Reja: Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi


Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi



Yüklə 216,49 Kb.
səhifə10/86
tarix05.12.2023
ölçüsü216,49 Kb.
#173875
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   86
5.ma\'ruzalar matni-2023-2023

Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi.Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish yuzasidan Konstitutsiyaning 78, 89, 93, 96, 98-moddalariga o‘zgartirishlar kiritilib, unga o‘rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdorda ko‘p o‘rin olgan siyosiy partiyalar tomonidan taklif etiladi, Prezident taqdim etilgan nomzodni ko‘rib chiqib, 10 kun muddat ichida Oliy Majlis palatalari tomonidan ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun taklif etadigan bo‘ldi.
Sud-huquq tizimini isloh qilish sohasida advokatura instituti takomillashtirildi
va uning mustaqilligi yanada mustahkamlandi. Jinoiy jazolarni liberallashtirish munosabati bilan jinoyatlar tasnifi o‘zgartirildi. Sanksiya berish huquqi sudlarga o‘tkazildi.
“Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”, “Teleradioeshittirishlar to‘g‘risida”, “Ommaviy axborot vositalari faoliyatining iqtisodiy asoslari to‘g‘risida”, “Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlarni qabul qilish belgilandi. Natijada axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash sohasida, umuman, mamlakatda ushbu sohaga oid 10 ga yaqin qonun hujjatlari qabul qilindi. O‘zbekistonda saylov huquqi erkinligini ta’minlash va saylov qonunchiligini rivojlantirish sohasida saylov qonunchiligi takomillashtirilib, saylov tizimi izchil va bosqichma-bosqich liberallashtirib borildi. Muddatidan oldin ovoz berish muammosini hal etish, uchastka saylov komissiyalari faoliyatining oshkoraligini ta’minlash borasida amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish belgilandi. Xalq bilan muloqotning yo‘lga qo‘yilishi. 2016-yilda ilk bor mamlakat aholisi va hukumatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqoti yo‘lga qo‘yildi. Shu yilning sentabr oyida Bosh vazirning (pm.gov.uz elektron manzilida) virtual qabulxonasi ochildi. 2017-yilning “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinishi bu sohadagi ishlarni faollashtirdi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 28-dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga binoan Xalq qabulxonalari tashkil etildi. Uning xodimlari esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining xodimlari hisoblanishi belgilab qo‘yildi. 2017-yil dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida Xalq qabulxonalari negizida, Prezident huzurida alohida tuzilma – Tezkor davlat xizmatlari agentligini tashkil etish g‘oyasini ilgari surdi.
2017–2021-yillarda mamlakatni rivojlan-tirishning beshta ustu-vor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. 2017–2021-yillarda mamlakatni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi.
Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining tahlili, bugungi kunda jahon bozori talabi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuvni ishlab chiqishni taqozo etdi. Mamlakatning 2016-yilda saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama, jadal rivojlanishi uchun shartsharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi farmoni bilan 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi.
Harakatlar strategiyasida mamlakatni yanada rivojlantirish bo‘yicha 5 ta ustuvor yo‘nalish keltirilgan:
I. Davlat va jamiyat qurilish tizimini takomillashtirish (moviy havorang – osmon va toza suv ramzi, Amir Temur davlati bayrog‘ining rangi).
II. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish (siyohrang – qonun ustuvorligi va or-nomuslilik ramzi).
III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish (tillarang – iqtisodiyotni rivojlantirish elementlari hisoblangan kuch-qudrat va boylik ramzi).
IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirish (qizil rang – hayot va aholining munosib turmush tarzini ta’minlash ramzi).
V. Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat (oq rang – tinchliksevarlik siyosati elementlari hisoblangan tinchlik va soflik ramzi).
Strategiya dolzarb hamda aholi va tadbirkorlarni tashvishga solayotgan masalalarni kompleks o‘rganish, qonunchilik, huquqni muhofaza qilish amaliyoti va xorijiy tajribani tahlil qilish yakunlari bo‘yicha ishlab chiqilgan.
Harakatlar strategiyasi 5 bosqichda amalga oshirilib, ularning har biri bo‘yicha yil nomlanishidan kelib chiqqan holda, alohida bir yillik davlat dasturini tasdiqlashni nazarda tutadi.
Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Prezident rahbarlik qiladigan 14 kishilik Milliy komissiya tuzilib, u mazkur hujjatda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida, sifatli bajarilishini nazorat qiladigan bo‘ldi.
Konsepsiya – biror sohani rivojlantirishga qaratilgan keng qamrovli loyiha yoki qarashlar majmui.
Sanksiya – huquqshunoslikda huquqbuzarga nisbatan qo.llaniladigan va uning uchun muayyan oqibatlar keltiruvchi chora.
Strategiya – uzoqqa boruvchi ta’sir vositalari va uslublari; maqsadni istiqbolli dinamik aniqlab olish.

Yüklə 216,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin