Manumitting tub mohiyati uning amalga oshirayotgan funksiyalari orqali namoyon boiadi. Umuman olganda, moliyaviy menejment amalga oshiradigan funksiyalarm quyidagi ikki asosiy guruhga ajratish mumkin:
> boshqaruv subyektining funksiyalari; > maxsus funksiyalar. Bozor munosabatlari sharoitida mulkchilik va xo‘jalik yuritish shaklidan qat’iy nazar. korxonalarda ishlab chiqarishni samarali tashkil etish eng avvalo tizilmada boshqaruv rolini oshirishdan boshlanadi. Chunki, boshqaruv vositasida korxona o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni hal qiladi va istiqboldagi strategik maqsadlarni amalga oshiradi. Umuman olganda, yuqoridagi funksiyalaming birinchisida har qanday boshqaruv shaklining umumiy ko‘rinishi tavsiflanadi, uning tarkibiga asosan quyidagilar kiradi: tashkil etish, tahlil, rejalashtirish, rag‘batlantirish (motivatsiya) va nazorat. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar ishlab chiqarish faoliyatining turlari, amalga oshiradigan xizmatlar, bajaradigan ishlarning hajmidan kelib chiqqan holda boshqaruv tizimini yaratadilar. Albatta, har qanday xo‘jalik faoliyati dastlab tashkil qilinayotgan davrda undagi bo`linmalarning quyi va yuqori darajalari, xuquq va majburiyatlari, javobgarligi, amalga oshiradigan ishlar tartibi va vazifalari belgilab olinadi. Moliyaviy menejmentning funksiyasi sifatida tashkil etishning asosiy maqsadi – boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlarni, shuningdek, ularning o‘zaro aloqa va munosabatlarini shakllantirishdir. Mutanosiblik, uzluksizlik, parallellik, barqarorlik, egiluvchanlik, shuningdek, bir turdagi mehnat predmetlarini bir joyda jamlash. hamda korxonalar faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillar va tashqi muhitning o‘zgarishiga mos holda, ularda boshqaruvning tashkiliy tizimini ushbu o‘zgarishlarga mutanosib holda o‘zgartirish va takomillashtirib borish kabilar tashkil etishning asosiy shartlari bo‘lib hisoblanadi. Korxonalarda moliyaviy boshqaruvni samarali tashkil etilishi ko‘p jihatdan tahlil ishlarini aniq va to‘g‘ri yo‘lga qo'yilganligiga bog‘liqdir, uning yordamida korxonalaming to‘lov imkoniyati, likvidliligi va moliyaviy barqarorligini, barcha moliyaviy-xo‘jalik jarayonlarining sodir bo‘lishi va hodisalami davriy kuzatish, umuman moliyaviy-iqtisodiy holatini baholash imkoniyatiga ega bo‘lish mumkin. Tahlil yordamida korxonaning barqaror rivojlanishiga to‘sqinliq qilayotgan kamchiliklar aniqlanadi va ushbu kamchiliklar bartaraf etiladi, xo‘jalik subyektini yanada rivojlantirish yo`llari belgilanadi yoki samarali ishlashni ta’minlaydigan yo‘nalishga o'tkaziladi.