Mavzu: Bolalar tarbiya jamoasi va yagona
pedagogik jarayonning asosiy shakli
Reja:
1.Mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllantirish
ta’lim va kadrlar tayyorlash milliy modelining
asosiy maqsadi.
2 .Axloqiy tarbiyani tashkil etish.
3. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ijtimoiy-axloqiy
me’yorlar mazmunidan xabardor etish,
axloqiy me’yorlar, axloqiy ong va
madaniyatni shakllantirish
4. Aqliy tarbiya, tafakkurni shakllantirish,
dunyoqarashni rivojlantirish.
5.Jismoniy tarbiya. Jismoniy jihatdan to‘g‘ri
rivojlanish.
Bolalar tarbiya jamoasi va yagona pedagogik
jarayoning asosiy shakli. Jamoada mustaqil
faoliyatning yuzaga kelishida jamoa
faoliyatining roli beqiyosdir. Ammo jamoa
faolining jamoa a’zolari orasida hurmat
qozona olishi, namuna bo‘lishi o‘z burchini aniq
va puxta bajarishi hamda o‘z mavqelarini
suiste’mol qilmasliklari juda muhimdir. Bu
o‘rinda A.S.Makarenkoning jamoa faoliga
nisbatan «jamoa vijdoni» deya bergan ta’rifini
eslab o‘tish joizdir. Jamoa faoli birmuncha
imtiyozlar (huquqlar)ga ega bo‘lsada, ayni
paytda uning o‘ziga ham oshirilgan talablarning
qo‘yilishi maqsadga muvofiqdir. Jamoaning
rivojlanishi bu bosqichda to‘xtab qolishi mumkin
emas, chunki faoliyat ko‘rsatayotgan kuch
jamoaning bir qismigina holos. Jamoaning
rivojlanishi ushbu bosqichda to‘xtatib qolinsa,
jamoa faolini guruhning boshqa a’zolari bilan
qarama-qarshi qo‘yish havfi tug‘ilishi mumkin.
Bu bosqichda jamoaning barcha a’zolarining faol
faoliyatga o‘tishi zarur sanaladi. Jamoa-
kishilarning shunday muayyan guruhi bo‘lib, u
ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan umumiy
maqsadni amalga oshirish uchun yo‘naltirilgan
faoliyatni tashkil etadi. Ushbu guruh a’zolari
o‘zaro birlik, a’zolarning munosabatlar
jarayonidagi tengligi asosida unga rahbarlik qilish
va bir-biriga bo‘ysunishi, shuningdek, jamoa
oldidagi javobgarligi asosida muayyan faoliyatni
olib boradilar.XI asrdayoq Abu Ali ibn Sino
o’zining «Tadbiri manozil» nomli ilmiy asarining
maxsus «Amuzish va parvarishi modrasas
farzand» («Bolalarni maktabda o’qitish va
tarbiyalash») bo’limida o’quvchilarga jamoali
o’qitish haqida quyidagi tavsiyalarni beradi:
1.Agarda o’quvchilar birgalikda o’qisalar, ular
zerikmaydilar, fanni o’rganishga qiziqish
kuchayadi; ularda bir-birlaridan ortda
qolmaslik uchun o’zaro musobaqalashish istagi
rivojlanadi, ular bolaning o’qishi yaxshilanishiga
yordam beradi; 2.O’zaro suhbatlarda
o’quvchilar kitobdan o’qish yoki kattalardan
eshitgan qiziqarli ma`lumotlarni bir-birlariga
aytib beradilar va bolalar birgalikda,
yig`ilganlarida bir-birilari bilan do’stlashadilar
va bir-birlarini hurmat qiladilar; 3. Ular
faqatgina musobaqalashmaydilar, balki bir-
birlariga o’quv materiallarini 80 o’zlashtirishda
yordam beradilar; bu bilan bolalar
mag`rurlanadilar, bir-birlaridan yaxshi
odatlarni o’rganadilar6. Jamoa va uni
shakllantirish pedagogik faoliyatining maqsadi
hisoblanadi. Ayn ko‘rsatgich, uni shakllantirish
vositasi bo‘lib, uning yordamida jamoaning
barcha yoki har bir a’zosini tarbiyalar yaxshi
samaralar beradi.Jamoaning yetakchi tarbiyaviy
vazifasi shaxsni har tomonlama tarbiyalash,
unda ijobiy sifatlarni hosil qilish. Mustahkam
xayotiy jarayonni qaror topshirishdan iboratdir.
