Reja: Modda



Yüklə 27,9 Kb.
tarix14.12.2022
ölçüsü27,9 Kb.
#74867
6-Mavzu


Mavzu: Atrof -muhit tizimlari:modda, energiya va xayot. Inson populyasiyasi.
Reja:

  1. Modda.

  2. Energiya va xayot.

  3. Inson populyasiyasi.

Xulosa:
Foydalanilgan adabyotlar:

Modda — tinch holatda massaga ega boʻlgan zarralar majmui; umumiy tinchlik massasi nolga teng boʻlmagan elementar zarralar (asosan, elektron, proton va neytron). modda gaz, suyuqlik, qattiq jism va plazma holida boʻladi. Modda — materiyanmt asosiy shakllaridan biri. Kvant mexanika, elektrodinamika va elementar zarralar fizikasi taraqqiyoti natijasida fizik reallikning moddadan boshqa shaklda — maydon shaklida boʻlishi ham aniqlandi. Kimyoda moddani bir kimyoviy element atomlaridan iborat oddiy va kimyoviy birikmalardan tuzilgan murakkab moddalarga boʻlish qabul qilingan. Moddalar 3 yagdoyda boladilar. Ular qattiq, suyuq va gaz.
Modda va elementlar
Materiya atamasi borliqda mavjud va massaga ega boʻlgan har qanday narsani, boshqacha aytganda, “moddalar”ni anglatadi. Barcha materiya turlari muayyan bir kimyoviy va fizik xususiyatlarga ega boʻlgan elementlar deb nomlanuvchi moddalardan iborat boʻlib, oddiygina kimyoviy reaksiyalar natijasida boshqa moddalarga parchalanmaydi. Masalan, oltin ham, uglerod ham elementlardir. Aslida 118 ta element mavjud boʻlib, ulardan 92 tasi tabiiy ravishda uchraydi. Qolgan elementlar faqatgina laboratoriyalarda hosil boʻladi va beqaror hisoblanadi.
Har bir element oʻzining kimyoviy belgisiga ega, kimyoviy belgi odatda bitta bosh harf bilan, agar biror-bir harf boshqa element tomonidan allaqachon belgilangan boʻlsa, ikkita harf birikmasi bilan ifodalanadi. Baʼzi bir elementlar inglizcha nomiga koʻra belgilanadi, masalan uglerod (carbon) uchun C va kalsiy (calcium) uchun Ca. Boshqa bir elementlarning kimyoviy belgilari esa ularning lotincha nomlaridan kelib chiqqan: masalan, natriyning qisqartma shakli Na boʻlib, lotincha natrium soʻzidan olingan.
Barcha tirik organizmlarga xos boʻlgan toʻrt element, kislorod (O), uglerod (C), vodorod (H) va azot (N) boʻlib, ular inson tanasining 96% ini tashkil qiladi. Jonsiz tabiatda esa elementlar har xil nisbatda uchraydi, shuningdek, tirik organizmlarga xos boʻlgan baʼzi bir elementlar ham yer yuzida nisbatan kam uchraydi. Barcha elementlar va ular oʻrtasida sodir boʻluvchi kimyoviy reaksiyalar, jonli yoki jonsiz tabiatning tarkibiy qismi boʻlishidan qatʼi nazar, bir xil kimyoviy va fizik qonunlarga boʻysunadilar.
Hayot, tiriklik, tirik organizmlar — materiyaning eng yuksak shakli. Zamonaviy qarashlarga binoan H. tashqi muhitdan oliialigan energiya hisobiga oʻz-oʻzidan boshqariladigan va oʻz-oʻzini bunyod etish xossasiga ega boʻlgan oʻziga xos strukturalardan iborat. Molekulyar biologiya. biofizi-ka, biokibernetika (qarang Kibernetika) va boshqa fanlar sohasida olib borilgan gadqiqotlar natijasida H.ning moddiy asoslari biopolkmerlar ekanligi aniqlandi. Ulardan oqsillar va nukle-in kislotalar barcha