Reja: Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi


Irqchilik va irqiy kamsitilishga qarshi kurash. Jamiyatdagi



Yüklə 216,49 Kb.
səhifə79/86
tarix05.12.2023
ölçüsü216,49 Kb.
#173875
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   86
5.ma\'ruzalar matni-2023-2023

Irqchilik va irqiy kamsitilishga qarshi kurash. Jamiyatdagi irqiy keskinlikni yumshatishga qaratilgan tadbirlar etnik ozchilikning teng huquqlarini, jumladan, ijtimoiy sohadagi huquqlarini mustahkamlashga qaratilgan qonunlar qabul qilinishini o‘z ichiga oladi. Shunday qonunlar dastlab SSSRda, AQSH va G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida qabul qilindi. Ayniqsa, Yevropada irqiy kamsitilishga qarshi qonunlarni mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar amalga oshirildi.
Etnik ozchilikning ijtimoiy muammolari va siyosiy maqomiga fuqarolik jamiyatining nodavlat tizimlari ayniqsa katta e’tibor qaratdi. Masa lan, kasaba uyushmalarida etnik ozchilik vakillari manfaatlarini ifoda etuvchi bo‘limlar paydo bo‘ldi. Yetakchi siyosiy partiyalar ham etnik ozchilik vakillari uchun o‘z bo‘limlarini ochdi. Parlamentga, mahalliy hokimiyat organlariga etnik ozchilik vakillaridan nomzodlar ko‘rsatildi. 1987-yili Buyuk Britaniyada ilk bor jamoa palatasigaetnik
ozchilik vakillaridan to‘rt nafari saylandi. Keyin qora tanli Devid Dinkins Nyu-York shahar meri, afro-amerikalik Barak Husayn Obama AQSH prezidenti, kelib chiqishi belujlardan bo‘lgan Sodiq Omonxon London shahrining meri etib saylandi.
Ammo 2015-yili AQSHning bir necha shaharlarida politsiyachilar va irq chilar tomonidan qora tanli amerikaliklarning o‘ldirilishi ortidan prezi dent B.Obama AQSH uchun irqchilik hamon dolzarb muammo ekanligini tan oldi.
XX asr oxiri – XXI asr boshlaridagi etno-ijtimoiy muammolar. XX asr oxiriga kelib katta moddiy resurslarga ega bo‘lmagan davlatlar ham etno-ijtimoiy muammolar bilan to‘qnash kela boshladi. Zotan, XXI asrda etno-ijtimoiy mojarolar o‘tgan asrdagi sinfiy kurashlarga nisbatan ham jid diyroq muammolar manbayi bo‘lishi mumkinligini bugungi voqealar ko‘rsatmoqda.
Millatlararo hamjihatlik – etnik mojarolarning oldini olishningsamarali yo‘li
Jahonda aholisi 1 milliondan ziyod bo‘lgan 164 ta davlatning yarmidan kamrog‘i nisbatan bir millatli, ya’ni asosiy aholisi bitta millatga mansub davlatlardir. Qolgan davlatlar ko‘p millatli hisoblanadi.
Aholining ko‘p millatli tarkibi shu davlatda etno-ijtimoiy mojarolar kelib chiqishini muqarrar qilib qo‘ymaydi. Ko‘pmil latli mamlakatlar, masa lan, O‘zbekistonda turli millatlarning tinch-totuv yashash an’anasi shakl langan. Ammo dunyoning ayrim hududlarida etnik mojarolarning kes kin lashuvi yuz bermoq da. XX asrning 80-yillari oxiriga kelib, yuz bergan jami harbiy mojarolarning yarmidan ko‘pi bir davlat ichkarisida, etnoslararo mojarolar edi. O‘sha paytda bu mojarolarning asosiy maydoni Osiyo va Afrika mamlakatlari bo‘ldi.
Ammo SSSR tarqalib ketishi bilan uning sobiq hududida o‘nlab etnoslararo keskinlik o‘choqlari vujudga keldi. SSSRda milliy-hududiy chegaralanish o‘tkazilgan XX asrning 20-yillarida sovet respublikalari o‘rtasidagi chegaralarni belgilashda etnik omil yaxshi inobatga olinmagan, natijada ko‘plab aholi o‘z milliy respublikalari hududidan tashqarida qolib ketgan. Bu muammo ayniqsa Kavkazorti respublikalari va O‘rta Osiyoda SSSR qulagan dan so‘ng yaqqol sezilib qoldi. Bu hududlarda ko‘plab etnoslararo mojarolarning kelib chiqishiga sabab bo‘ldi.
1992-yili Rio-de-Janeyro shahrida atrof-muhitni himoya qilish va barqaror taraqqiyot bo‘yicha konferensiya o‘tkazildi.
Qora tanli Devid Dinkins Nyu-York shahar meri, afro-amerikalik Barak Husayn Obama AQSH prezidenti, kelib chiqishi belujlardan bo‘lgan Sodiq Omonxon London shahrining meri etib saylandi.
Sovet davrida barcha respublikalarning sanoat potensiali bir xil rivojlantirilmaganligi ham SSSR parchalangandan so‘ng bir qator etno-ijtimoiy muammolar manbayiga aylandi. Ayniqsa, 2000-yillardan boshlab sobiq sovet respublikalaridan mehnat muhojirlarining ommaviy ravishda Rossiya Federatsiyasiga kelishi bu yerda etno-ijtimoiy holatni keskinlashtirib yubordi.
Xullas, XX asrdagi juda katta siyosiy va harbiy to‘qnashuvlarning mahsuli bo‘lgan etno-ijtimoiy muammolar asr oxirida Yevropada yuz bergan siyosiy bo‘hronlar, SSSR va sotsialistik lagerning tarqalib ketishi natijasida yanada avj oldi. XXI asrga kelib, kishilarni irqiy va diniy mansublik asosida kamsitishlar kamaygan bo‘lsa-da, ijtimoiy tengsizlik, migratsiya jarayonlari bilan bog‘liq muammolar hamon
saqla nib qolmoqda.
Institutsional o‘zgarishlar – bu ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning tarkibiy qismi bo‘lib, ijtimoiy institutlardagi rivojlanish va o‘zgarishlarda namoyon bo‘ladi.

Yüklə 216,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin