Etno-konfessional mojaro – bu etnik mojaroning shakllaridan biri bo‘lib, unda etnik ziddiyat diniy ziddiyat bilan qo‘shilib ketadi.
Gender tengsizlik – bu ijtimoiy tizimning muhim belgisi bo‘lib, unga binoan turli ijtimoiy guruhlar, ayni holatda – erkaklar va ayollarning jamiyatdagi imkoniyatlari bir-biridan keskin farq qiladi.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar 1. XXI asr boshiga kelib Misrning siyosiy hayotida islom fundamentalizmi qanday rol o‘ynadi?
2. XX asr oxiri – XXI asr boshlarida Liviya va boshqa Shimoliy Afrika mamlakatlaridagi inqilob va to‘ntarishlar qanday oqibatlarga olib keldi?
3. «Sovuq urush»ning yakunlanishi Afrika mamlakatlarida qanday jarayonlarni keltirib chiqardi?
4. XXI asrda Afrika mamlakatlari oldida qanday dolzarb muammolar turibdi?
27-MAVZU. XX ASR OXIRI – XXI ASR BOSHLARIDA GLOBALLASHUV MUAMMOLARI, HARBIY, EKSTREMISTIK VA EKOLOGIK XAVF-XATARLAR REJA: 1. Globallashuv muammolari. 2. Harbiy xavf-xatarlar. 3. Ekstremizm va terrorizm 4. Tabiiy resurslar muammosi va biosferaning ifloslanishi. Globallashuv muammolari. Globallashuv (globus – Yer shari) deganda umumjahon iqtisodiy, siyosiy va madaniy integratsiyalashuv va unifikatsiyalashuv jarayoni tushuniladi. Globallashuv obyektiv va tizimli jarayon bo‘lib, jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olmoqda.
Iqtisodning globallashuvi natijasida iqtisodiy yuksa lishlar va inqirozlar umumjahon miqyosida global xarakterga ega bo‘lib bormoqda. Zamonaviy axborot tizimlari moliya kapitaliga juda tez harakatlanish, moliya bozorlariga esa to‘xtovsiz faoliyat yuritish imkonini yaratdi.
Madaniy sohada globallashuv jarayoni ziddiyatli natijalarga ham olib kelmoqda. Bir tomon dan, madaniy globallashuv ja ra yonida Internet, xalqaro sayyohlik, kinofilmlar, kitoblar va ijo diy mehnatning boshqa mahsulot lari katta rol o‘ynaydi. Boshqa tomondan, ko‘pincha sifati uncha yuqori bo‘lmagan xalqaro madaniy hodisalarning ommalashuvi, milliy madaniyat larning rivojlanishi uchun xavf sola boshladi.
Masalan, hozir «ommaviy madaniyat» deb atalayotgan jarayon shunday salbiy holatlarga ega bo‘lgan hodisalardan biridir.
Globallashuv – bir xil baholanishi mumkin bo‘lmagan o‘ta murakkab jarayon. Bu jarayonda har bir xalq o‘z o‘rnini egallashga, o‘zligini saqlab qolishga intilmoqda. Osiyo va Afri kadagi an’anaviy sivilizatsiya larning g‘arblashuv jarayoni juda murakkab kechmoqda. Bu jami yat larda G‘arbning qadriyatlar tizimini, uning an’anaviy jamiyatlar ma’naviy-axloqiy asoslariga zid bo‘lgan me’yorlarni so‘zsiz va to‘liq qabul qilishning yaqin asrlar ichida iloji yo‘qdek tuyuladi. Aksincha, Xitoy va Hindiston singari mamlakatlarning jahon iqtisodiyoti, siyosatidagi rolining ortib borishi bu jamiyatlar ma’naviy-axloqiy qadriyatlarining ham jahon maydo niga chiqi shiga olib kelishi, bu esa G‘arb jamiyatida tobora chuqurlashib bo rayotgan ma’naviy inqiroz holatidan chiqib olish imkonini berishi mumkin.