Bajardi O’ktamov a tekshirdi-Raximov D



Yüklə 233,27 Kb.
səhifə1/3
tarix25.09.2023
ölçüsü233,27 Kb.
#148390
  1   2   3
Gulmira


Toshkent kimyo-texnalogiya instituti
„Sifat menejmenti va mahsulotlar xavfsizligi”
Kafedrasi.

Amaliyot Xisoboti


Mavzu –OZIQ OVQAT MAXSULOTLARINI MIKROBIOLOGIK XAVFSIZLIGI VA ULAR BILAN BOG’LIQ XAVF XATARLAR


Bajardi
O’ktamov A


Tekshirdi-Raximov D.


Toshkent-2023
Mundarija:
Kirish
Korxona to’g’risida qisqacha malumot
Labaratoriya jarayoni sinovlarida ishtirok etish
Gost metodikasi bilan ishlash.Sifat texnik pragnozini o’rganish
Sinov labaratoriyasida analiz qilish,faol ishtirok etish
Foydalanilgan adabiyotlar

Кириш
Biz, avvalo, iqtisodiyotni isloh qilish va erkinlashtirish borasidagi ishlarimizni yanada chuqurlashtirish, uning soha va tarmoqlarini ¬tarkibiy jihatdan o‘zgartirish ¬bo‘yicha boshlangan ishlarni jadallashtirishimiz va hududlarni modernizatsiya qilish, ularning raqobatdoshlik darajasini oshirish, eksport ¬salohiyatini rivojlantirish masalalari doimiy e’tiborimiz markazida bo‘lishi lozim” Sh.M.Mirziyoyev.


Respublikada, avvalom bor xususiy mulkchilik sinfini shakllanishi yoki qaror topishi va mulkchilikka nisbatan bo‘lgan tushunchalarning o‘zgarishi–davlatning mahalliy ishlab chiqaruvchilarining jahon bozorlarida mustahkam o‘ringa ega bo‘lishida muhim omil bo‘ldi.
Korxonalarda halqaro standart talablariga muvofiq sifat tizimlarining joriy etilishi raqobat muhitida korxonalar yutug‘ining kafolati xisoblanadi va korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirishga va iste’molchilarni sifatli va ekologik xavfsiz mahsulotlar bilan ta’minlash imkonini beradi.
Shuning uchun ushbu soha bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan katta e’tibor qaratilmoqda, jumladan:
Mazkur soha yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan chiqarilgan qarorlar, mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarda halqaro sifat tizimlarini joriy etish sohasining xuquqiy-normativ asosi bo‘lib, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport qiluvchi korxonalarni rag‘batlantirishni kuchaytirish va raqobatbardosh mahsulotlarni yetkazib berishni kengaytirish borasida qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1731, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 22 iyuldagi “Korxonalarda halqaro standartlarga muvofiq sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish bo‘yicha tadbirlar to‘g‘risida”gi №349, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 19 iyundagi “Respublika korxonalarida halqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etishni kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi №173 hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 29 avgustdagi “Korxonalarda halqaro standartlarga muvofiq sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi №183 qarorlarida soliq, bojxona, mahsulotlarni eksport jarayonlari va bank xizmatlari bo‘yicha ishlab chiqaruvchi korxonalarning imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida qator imtiyoz va qulayliklar berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 356-moddasiga asosan soliq solinadigan baza yangi texnologik uskunalar sotib olishda, sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish va mahsulotni halqaro standartlar talablariga muvofiq sertifikatlashtirishda kamaytiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 26 martdagi PQ-1731-sonli qaroriga asosan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etayotgan mikrofirma va kichik tashkilotlarga yagona soliq to‘lovlarini kamaytirish tartibi qo‘llaniladi.
v O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 22 iyuldagi №349 qaroriga asosan sinov laboratoriyalariga ega bo‘lgan korxonalar belgilangan tartibda laboratoriyada tekshirish va test sinovidan o‘tkazishda foydalaniladigan texnologiya jihozlari, shuningdek butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlarni chetdan keltirishda, agar ularni yetkazib berish texnologiya jihozlari yetkazib berish uchun tuzilgan kontrakt shartlarida nazarda tutilgan bo‘lsa, bojxona to‘lovlaridan, shu jumladan qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilish tartibi qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 19 iyundagi 173-son qaroriga asosan davlat ehtiyojlari uchun mahsulotlar xarid qilish yuzasidan tender savdolari o‘tkazishda boshqa teng shart-sharoitlarda ustunlik sifatni boshqarishning sertifikatlashtirilgan tizimiga ega bo‘lgan mamlakatimiz mahsulot yetkazib beruvchilariga beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 21 iyuldagi 154-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan xalqaro standartlar bo‘yicha sifat tizimini joriy qilgan, shuningdek eksportbop mahsulot turlarini ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi korxonalar, mahalliylashtirish dasturiga kirishda, yuqoridagi mezonlarga muvofiq keladigan loyihalar bo‘yiyaa afzallika ega.

Qonun va me’yoriy-huquqiy asoslar


O`zbekiston Respublikasining “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to`g`risida”gi Qonuni (1993-12-28 № 1006-XII)
O’zbekiston Respublikasining "Muvofiqlikni baholash to’g’risida" Qonuni (2013-10-04 № O’RQ-354)
"Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida"gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 iyundagi PF-6240-sonli qarori 
"O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O'zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 iyundagi PQ-5133-sonli qarori
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 22 iyuldagi 349-sonli “Korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq bo’lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriyetish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 5 avgustdagi 373-sonli “O'‘zbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tuzilmasini takomillashtirish va uning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 19 iyundagi 173-sonli “ Respublika korxonalarida xalqaro standartlarga muvofiq bo’lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etishni kengaytirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida ”gi qarori
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 19 oktyabrdagi 298-sonli "2020 yilgacha bo‘lgan davrda milliy infratuzilmalar sifatini rivojlantirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida ”gi qarori



Yüklə 233,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin