Reja:
1.Moddiy nuqta
2. Sanoq
sistemasi
3. Trayektoriya
4. Yo‘l va ko‘chish
1.Moddiy nuqta
Uzoqda ketayotgan avtomobil shakli aniq ko‘rinmaydi, u juda kichkina,
hatto nuqta bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Asli kichkina chumoliga mikroskop
orqali qaraganimizda esa u bahaybat yirtqich bo‘lib ko‘rinadi. Jismlarning
harakatini o‘rganishda bir qator soddalashtirishlardan foydalanamiz. Bunday
usullardan biri
hara kat lanayotgan
jism ning o‘lchamlarini hisobga olmasdan,
uni ko‘rilayotgan jarayon yoki chizmalarda moddiy nuqta deb olishdan iborat.
Muayyan sharoitda o‘lchami
va shakli hisobga olinmasa ham