Reja: Morfemika ta’limot sifatida So‘zning morfemik strukturasidagi o‘zgarishlar. Morfemalarning funksional-semantik tasnifi



Yüklə 0,83 Mb.
tarix12.10.2022
ölçüsü0,83 Mb.
#65007
1-mavzu.Morfemikavauningbirligihaqida (1)


Morfemika va uning birligi haqida
umumiy ma’lumot. Asos va affiksal mоrfеmalar
 
Reja:
1.Morfemika ta’limot sifatida
2.So‘zning morfemik strukturasidagi o‘zgarishlar.
3.Morfemalarning funksional-semantik tasnifi.
Morfemika so‘zning nomustaqil tarkibiy qismi haqidagi ta’limot. Ma’lumki, o‘zbek tilida, flektiv tillardagidan farqli o‘laroq, o‘zak mustaqil ma’no anglatish xususiyatiga ega. So‘zning o‘zakdan boshqa qismlari esa undan ayricha qo‘llanmaydi va ma’no anglatmaydi. Shuning uchun ular morfema deyiladi.
Leksema shakllanuvchanlik, morfema shakllantiruvchanlik belgisiga ega. Nomustaqillik tabiati va leksemaga shakl berish vazifasiga xoslanganligi ularni morfema deb atashga olib kelgan.Morfemaning nutqiy ko‘rinishi qo‘shimcha deyiladi.
Leksema tarixiy taraqqiyot natijasida morfemaga aylanib borishi, morfema esa so‘zning o‘zagiga singib ketishi mumkin. Masalan, [xona] leksemasi taraqqiyot natijasida ikkiga ajralgan. Bir ma’nosida «joy» semali yasama so‘zni hosil qiluvchi derivatsion vositaga aylanib ketgan, leksemalikdan mahrum bo‘lgan. [Noma], [goh], [xo‘r] leksemasi ham shunday tarixiy siljishni boshidan kechirgan. Albatta, tildagi bunday hodisalar ilmiy muammo bo‘lib, maxsus tekshirish natijasida tayinli xulosaga kelish mumkin. Chunki bu birlikning turkiy unsurlar emasligi shuni taqozo qiladi.
So‘zning morfemik strukturasidagi o‘zgarish. Aytilganidek, til taraqqiyoti natijasida so‘zning semantik, fonetik strukturasida bo‘lgani kabi, morfemik tarkibida ham jiddiy o‘zgarish yuz beradi. Ularning har xil ko‘rinishi bor:
1) so‘z va qo‘shimcha birlashib, so‘z tublashishi mumkin yuksal, yuksak;
2) so‘z va qo‘shimcha birlashib yaxlitlanishi mumkin: biron, biror, bezor, (qo‘shimcha bunday zichlashishi natijasida o‘z invarianti – morfemasidan uzilishi mumkin);
3) so‘z va qo‘shimcha orasidagi aloqa soddalashishi mumkin: yumshoq, qattiq;
4) so‘z qo‘shimcha holiga kelishi, murakkab qo‘shimchalar bir-biriga qo‘shilib ketishi, ya’ni birlashishi mumkin: borib yotibdi -borib yatipti – boryapti; ning + i=niki.
1) derivatsion morfema;
2) grammatik morfema
Morfemalarning funksional-semantik tasnifi. Morfema funksional-semantik xususiyatiga ko‘ra 2 guruhga bo‘linadi
Derivatsion morfema so‘zga qo‘shilib, yangi so‘z hosil qiladi. Yangi so‘z yangi lug‘aviy va grammatik ma’noga ega bo‘ladi. Masalan, [paxta] leksemasi [-chi] affiksini olib, (paxtachi) so‘zi vujudga keladi. Yangi lug‘aviy ma’no yangi grammatik; ma’noni ham vujudga keltiradi: narsa-byyum oti shaxs otiga aylaladi. Shu bilan birgalikda, yangi so‘zning valentlik imkoniyati ham asos so‘znikidan keskin farqlanadigan holga keladi.
Grammatik morfema asosiy xususiyatiga ko‘ra uchga ajraladi:
1) lug‘aviy shakl hosil qiluvchi morfema;
2) sintaktik shakl hosil qiluvchi morfema;
3) lug‘aviy-sintaktik shakl hosil qiluvchi morfema.
Lug‘aviy shakl hosil qiluvchi morfema leksema lug‘aviy ma’nosini nutqqa moslashtirish vazifasini bajaradi. Masalan, [kitob] leksemasining sememasida birlik va ko‘plik ma’nosi noma’lum. Son lug‘aviy shakl hosil qiluvchisi bo‘lgan [–lar] uni ko‘plik tomon muayyanlashtiradi. Bu morfemaning o‘ziga xos turi lug‘aviy-sintaktik shakl hosil qiluvchi morfema bo‘lib, lug‘aviy ma’noni muayyanlashtirish, nutqqa xoslash bilan birga ((kelgan), (o‘qigach)), so‘zni sintaktik aloqaga ham kiritadi: o‘qigan bola, o‘qigach gapirmoq.
Sintaktik shakl hosil qiluvchi morfema so'zning sintaktik qurilmadagi ornini belgilaydi. Masalan, kesimlik kategoriyasi sozga kesimlik mavqeini beradi. Kesimning ega va hol bilan sintaktik aloqasini ta’minlaydi. Kelishik morfemalari oldingi mutaqil so‘zni keyingi, egalik qo‘shimchalari esa keyingi mustaqil so‘zni oldingisiga bog‘lash vazifasini bajaradi.
E'tiboringiz uchun rahmat!!!
Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin