Хozirgi bosqichda madaniy hayot. Har qanday sharoitda ham barcha millat va xalqlar o`zining ma`naviy ehtiyojlarini qondirishga muhtojlik sezadi. Ma`naviyat-inson uchun mavjudlik belgichi. Ma`naviy boylik-u yoki bu millatni boshqa etnik birikmalardan o`ziga xosligini bildiruvchi, anglatuvchi muhim omildir. Ma`naviyati yo`q xalqning o`zi yo`q. Shu bilan har bir halq ma`naviyati ham bir xil darajada emas.
O`zbek xalqi aynan shu yo`ldan bordi, o`z milliy-tarixiy, madaniy merosiga sodiqligini ko`rsata bildi. Bu esa mustamlakachilik davrida yo`qotilgan, tptalangan madaniy merosni tiklash, o`zligini anglashga bo`lgan rag`batni o`yg`otdi.
Istiqlol yillarida o`zbek madaniy hayoti o`yg`ondi, jonlandi va o`zining bugun mavjud bo`y-bastini ko`rsata bildi. Тeatr, musiqa san`ati rivoj topdi, madaniy aloqalar kengaydi, madaniy-ma`rifiy muassasalar faoliyati takomillashdi, muzeylarning ijtimoiy-ma`rifiy ahamiyati oshdi, milliy adabiyot ravnaq topdi.
Ayniqsa, teatr san`atining rivoji gullab yashnadi. Bu bejiz emasdi, zero mustamlakachilik davrida teatrlar kommunistik mafkuraning xizmatkoriga aylangan, siyosiy maqsadlarnigina bajaruvchi kuchga aylangan edi. Shu asnoda asosiy e`tibor repertuar masalasini hal etish, tomoshabinlarni bezdiradigan sahna asarlari o`rniga ularning ma`naviy-ijtimoiy ehtiyojlarini qondiruvchi spektakllarni fuqarolar hukmiga havola etishga asosiy e`tibor qaratildi.
O`zbekistonning o`z mustaqilligini qo`lga kiritishi tanijasida ma`naviy madaniyatning muhim jabhasi bo`lgan musiqa san`ati ham juda rivoj topa boshladi, zero tabiatan nozikta`b, san`atsevar va san`at ahliga talabchan o`zbek xalqining musiqasi keng ko`lamli ma`naviyat ko`gusidir. Shurolar davrida asosan mavkuraviy hukmronlik qo`ligi aylangan mazkur san`at turi erkinlik yo`liga kirdi. Jamiyat a`zolari milliy qo`shiqchilik san`atidan bahramand bo`la boshladilar.
Shunday qilib, mustaqillik O`zbekiston ma`naviy hayotini barqarorlashtirish uchun zamin yaratdi, ma`naviy-ma`rifiy hodisalarga munosabatni o`zgartirdi. Istiqlol tufayli ma`naviy turmushimzdagi ko`plab muammolar hal etila boshlandi. Qurilayotgan demokratik, huquqiy, insonparvar jamiyat, bozor munosabatlariga o`tish, jahon hamjamiyati bilan mafkuraviy tayziqlarsiz o`zaro hamkorlik qilish imkoniyati O`zbekiston madaniyatini xalqchil qildi. O`zbekiston, o`zbek xalqining dunyodagi o`ziga xos va mos o`rni borligi, uning jahon sivilizatsiyasiga qo`shgan bebaho hissasining e`tirof etilishi tufayli ma`naviy hayotning gullab-yashnashi uchun mustahkam zamin yaratildi.
ADABIYOTLAR:
V. Karimova. Ijtimoiy psixologiya asoslari. T. 1994 y . X. Alimova. Milliylik va ijtimoiy ruxiyat. T. 1992 y. E. Goziev. Muomala psixologiyasi. T. 2001 y. 4. I. Jabborov. Uzbek xalk etnografiyasi. T. 1994 y.