Toza ekologik energiyani qayyerdan va qancha miqdorda olish mumkin. Dengiz tulqinlaridan- 0,03q Shamol yordamida 0,04 q Suv resurslari hisobiga -0,065 q Quyosh nurlari hisobiga 10 q O`zbekistonda qayta tiklanadigan enegiyaning yangi potentsiali deyarli 51 mlrd. t.n.e. ni tashkil etadi. Unda gidro energiyaning hissasi 9.2 mln.t.n.e. Quyosh enegiyasi 50973 mln t.n.e. Shamol energiyasi.2.2 mln t.n.e. va geotermal energiyasi hissasi esa. 0.2 mln t.n.e. dir. Umumiy texnikaviy potentsiali esa 179 mln t.n.e. ni tashkil etadi(gidro1.8, quyosh 176.8, shamol0.4 mln t.n.e.) Hozirgi vaqtda mavjud texnikaviy potentsialdan bor yo`g`i 0.3 foizi foydalanilmoqdaki, bu ham bo`lsa gidroenegiya hissasiga to`g`ri keladi. O`zbekiston daryolarining texnikaviy potentsiali 21 TVt soat bo`lib shundan kichik gidroenegetika hissasi 10.4 TVt soatni tashkil etadi. Umuman daryolarimiz, suv havzalari va konlardagi umumiy quvvat 5,8 GVt soat bo`lgan 250 ta GES larni qurish imkoniyatlari mavjud. Hozirgi vaqtda bu potentsialning uchdan bir qismidan foydalanilmoqda: 31 ta GES 1,7 GVt quvvat bilan ishlab, yiliga 5,07,0 TVt soat elektr energiya xosil qilmoqda. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yurtimiz iqlim sharoitida quyosh, suv, shamol, biogaz singari noan’anaviy energiyalardan foydalanish borasida ulkan imkoniyatlar mavjud. Mamlakatimiz hududlarida yilning qariyb 350 kuni quyoshli bo`ladi, doimiy shamol esib turadigan ochiq maydonlar ko`p. Bunday tabiiy salohiyat bugungi kunda jahon miqyosida tobora ommalashib borayotgan yuqori samarali qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish uchun qo`l keladi Muqobil energiya turlari, chunonchi geotermal energiyaning, quyosh, suv, shamol va biomassa energiyasining (shu jumladan, maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilishdan olinadigan energiyaning) imkoniyatlari katta.Umuman yashindan ham energiya olish mumkin. Yashin ulkan elektr uchkunidir. Yashinda tok kuchi juda ulkan va odatda 10000 dan 1000000 A gacha bo`ladi. Yashin yuzaga kelish arafasida yer bilan bulut orasidagi kuchlanish 108 -109 Volьtga yetadi. Yashin razryad ining davomiyligi juda qisqa mikrosekund tartibida. Shuning uchun xar bir aloxida yashinda utadigan umumiy zaryad miqdori uncha katta bo`lmaydi. Buning uchun yangi texnologiyalar yaratib elektr energiyasi olish mumkin. Elektr maydon — elektr zaryadlar yoki oʻzgaruvchan magnit maydon hosil qilgan fizik maydon. Vaqt boʻyicha oʻzgarmaydigan Elektr maydon elektrostatik maydon ). Elektr maydon tushunchasini birinchi boʻlib M. Faradey 19-asr 30-yillarida kiritgan. Elektr maydon materiyaning maydon koʻrinishidir. Materiyaning har qanday oʻzgarishlari, ularning oʻzaro taʼsirlari vaqt oraligʻida va fazoda roʻy beradi, har qanday fizik taʼsir faqat chekli tezlik bilan tarqaladi. Elektrlangan jismlarning bir-biriga taʼsiri, ularning harakati Elektr maydonlari tufaylidir. Elektr zaryadlar bir-biriga bevosita emas, balki bilvosita taʼsir etadi. Har bir zaryad d oʻz atrofidagi fazoda Elektr maydon harakat qiladi va shu maydon orqali boshqa maydonga taʼsir etadi. Demak, Elektr maydonning asosiy xususiyatlaridan biri mavjud boʻlgan Elektr maydonga zaryad kiritilganda unga Gʻ kuch taʼsir etishidir
Elektr maydon elektr maydon kuchlanganligi Yo va maydon potensiali f bilan tavsiflanadi. Elektr maydon kuchlanganligi maydonning kuch xarakteristikasi boʻlib, u miqdor jihatdan maydonning muayyan nuqtasidagi birlik musbat zaryadga maydon tomonidan taʼsir etadigan elektr kuchlanishi bilan oʻlchanadi. Kuchlanish vektor kattalik boʻlib, yoʻnalishi musbat zaryadga taʼsir etuvchi kuch yoʻnalishi bilan bir xil. Barcha nuqtalarda Elektr maydon kuchlanganligi ham yoʻnalish, ham miqdor jihatdan bir xil boʻlgan magnit maydon bir jinsli maydon deb ataladi. Maydon potensiali skalyar kattalik, u Elektr maydonning energetik xarakteristikasi hisoblanadi. Elektr maydonni yaqqol tasavvur qilish maqsadida elektr kuch chiziqlari va ekvipotensial sirt tushunchalaridan foydalaniladi. Har bir nuqtasida Ye vektor oʻziga urinma boʻlgan chiziqni elektr kuch chizigʻi deyiladi. Elektr kuch chiziqlari Elektr maydonni faqat yaqqol tasvirlabgina qolmay, balki ularning zichligi orqali Ye ni baholash mumkin. Kuch chiziqlari zich oʻtkazilgan joylarda kichik boʻladi. Magnit maydon mikrodunyo hodisalarida, kosmik obʼyektlarda ham kuzatiladi. Mikrodunyo hodisalaridagi Magnit maydon, asosan, barcha zarralarning magnit momentga ega boʻlishligiga, harakatlanuvchi elektr zaryadiga Magnit maydon koʻrsatadigan taʼsirga bogʻliq. Bular esa moddalardagi paramagnetizm, diamagnetizm, ferromagnetizm, antiferromagnetizm, magnit rezonans, magnitooptika hodisalari, Faradey effekti kabi hodisalarni yuzaga keltiradi. Harakatlanuvchi elektr zaryadi Magnit maydon da tekis aylanma (vint chizigʻi boʻyicha) harakat qiladi. Magnit maydonning ayrim joylarida elektr zaryadlarning harakat yoʻnalishi qarama-qarshisiga oʻzgarishi mumkin. Magnit maydonning bunday joylari magnit koʻzgular deyiladi. Magnit maydon taʼsirida atom ichidagi elektronlar qoʻshimcha harakat qiladi.
Magnit maydon taʼsirida oʻzgaradi (qarang Zeyeman effekti). Jismda tarqaluvchi yorugʻlikning qutblanish tekisligi Magnit maydon taʼsirida maʼlum burchakka buriladi (Faradey effekti). Yer, Quyosh singari koʻpgina moddiy sistemalar Magnit maydon ga ega. Quyosh dogʻlari kuchli Magnit maydon bilan bogʻlangan. Quyoshdagi oʻzgarishlar natijasida Yer Magnit maydonning kuchli gʻalayonlanishi — magnit boʻronlari hosil buladi. Kosmosni oʻzlashtirish, yadrolarni sintez qilish, plazma fizikasi va boshqa sohalardagi fan va texnika masalalari Magnit maydon ni oʻrganish bilan bogʻliq. Magnit maydon, asosan, kucheiz (500 Gs), oʻrtacha (500 Gs dan 40 kGs gacha), kuchli (40 kGs dan 1 MGs gacha) va oʻta kuchli (1 MGs dan yuqori) xillarga boʻlinadi. Kuchsiz va oʻrtacha Magnit maydondan elektronika, elektrotexnika radiotexnikada, shuningdek, 500 Gs dan 40 kGs gacha boʻlgan Har qanday sohada birinchilar bo‘ladi. Quyida 2009-2013 yillarda, qaytalanuvchi energiya manbalaridan foydalanib hozirgi kunda eng ko‘p energiya ishlab chiqaruvchi energetik ob’ektlarni ko‘rib chiqamiz.
«Roscoe Wind Farm» shamol energoqurilmalari parkigacha eng katta quvvat-li shamol energoqurilmalari parki «Horse Hollow Wind Energy Center» hisoblangan. AQSHning Dallas shahridan 160 km uzoqlikdagi 190 km maydonga o‘rnatilgan 394 dona shamol turbinalarining umumiy quvvati 735,5 MVt ni tashkil qiladi. Ulardan 1,5 MVt li 291 dona turbinalar «General Electric» firmasi tomonidan, 2,3 MVt li 103 dona turbinalar «Siemens» firmasi tomonidan ishlab chiqilgan.
Qaytalanuvchi energiya manbalari. Biror jism (qattiq, suyuq va gaz holatida) o‘z energiyasini, energiyani boshqa turga aylantiruvchi moslamaga uzatib yana harakatda bo‘lsa hamda o‘z energiyasini hohlagan marta uzatib o‘zi yo‘qolib ketmasi bunday manbaga qayta tiklanuvchi energiya manbalari deyiladi (shamol, quyosh, suv sathining ko‘tarilib tushishi, to‘lqinlar, kichik- va mini- hamda mikroGESlar, geotermal, kosmik, bioyoqilg‘i, vodorod va kvant). Ana’naviy energiya manbalari. Amaliy jihatdan boshka energiya turlariga karaganda elektroenergiya olish oson va ishlab chikilgan elektro-energiyani uzok masofalarga uzatish imkoni bulgan manbalariga ana’naviy energiya manbalari deyiladi (organik yoqilg‘ilar-neft mahsulotlari, toshko‘mir va boshqa har xil qattiq yoqilg‘ilar, gaz, atom va boshqalar).