Umumiy o‘rta ta’lim va boshqa ta’lim
muassasalarida jamoani shakllantirish
ma’suliyatli vazifa sanaladi.Jamoani tashkil
etganda o‘quvchilar muhitida mavjud haqiqiy
guruhlarni to’plab, bir-biriga va o‘zaro
do‘stlashadigan bolalarni birlashtirish zarur.
Jamoa so‘zi lotincha «Kollektivus» so‘zining
tarjimasi bo‘lib, yig‘ilma, omma, birgalikdagi
majlis, birlashma, guruh ma’nolarini anglatadi
va jamoa bu kishilardan iborat guruh
demakdir. Zamonaviy talqinda «Jamoa»
tushunchasi ikki xil ma’noda ishlatiladi.
Birinchidan, jamoa deganda kishilarning istalgan
tashkiliy guruhi tushuniladi (masalan: ishlab
chiqarish jamoasi, zavod jamoasi, xo‘jalik
jamoasi va hokazo). Ikkinchidan, jamoa
deganda yuqori darajada uyushtirilgan guruh
tushuniladi. O‘quvchi (tarbiyalanuvchi)larning
birlashmasi o‘ziga xos muhim belgilarga egadir.
Quyida jamoa va uning xususiyatlari
(belgilari) borasida so‘z yuritamiz. Jamoa va
jamoa orqali tarbiyalash – tarbiya tizimida
muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tamoyillardan
biridir. Shaxsni shakllantirishda jamoaning
yetakchi rol o‘ynash to‘g‘risidagi fikrlar
pedagogika fanining ilk rivojlanish davrlaridayoq
bildirgan. Jamoada uning a’zolari o‘rtasidagi
munosabatning alohida shakli yuzaga keladi,
bu esa shaxsning jamoa bilan birgalikda
rivojlanishini ta’minlaydi. Lekin har qanday
guruhni ham jamoa deb hisoblab bo‘lmaydi.
Jamoa bir qator belgilarga egadirki, mazkur
belgilar jamoani kishilarning yotarli darajada
uyushgan har qanday guruhdan ajratib
turadi. Jamoa ijtimoiy jamiyatning bir qismi
hisoblanadi, unda ijtimoiy hayot va kishilik
munosabatlarining barcha me’yorlari o‘z
ifodasini topadi. Jamoa jamiyatdagi mavjud
munosabatlar tizimida namoyon bo‘lar ekan,
jamoa va ijtimoiy jamiyat maqsadi, intilishida
o‘zaro birlik, uzviy maqsadga muvofiq tashkil
etiladi. Shu bois jamoa hayoining bir (yagona)
maqsadga qaratilganligi va ijtimoiy-g‘oyaviy
yo‘nalganligi uning yetakchi belgisi sanaladi. Har
bir jamoa boshqa bir jamoalar bilan uzviy
bog‘liq bo‘ladi. Uning har bir a’zosi jamiyat
ijtimoiy faoliyatini tashkil etish jarayonida o‘z
jamoasi bilan birgalikda ishtirok etadi. Jamoani
tushunish, uni his etish hamda shaxsni
shakllantirishdagi o‘rni va rolini to‘g‘ri baholay
olish umumiy va xususiy (shaxsiy) maqsadning
qiziqishi, ehtiyoj va faoliyatning birligini namoyon
etadi hamda bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. Har bir
jamoa o‘z-o‘zini boshqarish organiga ega va
umummilliy jamoaning uzviy qismi sanaladi.
Shuningdek, u maqsadning birligi va tashkil qilish
xususiyatlari orqali umummilliy jamoa bilan
bog‘lanadi. Ijtimoiy jamiyatning ehtiyojini
qondirishga yo‘naltirilgan birgalikdagi faoliyat
jamoaning navbatdagi muhim xususiyatidir.
Jamoa faoliyatning ijtimoiy-g‘oyaviy yo‘nalishi
ham jamoaning faoliyati mazmunida o‘z aksini
topishi muhim ahamiyatga egadir.Jamoa
xususiyatini aniqlashda kishilar guruhining
yagona ijtimoiy tizimini o‘rnata olishdagi usuli,
ya’ni jamoani tashkil qilish usuli ham muhim
hisoblanadi. Pedagogik jihatdan maqsadga
muvofiq tashkil etilgan jamoa faoliyati natijasida
jamoa a’zolari o‘rtasida ishchanlik, bir-biri
uchun g‘amxo‘rlik, o‘zaro yordam, jamoa
manfaati uchun javobgarlik hissi qaror
topadi.Birgalikdagi faoliyat umumjamiyat ishi
uchun ma’suliyat hissini uyg‘ota borib, jamoa
a’zolarini bir-biriga yaqinlashtiradi, jamoa
mansublik hissini paydo bo‘lishiga ko‘maklashadi,
jamoaga bilan munosabatda bo‘lish ehtiyojini
oshiradi. Jamoa a’zolari orasida yaqinlik, hissiy
birlik (bir-birini yoqtirish) yuzaga keladi. Ushbu
munosabat ko‘pincha pedagogik ta’sir ko‘rsatish
uchun qo‘l keladi. Ruhiy va hissiy jamoa
a’zolarining birgalikdagi faoliyatini mazmuniga
ular orasidagi hosil bo‘lgan ishchanlik
faoliyatining xarakteriga bevosita bog‘liqdir.
6Rahimov S.R. Abu Ali ibn Sinoning psixologik-
pedagogik qarashlari. — Toshkcnt, O’qituvchi,
2004, - 103-bet. 81 Jamoaning rasmiy
(ishchanlik) va norasmiy (hissiy) tuzilishini bir-
biridan farqlash lozim. Jamoaning rasmiy
tuzilishi deganda jamoa faoliyatining turli
ko‘rinishlarini amalga oshirish uchun zarur
bo‘ladigan tashkiliy jihatlari ko‘zda tutiladi.
Mazkur tuzilma bir tomondan jamoa a’zolari
qo‘shilgan ishchanlik munosabatlarini ifoda etsa,
ikkinchi tomondan rahbarlik vazifasini bajaruvchi
tarbiyachilar hamda jamoa a’zolari
o‘rtasidagi mavjud boshqarish munosabatlari
mazmunini ifoda etadi. Norasmiy tuzilma
jamoaning barcha a’zolari o‘rtasidagi
shaxslararo ma’naviy psihologik
munosabatlarining umumiy tizimi va
mikroguruhni tashkil qiluvchi ayrim a’zolar
o‘rtasidagi tanlash munosabatlari mazmunini
ifodalaydi. Jamoaning har bir a’zosi mavjud
munosabatlar tizimida u yoki bu o‘rinni
egallaydi. Tarbiyalanuvchi shaxsning jamoadagi
o‘rni uning shakllanish jarayoniga ta’sir
ko‘rsatadi. Maktab yoki sinfdagi rasmiy va
norasmiy tuzilmalar bir-biriga muvofiq
bo‘lganda, jamoaning rasmiy yetakchilari
norasmiy munosabatlar tizimida ko‘zga
ko‘ringan o‘rinni egallagan holdagina u
chinakam jamoa bo‘la oladi.
Dostları ilə paylaş: |