tiriklikning doimiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Biopolimerlar H. namoyon boʻlishining molekulyar jarayonlarida ishtirok etadi. Hayotiy jarayonlarda oqsillarning ahamiyati ular kimyoviy tuzilishi va biologik funksiyasining xilma-xilligi bilan belgilanadi. Har qanday ge-netik informatsiya oqsil molekulasida aminokislotalarning ketmaket joylanishi orqali namoyon boʻladi. Genetik informatsiyani nuklein kislotalar (DNK yoki RNK) oʻzida saqlaydi va irsiyatga oʻtqazadi. Oqsillar biosintezida (qarang Biosintez) bu in-formatsiya hujayraning genetik appa-rati (genom)lan sitoplazmaga oʻtib, oqsil molekulasiga aminokis.yutalar qoldiqlari ketma-ketligidan iborat uzun zanjir shaklida yozib olinadi, Oqsillar sintezining amalga oshiri- lishi orqali nuklein kislotalar hujayrada kechadigan moddalar alma-shinuvi tavsifini belgilab beradi. Moddalar almashinuvi esa oʻzaro muvofiqlashgan va dinamik bogʻlangan assimilyatsiya (plastik almashinuv) va dissimilyatsiya (energiya almashinuvi) jarayonlari yaxlit sistemasidan ibo-rat. Bu jarayonlar tufayli tirik organizmlar hayotiy funksiyalarining bajarilishi uchun zarur boʻlgan shart-sharoit vujudga keladi, yaʼni ular tarkibining oʻzoʻzidan yangilanishi sodir boʻladi va bu tarkibning nisbiy turgʻunligi saqlanib qoladi.
Umumiy maʼnoda H. oʻziga xos strukturalarning tashqi muhitdan olingan energiya sarfi orqali oʻz-oʻzini boshqarish va bunyod etishi tari-qasida talqin qilinadi. Bu tavsifdan moddalar va energiya almashinu-vi orqali organizm bilan tashqi muhit oʻrtasida doimiy bogʻlanish boʻlib turishi toʻgrisidagi tushuncha kelib chiqadi. Organizmda moddalar atma-shinuvi assimilyatsiya jarayonlari maj-muidan iborat. Assimilyatsiya hujayra molekulyar komponentlarining, jumladan tur uchun xos boʻlgan moddalar (oqsil, nuklein kislotalar) sintezi va dissimilyatsiyasini, yaʼni ishlatib boʻlingan moddalarning par-chalanishi va organizmdan chiqarili-shini oʻz ichiga oladi. Mazkur jarayon energiyaning qayta taqsimlanishi orqali sodpr boʻladi. Bu jarayonda avtotrof fotosintezlovchi organizmlar (yashil oʻsimliklar, fototrof bakteriyalar) quyosh energiyasini oʻzlashtirib, uni kimyoviy bogʻlar energiyasiga aylantiradi (mas, ATF sintezi, fosforlanish). Xemo-sintezlovchi avtotrof (temir va ol-tingugurt bakteriyalari) kam oksidlangan anorganik birikmalar energiyasidan, geterotroflar (koʻpchilik bakteriyalar, hayvonlar, zamburugʻlar) esa avtotroflar yoki b. geterot-roflar sintezlagan organik moddalarning parchalanishi natijasida hosil boʻlgan energiyadan foydalanadi. Metabolitik oʻzgarishlar davomida energiyaning koʻp qismi issiqlik shaklida yoʻqotilishi natijasida organizm — muhit sistemasi entro-piyasi oshadi.
H.ga moddalar almashinuvi jarayoni sifatida qarash oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan, lekin bu qarashlar yangi maʼlumotlar bilan boyib bormoqda.
