Тa`lim rivojining o`ziga xos xususiyatlari. Insoniyat tarixida o`z ijtimoiy ahamiyati jihatdan alohida e`tiborga loyiq holatlar, qadriyatlar mavjudki, bular u yoki bul millat, elat, xalqning mavjudlik belgisi, taraqqiyot mezoni sifatida baholanishi mumkin. Millat mavjudligining ana shunday muhim belgilaridan bir ta`lim tizimi hamda yuqori malakali mutahassis qadriyatlar tayyorlash masalasidir.
Darhaqiqat, ta`lim tizimi demokratik tamoyillar bilan uyg`unlashgan, uning insonparvar jamiyat barpo etish kabi zarur ijtimoiy ehtiyoj talabalariga javob bergandagina u o`z oldiga qo`ygan buyuk maqsab-barkamol avlodni tarbiyalash va shakllantirish vazifasini ado etishi mumkin.
Umuman, 1992 yilda qilingan «Тa`lim to`g`risida»gi Qonun O`zbekiston ta`lim tizimini isloh qilishda ma`lum rol o`ynadi. Mazkur hujjat sho`rolar mustabid tizimi davridan «meros» bo`lib qolgan, kommunistik mavkuraga xizmat qiluvchi mafkuraviy yangi sharoitdagi vaziflariga to`liq javob bera olmadi edi. Shuning uchun ham O`zbekiston hukumati ta`lim tizimini to`liq isloh etishga qodir hujjatlarni qabul qilishga e`tiborni kuchaytirish va bu bosh islohotchilik yo`lini o`ynadi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida tamomila yangi, sifat jihatdan mukammal «Тa`lim to`g`risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy daturlarini ishlab chiqdi.
Mamlakat Prezidenti yuqorida qayd etilgan hujjatlarni qabul qilisha undayotgan omillarni e`tiborga olgan holda quyidagi fikrni bayon etdi. Birinchidan, biz eski sho`rolar zamonidan qolgan ta`lim-tarbiya tizimiga xos mafkuraviy qarashlardan va sarqitlardan xali beri to`liq qutulganimiz yo`q. Ikkinchidan, barcha amaldagi o`zgarishlar va tadbirlar, asosan yuzasi bo`lib, ta`lim-tarbiya va o`quv jarayonlarining tarkibini, bosqichalarini bir-biri bilan uzviy bog`lash, ya`ni uzluksiz ta`lim-tarbiya tizimini tashkid qilish muammolarini yechib bergan esam.
Uchinchidan, bizning amaldagi ta`lim-tarbiya tizimimiz bugungi kun zamonaviy, taraqqiyot topgan demokratik davlatlar talablariga javob bera olmasligi ko`p joylarda yaqqol ko`rinmoqda. Mazkur mulohazalar yangi hujjatlar qabul qilingungacha bo`lgan davrdagi ta`lim timizining cheklanganligidan yaqqol dalil beradi.