaligi majmuining tashkiliy qismiga kirar edi. Shu bilan birga Sobiq ittifoqdagi mehnat taqsimotiga asosan xom ashyoni etkazib beruvchi mavqeini egallardi. Bunday sharoit xalq xo’jaligini “milliy iqtisodiyot” tushunchasi bilan taqqoslash mumkin emas edi.
Endilikda O’zbekistonda siyosiy va davlat mustaqilligi kamol topishi iºtisodiy rivojlanishning qz yqlini tanlash imkoniyati yaratilishi bilan respublikada hozirgi zamon milliy iqtisodiyoti shakllana boshlandi.
Respublikada iqtisodiyotga oid bir qator qonunlar qabul qilindi: «Mulkchilik to’g’risida», «Korxonalar to’g’risida», «Kooperatsiyalar to’g’risida», «Ijara to’g’risida», «Tadbirkorlik to’g’risida», «Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida», «Chet el investitsiyalari haqida», «Tashqi iqtisodiy faoliyat asoslari to’g’risida», «Soliq solish to’g’risida» va hokazolar kabi 400 dan oshiq qonunlar qabul qilindi. 12 ta kodeks qabul qilindi. Kodeks bu sohalar bo’yicha qabul qilingan qonunlarni mujassalanishidir.
O’zbekistonda iqtisodiyotning asosini tashkil etuvchi ishlab chiqarish sohasiga alohida e’tibor berildi va berilmoqda. Ushbu sohaning eng asosiy tarmog’i sanoatning an’anaviy rivojlangan turlari – qishloq xo’jalik mashinasozligi, kimyo sanoati kabilar bilan bir qatorda mutlaqo yangi sanoat sohalarini tashkil etish zarur bo’ldi.
O’zbekiston iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri qishloq xo’jaligi hisoblanadi. Uning asosiy bo’g’ini bo’lgan paxtachilik eng rentabelli va xaridorgirdir. Shu sababdan, kelajakda ham paxtachilikni rivojlantirish, uning tarmoq infrastrukturasida qulay, mos hajmini, salmog’ini aniqlash, shuningdek tola sifatini tubdan yaxshilab, dunyo standarti darajasiga keltirish eng dolzarb muammodir.
Davlatimiz nisbatan katta hududga ega va uning geografik o’rni ham alohida xasusiyatlarga molik. Bu holat qurilish va transportni ham jadal sur’atlar bilan rivojlantirish vazifasini qo’yadi. Yalpi ishlab chiqarish maydonlarini, uy-joy, madaniy-maishiy muassasalar, ta’lim va sog’liqni saqlash sohalarining mustaqil moddiy-texnik poydevorini yaratish qurilish sohasining mazmunini tashkil etadi. Trasportning muhim turi bo’lgan dengiz transportiga ega emasligimiz, temir yo’lning esa past darajadaligi va faqat bir tomonga, shimolga qaratilganligi ushbu jabhalarda chuqur o’zgarishlarni amalga oshirishni nazarda tutadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, havo transporti respublika hayotida muhim o’rin egallaydi. «O’zbekiston havo yo’llari» milliy aviakompaniyasi hozirning o’zidayoq dunyoning o’nlab mamlakatlari bilan passajir va yuk tashish aloqalarini o’rnatdi.
Davlat iqtisodiy siyosatining asoslari qilib quyidagilar belgilanadi:
a) qisqa muddat (5-10 yil) ichida respublikamizni xom ashyo ishlab chiqaradigan davlatdan dunyo bozorlarida raqobat qila oladigan, tayyor mahsulotlar ishlab chiqaradigan mustaqil iqtisodiyotga ega, qudratli davlatga aylantirish;
b) iste’mol bozorini avvalo ichki resurslar hisobiga to’ldirish, aholining oziq-ovqat, kundalik sanoat tovarlariga bo’lgan ehtiyojini juda qisqa vaqt ichida to’liq ta’minlash;
v) aholi daromadlarining narx-navo bilan mutanosibligini ta’minlash, buning uchun zarur bo’lgan ijtimoiy tadbirlarni amalga oshirish;
g) puxta ishlangan qonunlarga asoslangan holda davlat suverenitetini (daxlsizligini) ta’minlash, birinchi navbatda xalq manfaatlarini himoya qiladigan teng huquqli, o’zaro foydali tashqi iqtisodiy aloqalarni o’rnatish;
d) ichki iste’mol bozori himoyasini ta’minlash, davr talabiga javob beradigan moliya-pul siyosatini ishlab chiqish va hokazo.
1- Respublika Prezidenti I.A.Karimov o’zining «O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni
chuqurlashtirish yo’lida» degan asarida «Pirovard maqsadimiz ijtimoiy yo’naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga ochiq tashqi siyosatga ega bo’lgan kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iboratdir» degan edi (179 bet).
Respublikada bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish ularni har biri uchun konkret maqsadlarni, ularga erishish vositalarini belgilab olishni taqozo etadi.
Birinchi bosqich butunlay yangi iqtisodiy tizimning huquqiy negizlarini yaratishga, davlatchilikni shakllantirish va mustahkamlashga, eskicha fikrlash tarzlarini ongimizdan chiqarib tashlashga qaratilgan edi. Bu bosqichda yangi tuzum uchun ishonchli poydevor yaratish vazifasi qo’yildi. Birinchi bosqichda:
1. O’tish jarayonini huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarning qonuniy-huquqiy bazasini mustahkamlash va rivojlantirish;
2. Qishloq xo’jaligida mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish, mahalliy sanoat, savdo, maishiy xizmat korxonalarini, uy-joy fondini xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish, shuningdek, engil sanoat, qurilish va transport sohasidagi ayrim korxonalarni aktsiyadorlik asosida qayta qurish hisobiga ko’p ukladli iqtisodiyot negizlarini yaratish. Xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish;
3. Moliyaviy ahvolni barqarorlashtirish moliya va soliq siyosati; kredit-pul siyosati, narx-navo bo’yicha va pulning qadrsizlanishiga qarshi siyosat va hokazo ishlar amalga oshirildi.
Respublikada jamiyatni isloh qilishning ikkinchi bosqichining vazifalari quyidagilar deb belgilandi:
1. Davlat mulklarini xususiylashtirish sohasidagi boshlangan ishni oxiriga etkazish;
2. Ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, korxonalar, tarmoqlarning ham umuman davlatning iqtisodiy va moliyaviy barqarorligiga erishish;
3. Milliy valyuta – so’mni yanada mustahkamlash uning konvertatsiyasiga, qat’iy valyutalarga erkin sur’atda almashtirilishiga butun choralar bilan erishish. Bu vazifa 2003 yil 15 oktyabrdan boshlab hal qilindi.
4. Iqtisodiyot tarkibini tubdan o’zgartirish, xom ashyo etkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o’tish, uning sifatini va raqobatga bardoshligini jaxon bozori talablari darajasiga etkazish va hokazo.
Shunday qilib, Milliy iqtisodiyot turli qism va bo’laklardan tashkil topgan murakkab tizimdir. Iqtisodiyotning turli qism va bo’laklari o’rtasidagi o’zaro nisbat iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi deb ataladi. Iqtisodiyotni alohida qismlarga bo’lish asosida turli belgilar yotadi, shuning uchun tarkiblarning tuzilishi bir necha turlarga ajratib o’rganiladi.

Yüklə 24,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin