Reja: Milliy ong va milliy uzini uzi anglash tushunchalari



Yüklə 53 Kb.
səhifə1/3
tarix18.12.2023
ölçüsü53 Kb.
#184054
  1   2   3
milliy-ma\'naviy yangilanish, yuksalish,taraqqiyot omili


Milliy-ma'naviy yangilanish, yuksalish,taraqqiyot omili
Reja:

  1. Milliy ong va milliy uzini - uzi anglash tushunchalari.

  2. Milliy ongning shakllanishi.

  3. Milliy uzini - uzi anglash va uning xususiyatlari.

  4. Etnik ong va individ.

Falsafa, etnografiya, ijtimoiy psixologiyaga oid aksariat adabiyotlarda milliy ong va milliy uzini - uzi anglash tushunchalari deyarli farklanmasdan, sinonim suzlar sifatida ishlatib kelinadi. Tugri, ular urtasida mazmunan uzviy boglik va yakinlik bor. Ular bir jarayonning turli boskich darajalaridir.
Millatning uzini- uzi anglashi-etnik psixologiyasining ancha keyin vujudga keladi murakkab fenomeni xisoblanib, u milliy ong asosida vujudga keladi va uning tuzilmasiga kiradi. Milliy uzini - uzi anglash millatning uz manfaati, maksadi va motivlarini anglab etish darajasini bildiradi. Shuningdek, u millat tomonidan uzining utmishi tarixi, etnik kelib chikishi, milliy goyalari, kelajagi jaxon jamiyatida tutgan urnini bilishi bulib vatanparvarlik, milliy gurur, sha'n, burch kurinishlarida namoyon buladi.
Agar insonning milliy ongi mansubligini anglash orkali millat xayotidagi vokea vakillar ongida katta uzgarishlar bulishiga, milliy uzini - uzi anglashning rivojlanishiga va boyishiga olib keladi. Milliy uzini - uzi anglashda millat ziyolilari katta rol uynaydilar. Ular uz milliy tilida san't va adabiyotini rivojlantirishi, milliy kadriyatlari uchun kaygurish orkali milliy manfaatga goyalar uchun kurashib, milliy uzlikni rivojlantirishga xizmat kiladi. Bu kurash, ayniksa milliy til, milliy kadriyatlar kamsitilgan, milliy manfaatlar xavf ostida kolgan paytlarda kuchayadi.
Milliy uzini-uzi anglashda malum subektivizm mavjud bulib, u muayyan tarixiy va ijtimoiy davrlarda uz yunalishini uzgartirib turishi mumkin. Bazan bu yunalishi uz chegarasidan chikib ''millatchilik'' degan xafli, xatarli xolatni tugdiradiki, milliy uzlikni boshka etnik guruxlarga karama - karshi kuyish, milliy maxdutlik kabi nomakbul kurinishlarga aylanadi.
Milliy mansublikni anglash bilan boglik xususiyatlar ancha barkaror bulib, doimo ijtimoiy siyosiy tarixiy uzgarishlar ta'siriga berilmasligi yoki nisbatan kam berilish mumkin. Shuning uchun bulsa kerak, tarix takozosi bilan uz Vatanidan ajrab boshka yurtlarga borib kolgani va u erda uzok vaktlar davomida yashayotgan kam sonli millat vakillarida milliy ongni shakllanishi uziga xos konuniyatlar asosida kechadi. Ularning milliy tilni saklashi, milliy urf odat va ananalarga rioya kilish kadriyatlar bilan bevosita alokasi malum darajada saklangan. Bunday sharoitda xech bir avlod vakilida etnik ong katta avlod tomonidan berilayotgan malumotlar, oila azolari va yakin karindoshlar urtasida suzlashuvlar vositasi xisoblangan ona til, milliy madaniyat xakidagi bilimlar asosida vujudga keladi. Turli davrlarda uzok ajnabiy yurtlarga borib kolgan millatdoshlarimizning xayoti misol buladi.
Xususan Amerikada yashayotgan uzbeklar bir-birlari bilan yakin munosabatlarni saklash, uzaro suxbatlarni ona tilida olib borish, milliy taomlar tayyorlashga va yana eng muximi uzaro kuda-andachilik rishtalarini tiklashga xarakat kiladilar. Umuman bir necha un va yuz yillar davomida ajnabiy yurtlarda yashayotgan millatdoshlarimizning psixologik xususiyatlarni ilmiy asosda urganish tadkikotchiga muxim ma'lumotlar berish mumkin.
Etnik birlik kattarok va kuchlirok etnos kurshovida kolganda yoki tazyikka uchraganda etnik ong ananaviy moddiy va manaviy madaniyatning turli shaklariga( til, din, urf-odat, kadimiy kushiklar, milliy kiyim va x.o) tasir kursatib, etnik xususiyatlarni ximoyalashga, saklab kolishga yordam beradi. Shulardan kurinib turibdiki, etnik, ong etnik jarayonlarning maxsuli bulibgina kolmay, shuningdek etnik jarayonning manaviy soxasiga tasir etuvchi omillar rolini uynaydi .
Totalitar tuzum- shurolar davrida uzbek millatining uzini-uzi anglashi uz tarixi madaniy merosi, buyuk ajdodlar xayoti va ijodini urganishga kizikishning ortishiga milliy tilning ijtimoiy va xukukiy vazifalarining kengaytirishdagi xarakatlarda, moddiy va manaviy boyliklarni saklashdagi intilishlarda, Uzbekistonning real mustakilligini ta'minlash uchun kilingan siyosiy say-xarakatlarda kurinadi.
Milliy ozodlik uchun kurashayotgan millatda milliy ong ezuvchi millatga nisbatan millatchilik kurinishida namoyon bulishi tabiiy jarayon xisoblanadi. Zero milliy uzini -uzi anglashning dastlabki boskichlarida uz millatining tarixi buyuk, shaxslari bilan faxrlanish, uni kuklarga kutarish, uz ezuvchilari bulgan millatga karshi kuyish tarzida buladi. Buni biz barcha milliy ozodlik xarakati boshidan kechirgan xalklar tarixida kurishimiz mumkin. Xususan XIX asr boshlarida ijod kilgan Bexbudiy, Fitrat, Chulpon, A. Kodiriy, Avloniy kabi ijodkorlar faoliyati bunga misol bula oladi. 80- yillar oxiri sobik Ittifok deb atalmish imperiyaning kulashi arafasida buyuk bobomiz Amir Temur nomining tiklanishi, milliy bayrok misoli kutarilishi, shu bayrok ostida millatni birlashtirish uchun xarakat kilinishi bejiz emas edi. Buning uchun bobomiz, xayoti va faoliyati, kaxramonliklari xakida yozilgan kitoblar chop etila boshladi tarixiy xakikat tiklanib, uning jaxon tarixidagi urniga berilgan baxolar bilan millat tanishtirish millatning egilgan sha'ni, gururi tiklana boshlandi. Alloma bobolarimizning Buxoriy, Yassaviy, Nakshbandiy, Najmiddin Kubro, Zamaxshariy kabilarning nomlarini xalkka kaytarilishi ularni kitoblarini chop etilishi kabi jarayonlar millatning uzini-uzi tanishini yukorirok boskichga olib chikdi.
Afsuski, xozirgi paytgacha fanda individga uzining etnik birlikka mansubligini anglash, ya'ni etnik ong necha yoshdan vujudga kelishligi va bu jarayon kanday boskichlarda utishligi aniklanmagan. Shvesariyalik psixolog Jan Piaje ikki yuzga yakin bolalarni muayyan vakt davomida kuzatish va urganish orkali ularda xech kanday millatchilik va milliy mansublikni anglash kabi bilim va xususiyatlar bulmasligini, ya'ni bolalar uzlarining eng dastlabki rivojlanish boskichlarida "internasional" bulishligi, etnik xususiyatlar va etnik ong keyinchalik, ma'lum ta'lim-tarbiya va ijtimoiy muxit orkali shakllanishni aniklagan.
Bizning fikrimizcha, bolalar uzlarining u yoki bu etnik birlikka mansubliklarini, avvalo, ota-onalarining kaysi etnik birlikka mansubliklarini anglash orkali bilib oladilar.
Ota-onalari turli millatga mansub bulgan ota-onalardan birining kabul kiladi. Bu esa yashayotgan mamlakatdagi siyosiy, ijtimoiy -iktisodiy xukukiy, madaniy -maishiy kabi bir kancha vaziyatlarga boglik buladi.
Kupincha bunda etnik vaziyatlar, ota-ona mansub bulgan etnoslarning son nisbati xam muxim rol' uynaydi. Milliy mansublikni anglash, insonning butun umri davomida saklanib boshka yurtlarda yashayotganda xam unutilmaydi. Aksincha, uz etnik guruxini, yurtini, yurtini soginish, kumsash sifatida namoyon buladi. Shaxsning xulk - atvorlariga va boshka ruxiy xususiyatlariga ta'sir etib turadi.
Har qanday jamiyat taraqqiyoti, uning u yoki bu vaqt va makondagi darajasi ko`p jihatdan fuqarolar ma`naviyati, turmush tarzi, kishilarning ma`naviy-moddiy, ijtimoiy ehtiyojlari hamda ularning qay darajada qonlirilishiga bog`liqdir. Mustaqillik davrigacha va undan keyingi o`tgan tarixan qisqa muddat ichida ro`y bergan holatlar, jamiyat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma`naviy-ma`rifiy va tarbiyaviy-mafkuraviy sohasidagi o`zgarishlar bizga sho`rolar mustabid tuzumi hamda istiqlol yillarida O`zbekistonning real hayotida xolisona javob izlashga va unga erishishga imkon beradi.
Хususan, eng avvalo, mamlakat xukumati, Prezidentning ma`naviy-ma`rifiy omillarga nisbatan munosabati shakllandi. Jumladan, ma`naviy-ma`rifiy islohotlar davlat siyosatining asosiy ustivor yo`nalishi, deb hisoblandi. Joylarda ma`naviyat bilan bog`liq shularning amalga oshirilishi uchun butun ma`suliyatning hokimlar, vazirliklar, idoralar, tashkilotlarning birinchi rahbarlari zimmalariga yuklatilishi juda katta ijtimoiy ahamiyat kasb etdi.
Ikkinchidan, ma`naviyati yuksak millat va davlatnigina kelajagi buyuk yuulishi mumkin ekanligi to`g`risidagi ijtimoiy fikr shakllana boshlandi. Darhaqiqat iqtisodiy-siyosat omillarning har qanday davlat, millat hayotidagi o`rni va roli kattadir. Biroq, ma`naviy omillargina jamiyatda sodir bo`lgan barcha muammolarni hal etishga qodir omil ekanligi endi haqiqatdir.
Uchinchidan, ma`naviyat va ma`rifat jamiyatni poklantiruvchi kuch ekanligi e`tirof etilmoqda, zero sho`rolar mustabid tizimi davridan qolgan yaramas «ma`naviy» merosdan poklanmasdan turib istiqlolga ximazt qiladigan, fuqarolik qalbi va ongini yangilashga qodir ma`naviyatni shakllantirish mumkin emas.
Тo`rtinchidan, istiqlol davri O`zbekiston jamiyati ma`naviyatining eng muqaddas maqsadlaridan biri-o`tmish tarixiy-madaniy, ilmiy, axloqiy-mafkuraviy, ijtimoiy-siyosiy qadriyatlariga sho`ro davrida tarkib topgan munosabat kib «illat» sifatida emas, aksincha, jamiyatni poklantiruvchi va kelajakni ma`naviy jihatdan mustahkamlovchi omil asnosida qarashdan iborat jamoatchilik fikri shakllandi.
Beshinchidan, istiqlol davrida ma`naviyatning har qanday siyosiy hukmron mafkuralardan holiligi, muhimi, shakllanayotgan milliy mafkuraning ma`naviyat bilan uyg`unligi ta`minlandi. Mamlakat Perizdenti Islom Karimov qayd etganidek, mustaqillik davrida bajarilishi lozim bo`lgan eng ustivor vazifa «xalqimiz orasida katta ma`rifiy-amaliy ishlarni olib borish, milliy mafkuramizga kuch-kuvvat beradigan, keng ommaga ta`sir o`tkazishga, xalqni o`ziga tarafdor etishga xizmat qiladigan siyosiy, ijitmoiy, iqtisodiy, ma`naviy manbalarni to`g`ri belgilab olishdir.
Mustaqil O`zbekistonda istiqlol ma`naviyat sohasida mavjud bo`lgan vazifalar ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy barqarorlik sharoitida muttasil ravishda bajarilib kelinmoqda. Chunonchi, agar istiqlolning dastlabki yillarida jamiyat ma`naviy hayotida turgan eng bosh vazifa fuqarolarda sho`rolar davriga xos tafakkurni eskicha fikrlash sarqitlarini bartaraf etish edi. Mazkur masalada qator yutuqlarga erishildi. Biroq, bu borada hali talay ishlarni bajarish lozim.
Ikkinchi, eng muhim vazifalardan yana biri erkin fuqarolik jamiyatining ma`naviyatini shakllantirishdir, zero «ozod, o`z haq-huquqilarini yaxshi taniydigan. Boqimandalikning har qanday ko`rinishlarini o`zi uchun or deb biladigan, o`z kuchi va aqliga ishonib ashaydigan, ayni zamonda o`z shaxsiy manfaatarini xalq, Vatan manfaatlari bilan uyg`un holda ko`radigan komil insonlarni tarbiyalashdan iboratdir.

Yüklə 53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin