10-ma’ruza. Standartlashtirish davlat tizimiva standartlashtirish to‘g‘risidagi qonun



Yüklə 35,31 Kb.
səhifə1/5
tarix23.12.2022
ölçüsü35,31 Kb.
#77482
  1   2   3   4   5
ma\'ruza-10 (1)


10-ma’ruza. Standartlashtirish davlat tizimiva standartlashtirish to‘g‘risidagi qonun
Reja:
1.Standartlashtirish davlat tizimi
2.Standartlarning turlari va toifalari
3. Standartlashtirishning asosiy tamoyillari
4. Standartlashtirishning usullari
Tayanch so‘zlar: standartlashtirish davlat tizimi, davlat standaogi, rahbariy hujjat, yo‘riqnoma.
1. Standartlashtirish davlat tizimi (SDT)
Respublikamizda standartlashtirish jarayoni 3 bosqichdan iborat:

  • atamalarni standartlashtirish;

  • o‘lchovlarni, o‘lchash va sinov uskunalarini va ularni konstruksiyaga va mahsulot texnologiyasiga bog‘lab standartlashtirish;

  • mahsulotning o‘zini standartlashtirish».

ISO/MEK tomonidan yaratilgan konsultativ kengash texnika rivojining yo‘nalishini quyidagicha tavsiya qiladi:

  • standartlarni yaratishda va ularni kelishishda yangi mexanizmlarni yaratish;

  • harajatlarni ilk tadqiqotlarga va real istiqbolga ega bo‘lgan texnikaviy yutuqlarga to‘plamoq;

  • bor texnikaviy qo‘mitalarning ilmiy tadqiqot, tajribaviykonstruktorlik ishlarini shu jumladan ekologiya sohasidagi ishlarni, e’tiborga olgan holda yangi rejali ishlarni yaratish;

  • yetakchi mutaxassislar boshchiligidagi o‘tkaziladigan seminarlar, ilmiy ma’ruzalar shaklidagi ikkilamchi mexanizmlardan foydalanish;

  • sanoatning yuqori rahbarlari orasida yangi g‘oyalarni targ‘ibot qilishga e’tiborni qaratmoq.

Mana shuning uchun standartlashtirishda atamalarni bir yerga to‘plamoq, ular asosida ta’riflar yaratmoq va nihoyat bu sohada standartlar yaratmoq hozirgi kunning talabi, iqtisodiyotni rivojlantirishning dolzarb masalalari hisoblanadi.
Shu maqsadda standartlashtirish sohasidagi atamalarni go‘plashda xalqaro standartlashtirish tashkilotining xѵjjatlariga, sobiq Ittifokdagi ma’lumotlarga, shuningdek, o‘zbekiston Resnublikasida ilk yaratilgan hujjatlarga mu-rojaat etildi.
Bu sohadagi asosiy tushunchalar 61 atamadan iborat bo‘lib, ularning mohiyati ketma-ketligi bo‘yicha ma’lum tartibda joylash-tirilib, hozirgi vaqtda choi etilgan O‘zRST 1.10-93 "O‘zbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat tizimi. Asosiy ata-malar va ta’riflar" standarti yaratildi.
Standartlashtirish sohasidagi bir qancha asos bo‘luvchi hujjatlar Uzstandart agentligi huzuridagi standartlashtirish, metrologiya, sertifikat-lashtirish instituti. (SMSITI) da yaratilmoqda. Bular qatoriga dastlabki standartlar O‘z RST 1.0-92, O‘z RST 1.1-92, O‘z RST 1.2-92, O‘z RST 1.3-92 va boshqalar kiradi.
O‘z RST 1.0-92 "O‘zbekiston Respublikasi standartlashti-rish davlat tizimi. Asosiy qoidalar" bo‘yicha standartlashtirish-ning mohiyati, maqsad va vazifalari hamda qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar bilan oldingi ma’ruzamizda tanishib chivdik.
Mazkur standart standartlashtirishning asosiy vazifa va maqsadiii, standartlashtirish ishlarining tashkil etilishi va asosiy qonun-qoidalarini, me’yoriy hujjatlarning toifasini, standartlar turlarini, xalqaro hamkorlik bo‘yicha asosiy qoidalarni, standartlar va gexnikaviy shartlarning qo‘llanishini, standartlarga va o‘lchash vositalariga nisbatan davlat nazoratini belgilaydi.

Yüklə 35,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin