Repatriatsiya – bu vatanga qaytish. Atama, odatda, harbiy asirlar, ko‘chirilgan shaxslar, qochoqlar, emigrantlarga nisbatan qo‘llaniladi. Yahudiylarning tarixiy vatani bo‘lgan Falastinga qaytishi ham repatriatsiya deb ataladi.
Immigratsiya – aholining bir mamlakatdan boshqasiga vaqtincha yoki doimiy yashash uchun ko‘chib o‘tishi.
Militarizatsiya – bu davlat organlarining iqtisod, siyosat va ijtimoiy sohadagi harakati bo‘lib, u davlatning harbiy qudratini oshirishga yo‘naltirilgan.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar 1. Isroil davlati o‘z tarixining qisqa davri ichida qanday omillar hisobiga rivojlangan mamlakatga aylandi?
2. Falastin muammosining asosiy sabablari nimada va ular qanday hal etilmoqda?
3. Falastin davlatini tuzish yo‘lidagi asosiy to‘siqlar nimalardan iborat edi?
4. Isroil va Falastin munosabatlariga xalqaro siyosiy holatning ta’siri nimalarda namoyon bo‘ldi?
26-MAVZU: 1991-2017-YILLARDA LOTIN AMERIKASI VA AFRIKA MAMLAKATLARI REJA: 1. XX asr oxirida Lotin Amerikasi mamlakatlari. 2. Lotin Amerikasi mamlakatlari XXI asr boshlarida. 3. Shimoliy Afrika. 4. Tropik va Janubiy Afrika. XX asr oxirida Lotin Amerikasi mamlakatlari. XX asr oxiriga kelib Lotin Amerikasi mintaqasida 34 ta mustaqil davlat va bir necha qaram hududlar mavjud edi. XX asrning ikkinchi yarmida yuz bergan jadal iqtiso diy o‘sishga qaramasdan, Lotin Amerikasi mamlakat lari jahon siyosatining chekka mintaqasi bo‘lib qolmoqda.
Asr oxiriga kelib mintaqada ijtimoiy-iqtisodiy taraq qiyotning neoliberal modeli oldingi o‘ringa chiqdi. Aslida bu model Augusto Pinochet davrida Chilida muvaf faqiyatli amalga oshirilgan edi. Bugun ham Chili barqaror rivojlanayotgan mamlakat bo‘lib, mintaqada yetakchi o‘rinni egallaydi. Ammo, umuman, Lotin Amerikasi mamlakatlari uchun neoli beral islohotlarning natijalari ziddiyatli bo‘lib chiqdi. Agar
bu islohotlarning birinchi bosqichi iqtisodiy o‘sishga turtki bo‘lgan, modernizatsiyaga ko‘maklashgan bo‘lsa, keyinchalik to‘siqlar paydo bo‘ldi, ayrim hollarda esa islohotlar retsessiyaga, xo‘jalikning chuqur tushkunligiga olib keldi.
Mintaqada birinchi bo‘lib neoliberal islohotlar yo‘liga kirgan Meksikada 1994-yil dekabrda moliyaviy-iqtisodiy inqiroz boshlandi. Mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy ahvol og‘irlashdi. Shunday sharoitda Meksikadan kapitalning ommaviy ravishda AQSHga ko‘chishi boshlandi.
Milliy valuta – peso keskin tushib ketdi, amalda milliy moliya tizimi izdan chiqdi, 20 ming korxona xonavayron bo‘ldi, mamlakat YIMi keskin tushib ketdi.
Meksika inqirozi 1990-yillarda Lotin Amerikasi mamlakatlarini larzaga solgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy inqirozlar zanjirining birinchisi edi. Neoliberal islohotlar oqibatida mintaqa davlatlarining tashqi omilga qaram bo‘lib qolishi Braziliya va Argentina kabi eng yirik davlatlar iqtisodiga ham og‘ir zarba berdi.
Ayniqsa, 1990-yillari «neoliberal islohot yutuqlarining namoyishi» bo‘lgan Argentina iqtisodiyoti qattiq zarar ko‘rdi. 2001-yili Argentinada defolt e’lon qilinishi jahon tarixidagi eng yirik bankrot holati bo‘lib, Lotin Amerikasi mamlakatlaridagi neoliberal tajribalarga nuqta qo‘ydi va mintaqada siyosiy hamda iqtisodiy rivojlanishning yangi davrini boshlab berdi.
Bu jarayonlar ta’sirida iqtisodiy kursdan norozilik, an’anaviy partiyalar va ularning yetakchilariga ishonchsizlik hollari kuchaydi, qarshilik harakati, jumladan, radikal ko‘rinishdagi tashkilotlarning (qo‘zg‘olonchilik, terrorchi tashkilotlar, narkomafiya) faollashuvi uchun sharoit tug‘ildi.
XX asrning 90-yillarida Kolumbiyada qurollangan so‘l radikal harakat avj olib, ularning qo‘shinlari mamlakat hududining 40% ini nazorat qilardi. 1992-yili Peruda ham «Oydin yo‘l» qo‘zg‘olonchiterrorchilik tashkiloti faollashdi. 1994-yili Meksikada hindularning ommaviy qo‘zg‘oloni boshlandi. Hukumat siyosatining ijtimoiy oqibatlariga qarshi Argentina, Meksika, Ekvador va boshqa bir qator mamlakatlarda aholining ommaviy chiqishlari bo‘lib o‘tdi.
Ijtimoiy-siyosiy muno sa bat larda hindu xalqlarining o‘z huquqlari, o‘ziga xos madaniyatini saqlab qolish, avtonomiya va yerga bo‘lgan huquqi uchun kurashi alohida o‘rin egallaydi. XX asr oxiriga kelib hindular Boliviya, Gvatemala, Peru, Meksika, Ekvador kabi mamlakatlar aholisining 25 – 50 % ini tashkil qiladi.
1990-yillarning boshlarida X.Kolumb tomonidan Amerikaning kashf etilganiga 500 yil to‘lishi keng nishonlandi. Ammo bu voqea mintaqa aholisi tomonidan bir xilda ijobiy qabul qilinmadi. Sof madaniy muammolardan tashqari neoliberal islohotlar natijasida hindu jamoalarining yerlarini tortib olish hollaridan norozilik kuchaydi. Hukumatlarning hindu aholisiga nisbatan olib borgan adolatsiz siyosati oqibatida mintaqaning ayrim mamlakatlarida hindularning tartibsiz chiqishlari bo‘lib o‘tdi. Bu harakat Ekvador, Boliviya, Peru, Braziliyada va Meksikaning janubida ayniqsa ommaviy tus oldi.
Lotin Amerikasi mamlakatlari XXI asr boshlarida. Yangi asr boshiga kelib Lotin Amerikasi mamlakatlari o‘z tarixida birinchi marta diktaturalarsiz rivojlanish yo‘liga kirdi, deyarli barcha davlatlarda saylov yo‘li bilan hokimiyatga konstitutsiyaviy rejimlar keldi. Mintaqa mamlakatlarining mutlaq ko‘pchiligida o‘ziga xos jihati dohiyparastlik va populizm bo‘lgan siyosiy tizim hamda prezidentlik boshqaruvi o‘rnatildi.
XX asr oxiridan boshlab aholining an’anaviy partiyalarga ishonchi so‘nib bordi va buning natijasida XXI asr boshida Braziliya, Peru, Venesuela, Ekvador kabi mamlakatlarda hokimiyatga yangi, mustaqil deb atalayotgan nomzodlar keldi.
XX asr oxiri – XXI asr boshlarida mintaqadagi mamlakatlar siyosiy hayotining boshqa bir xarakterli jihati kommunistik partiyalarning o‘z mavqeyini yo‘qotishi bo‘ldi. Bu, albatta, dunyoda yuz berayotgan global jarayonlar bilan bog‘liq edi.
1959-yilgi inqilobdan so‘ng o‘ziga xos kommunistik siyosiy rejim shakllangan Kubada ham shunday jarayonlar yuz berdi. Sotsialistik tizim barbod bo‘lgandan so‘ng Kuba tashqi moddiy-texnik va moliyaviy yordamdan mahrum bo‘ldi, bu esa, birinchi navbatda, aholining ahvoliga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Ammo bu qiyinchiliklarga qaramasdan, XXI asrda ham Kuba ijtimoiy davlat bo‘lib qolmoqda.
XXI asr boshlarida Lotin Amerikasi mamlakatlarida integratsiyalashuv jarayonlari kuchaydi. Bu jarayonlarning asosiy yo‘nalishi mintaqaviy erkin savdo zonalarini tuzish bo‘ldi. Kelajakda Shimoliy va Janubiy Amerika miqyosidagi erkin savdo zonalarini tuzish, savdo va sanoatini rivojlantirish mo‘ljallangan.
Ammo yirik rejalar va katta imkoniyatlarga qaramasdan, bu mamla katlar, hatto Braziliya va Meksika kabi gigantlar ham bugun global siyosiy va iqtisodiy muammolarni hal etish jarayonida arzigulik ta’sirga ega emas. 2008-yildan mintaqadagi eng yirik uchta davlat – Braziliya, Meksika va Argentina G-20 («Katta yigirmalik») obro‘li klubiga a’zo bo‘lsa-da, jahon siyosatida hali katta rol o‘ynamaydi. Shunga qaramasdan, bu davlatlar katta istiqbolli imkoniyatlarga ega. Masalan, Meksika 1994-yili Shimoliy Ame rika erkin savdo zonasiga kirdi va 1994 – 2010-yillari Meksikaga kiritilgan chet el inves titsiyalari miqdori to‘rt marta o‘sdi. Shuning 75 % i AQSH ulushiga to‘g‘ri keladi. Agar yaqin o‘tmishda eksportning asosini neft tashkil qilgan bo‘lsa, hozir Meksika eksportining 80 % ini sanoat mahsulotlari tashkil qiladi.
XXI asr boshida Braziliya, Peru, Venesuela, Ekvador hokimiyatiga yangi, mustaqil nomzodlar keldi.
Braziliya bugun dunyoning yirik iqtisodiyotlaridan biri, jadal rivojlanayotgan Xitoy, Hindiston, Janubiy Afrika Respub likasi va Rossiya bilan birgalikda BRIKS tashkilotining a’zosi hisoblanadi. Braziliya XXI asrda Lotin Amerikasining tan olingan yetakchisiga aylanish, AQSHning doimiy ta’siridan butunlay qutulish va BMT XKning doimiy a’zolaridan biri bo‘lish kabi olamshumul vazifalarni qo‘yib, shunga intilmoqda.
Aytish lozimki, Lotin Amerikasi mamlakatlari XX asrda o‘z oldilariga qo‘ygan murakkab muammolarni to‘liq hal qila olmadi, ammo buning yo‘llarini qidirishda davom etmoqda. XXI asrda bu muammolar o‘z yechimini qanday topishini hayot ko‘rsatadi.