Moddalar almashinuvi — hayot uchun zarur boʻlgan tuzilmalarning saqlanib turishi va hosil boʻlishining zurur sharti sifatida har bir organizm turi uchun oʻziga xos boʻladi. H.ning zamonaviy tavsifiga koʻra, uning asosiy xossalariga modddlar almashinuvi bilan bir qatorda oʻz-oʻzini yaratish (repro-duksiya), irsiylanish va oʻzgaruvchanlik namoyon qilish, oʻsish va rivojlanish, taʼsirlanish va taʼsirga javob berish, oʻz-oʻzidan boshqarilish, ritmlilik, energiyaga muh-tojlik va boshqa xususiyatlar ham kiradi. Muayyan tuzilgan strukturalarning buzilishi bilan H. ham toʻxtaydi. Struk-turalarning oʻziga xos xususiyatlari matritsa usulida koʻpayadigan genetik programmada mavjud boʻlgan axborot bilan bogʻliq. Matritsa sintezi jarayonida genetik programmadan xato nusxa olinishi (mutatsiya) mumkin. Buning natijasida olingan programma nus-xalar oʻrtasida farq (konvariant replikatsiya) paydo boʻladi. Mutatsiyalarning asosiy qismi evolyutsiyaning dastlabki davrlarida sodir boʻladigan reparatsiya mexanizmlari orqali yoʻqotiladi, lekin saqlanib qolgan irsiy oʻzgarishlarning oʻzi organizmlarning xilma-xil boʻlishi va ularda tashqi muhit sharoitiga har xil moslanishlar vujudga kelishi uchun yetarli boʻladi. Organizmlar belgilarining xilma-xilligi tabiiy tanlanish uchun shart-sharoit yaratadi; bu esa, oʻz navbatida. yashash sharoitiga qarab organizmlarning mukammalla-shuvi (progress) ga yoki ular tuzili-shining soddalashuvi (refess)ga olib keladi. Shunday qilib, H. oʻz mohiyatiga koʻra oʻz-oʻzini yaratadigan jarayon sifatida evolyutsiyaning shart-sharoitlarini belgilab beradi. Yer yuzasida H. molekulyar, hujayra, organizm, populyatsiya, tur, biogeotsenez (ekosistema) va biosfera darajalarida namoyon boʻladi. Biologiya fanlarining 20-asrda erishgan yutuqlari asosida ishlab chiqilgan H.ning zamonaviy tavsiflari uni tabiatan moddiy emasligi toʻgʻrisidagi gʻayri-tabiiy nazariyalarga oʻrin qoldirmaydi. Shuning bilan birga bu tavsiflar H.ni faqat fizik-kimyoviy qonuniyatlar bilan boglab qoʻyishga imkon bermaydi. Moddalar almashinuvi asosida amalga oshiriladigan matri-sa sintezi va undan kelib chiqadigan biologik evolyutsiya notirik tabiat uchun xos boʻlmaydi. Mohiyatiga koʻra H. notirik tabiatga nisbatan materiya harakatining ancha yuksak dara-jadagi shakli xisoblanadi.
Populyatsiyalar ekologiyasi

Ekologlar populyatsiyaning o`sishi ustida tadqiqotlar olib borishdi. Berilgan ma`lumotlarga ko`ra, populyatsiya soni va o`sishi iqlim sharoitlariga bog`liq. Populyatsiya sonini o`sishida jinslar nisbati muhim rol o`ynar ekan.


Bugungi kunda muhim muammolardan biri ayrim populyatsiyalarda individlar sonini aniqlashning murakkabligidir. Masalan: yovvoyi quyonlar populyatsiyada hamma individlarning yer ustiga chiqmasligi ular sonini aniqlashda qiyinchilik tug`diradi. Chunki quyonlarning ayrimlarigina oziq-ovqat uchun yer yuziga chiqadi.
Populytsiya o`sishi va ko`payishida suv, ozuqaning kamligi, hududlarining qisqarib borishi va ba`zi resurslarning borligi, ba`zi resurslarning yetishmasligi cheklovchi omil vazifasini bajaradi
Yüklə 27,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin