Sertifikatlashtirish to’g’risidagi qonun hujjatlari.
Keyingi kunlar esa Sertifikatlashtirish to’g’risidagi hujjatlar bilan yaqindan tanishib chiqdim va ular bilan ishlashni boshladik ya’ni Pratakol bilan.Bunda buyurtmachi korxonaning qanday mahsulot ishlab chiqarganligi Namunasi,sanasi qachon qo’yilishi lozimligi massasi normalari qancha bo’lishi,Markirovkasi qadoqlanganligi,qanday xaroratda bo’lishi,turishi va boshqalar.Masalan Ko’k choyniki uning Gost raqami 1936-85.Keyin esa qaysi labaratoroya xodimi tomonidan tekshirilganligi masalan choyda labaratoriya xodimimiz Xaliqnazarova Irodapa va Umarova Go’zalapa tekshirdilar uning rangi qizg’ish sariw norma ekanligi, namligini tekshirishdi,ekstraktlari qancha ekanligi shularni o’rgandim.Agar mahsulot shu berilgan talablarga javob bermasa sinov labaratoroyasida tekshirilgandan keyin pratakol ya’ni sertifikat berilmasligini bildim. Jarayon maroqli va qiziqarli ekan.Yana hujjatlar xaqida malumotlar masalan unda-Sertifikatlashtirish sohasidagi munosabatlar Qonun va unga muvofiq chiqariladigan O’zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan bo’lishi.Standartlashtirishga doir normativ hujjatlarni sertifikatlashtirishda qo’llanilishi. Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo’lgan mahsulotni standartlashtirishga doir normativ hujjatlar sertifikatlashtirishni amalga oshirishda rioya etiladigan talablarni, shuningdek ushbu talablarga muvofiqlikni nazorat qilish va sinash usullarini o’z ichiga olishi lozimligi.Ko’rsatib o’tilgan hujjatlar mahsulotning mazkur turini sertifikatlashtirish tizimida belgilangan qoida va tartiblarga muvofiq qo’llanilishi lozimdir.
Xalqaro (davlataro,mintaqaviy)standartlar va xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari ,ularning xalqaro qoidalari va normalar O’zbekiston Respublikasi ishtirok etgan shartnoma yoki bitimlarga muvofiq qo’llaniladi.Ushbu standartlar ,qoidalar va no’rmalarni respublika hududida qo’llash tartibini “O’zstandart” va davlat boshqaruvining boshqa organlari o’z vakolatlari doirasida belgilaydilar.Ular xalqaro-savdo sotiq uchun ortiqcha to’sqinliklarni vujudga keltirmasligi lozimdir.Normativ hujjatlarsiz mahsulot ishlab chiqariw va realizatsiya qilishga yo’l qo’yilmaydi.Import mahsulot , basharli u O’zbekiston Respublikasida amal qilayotgan standartning majburiy talablar qismiga muvofiqligi tasdiqlanmagan bo’lsa,etkazib berilishi va belgilangan maqsadda ishlatilishi mumkun emas.
Standartlashtirishga doir normativ hujjatlarni sertifikatlashtirishgaqo’llanilishi (2-bo’lim, 7-modda) bo’yicha talablar malumotlar keltirilgan bo’lib, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo’lgan mahsulotni standartlashtirishga doir normativ hujjatlarni sertifikatlashtirishni amalga oshirishda rioya etadigan talablarni, shuningdek ushbu talablarga nomunofiqlikni nazorat qilish va sinash usullarini o’z ichiga olishi lozimdir.Ko’rsatib o’tilgan hujjatlar mahsulotning mazkur turini sertifikatlashtirish tizimida belgilangan qoida va tartibga roiya qilingan xolda amalga oshirish kerardir.Qonunning 3-bo’lim 8-9 moddalarida davlat nazorati o’rganlarining standartlarning majburiy talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati amalga oshirishdagi hamda davlat inspektorlari, ularning huquqlari va javobgarliklari to’g’risida malumotlar keltirilgan.
Standartlashtirish to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik tafsilotlari 3-bo’lim 10-moddada berilgan bo’lib Ushbu qonun qoidani buzganlikdagi yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek davlat boshqaruv organlarining mansabdor shaxslari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishi aytib o’tilgan.
Texnalogik hujjatlar haqida malumotlar.Davlat standartlashtirish tizimi mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan meyoriy texnik hujjatlar(MTH) ishlab chiqarish,kelishish, tasdiqlash va davlat tomonidan qayd etish xamda ularga o’zgartirishlar keltirishni tartibini belgilaydi. Standartlar,Vazirliklar , Boshqarmalar,Assotsiatsiyalar hamda Davlat korporativ, qo’shma va boshqa korxonalar miqyosida mahsulot ishlab chiqarish sharti ularning sifatini tekshirish tartiblariga to’la amal qilishni talab etiladi.
Men hujjatlar bo’limi bilan tanishkanimdan keyin.“BARKAS KEGYLI” korxona jihozlar bilan tanishishni boshladim.Unda tashkilotga kirganimdan keyin xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishni talab qilishdi ya’ni oqa xalat kiyib yurish, vaqtida tashkilotga kelish,xar bir reaktivlar bilash ishlashda niqoblar berishdi taqish uchun,perchatkalar xam.Ish joyi doimo ozoda bo’lishi shart ekan.Xona yorug’ bo’lishi ,Xavo aylanishi uchun oyna ochiq turishi . Labaratoriyada ish qilgandan keyin xonani shamolatish,idishlarni ishlatkanimdan keyin yuvib,xlorli suvda chayish,keyin esa mahsus idishlarni wuritish uchun mo’ljallangan sushilka shikafiga qo’yish talab etilar ekan.Kompyuterda ishlaganimdan keyin albatta uni o’chirib qo’yishim kerar ekan,Maxsulotlarni tekshirilgandan keyin yani ular suyuq bo’lsa achimasligi uchun mahsus sovitgichlarga solib qo’yishim kerak ekan.Reaktivlar bilan ishlaganda yaqin kelmaslik malum masofada turish talab etilar ekan.
Reaktivlarni suyuqlarini alohida joylab mahsus temir shkaf bor ekan, shunga joyladik. Maxsus idishlarda xammasining ustida nomi yozilgan bo’lishi shart ekan.Reaktivlarni ishlatgandan keyin qopqog’ini mahkam yopish kerark ekan.
Labaratoriya xodimlari adashmasliklari uchun reaktivlar alfavit bo’yicha turishi kerak ekan.
Sinov Labaratoriyasi ish jarayonida turli xil xar bir o’ziq ovqat va kosmetika maxsulotlarini o’lchash uchun jihozlar bor ekan. Meni hayratga solgan va qiziqtirgani kosmetika maxsulotlarini tekshirish jihozlari bo’ldi.Birinchi Sinov labaratoriyasiga kirganimda idish quritadigan sushilka jihoziga ko’zim tushdi,keyin reaktivlar joylanadigan temir shkaf,Mikrosko’p, Isitgichlar turli xildagi eng so’ngi rusumdagilari,Maxsus namlikni o’lchaydigan SIXROMETR asbobi va MUFELNAYA PECH Zallari aniqlaydigan(suv hammomi) unda qaynatiladigan narsalarni qaynatish,namligini o’lchash,bug’latadiganlarni bug’latish ishlari amalga oshirish talab etiladi. Analitik taroz bunda massalar o’lchami ko’rib chiqildi. Shular bor ekan. Yana bir labaratoriya xonasi bor ekan ya’ni kosmetika xonasi bunda kosmetika maxsulotlari ya’ni pardoz andoz buyumlari,lak, soch bo’yoqlari umuman barcha turdagi kosmetika mahsulotlarini o’lchaydigan bir biridan qiziq asboblar bor ekan. Ishlash juda maroqli kechdi.
Sertifikatlashtirish bo’yicha Iso tarkibidagi qo’mita tomonidan tayyorlangan hujjatda uchinchi tomon tarafidan amalga oshirilgan sertifikatlashtirishning 9-sxemasi berikgan bo’lib, Respublikamizda ham aynan shu 9ta sxema tatbiq etilgan. 1-6 va 9a va 10a sxemalar seriyali ishlab chiqariladigan sertifikatlashtirishda qo’llaniladi.
7,8,9 sxemalar ishlab chiqaradigan buyumlar partiyasini yoki yagona nusxasini sertifikatlashtirishda qo’llaniladi.1a-10a sxemalar 1-10 sxemalari o’rniga qo’llaniladi,Agar sertifikatlovchi o’rgan idorada tayorlovchining mahsulot xarakteristikasi barqarorligini taminlash imkoniyati to’g’risida axborot bo’lmasa.
4.1Metrologik nazorat natijalari 3-sxema bo’yicha etirof etish import qilinayotgan o’lchov vositalari, sinov vositalarini, standart namunalarni o’chovlarni bajarish metodikalari O’zbekiston Respublikasida metrologik nazoratdan o’tkazish imkoniyati bo’lmagan boshqa xolatlarda amalga oshiriladi.
GOSTnima va metodikalari xaqida malumotlar
GOST – Davlat umumittifoq standarti
-Sovet ittifoqida qabul qilingan standartlarning asosiy tizmi, ushbu tizim xar qanday minimal qiymatga ega bo’lgan xamma narsani standartlashtirildi. Xozirgi kunda esa GOST MDH mamlakatlarining standartlashtirish,metrologiya sertifikatlashtirish sohasidagi bitimiga hamda vazirlar mahkamasining „O’zbekiston Respublikasida standartlashtirish bo’yicha ishlarni tashkil etish to’g’risidagi 1992-yil 2-martdagi 93-sonli qaroriga muvofiq sobiq ittifoqning davlat standarti GOST MDHning davlatlararo standartlari sifatida amalda qo’llanilmoqda.
GOST va barcha kategoriyadagi standartlar mazuniga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi: tekshirish uslublari,qabul qilish, markirovkalash, saqlash va boshqalar
Standartlashtirish ilmiy-texnik faoliyat bo’lib,potensial mavjud masalalarga nisbatan umumiy yoki ko’p marta qo’llash uchun ishlab chiqariladi. O’zbekiston Respublikasi standarti O’zbekiston Davlat standartlashtirish tashkiloti tomonidan tasdiqlangan hujjat hisoblanadi.
Texnik shartlar GOST 2.114 va O’z RST 1.2 da belgilangan tartibda ishlab chiqariladi, kelishiladi va tasdiqlanadi va ro’yhatdan o’tkaziladi. Mahsulot standartlari va texnik shartlarni ishlab chiqish yangi mahsulotni yaratish bo’yicha ishlarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Standartlarning tuzilishi,bayon etilishi, rasmiylashtirilishi mazmuniga ko’ra , umumiy talablarga, texnik shartlar esa GOST 2.114 “Konstruktorlik hujjatlarining umumiy tuzilishi” texnik shartlar tuzilishi, ifodalanishi va rasmiylashtirilishi qoidalariga to’g’ri kelishi kerar ekan.
GOST 2.114 Konstruktorlik hujjatlarining umumiy tuzimi bo’yicha barcha standartlarda quyidagi bandlar bo’lishi talab etilar ekan
1 Qo’llash sohasi
2 Me’yoriy hujjatlardagi ilova
3 Texnik shartlar loyihasini ishlab chiqarish tartibi.
4 Texnik shartlaf loyihasi belgilangan tegishli tashkilotlar bilan kelishish
5 Texnik shartlar loyihasini belgilangan tartibda tasdiqlash
6 Texnik shartlar majmuyini davlat tomonidan qayd etish tartibi.
Gostlar masalan aosiy xom ashyoniki
Bug’doy uni (GOST 26574-85 va GOST 9404-88)
Javdar uni (GOST 16991-71)
Arpa solodi(GOST 29294-92)
Ichimlik suvi( GOST 2874-82)
Achitqi(GOST 171-81)
Kraxmal( GOST 7697-82, GOST 7699-78 va boshqalardir. Xar bir mahsulotning GOST raqami bo’ladi bu uning sifat darajasi yuqoriligini bildiradi.)
Masalan yordamchi materiallarning GOSTlari
Karbomid (40% GOST 2081-92)
Ammiakli suv(GOST 3760-92)
Sulfat kislotasi( GOST 42-4-77)
Xlorid kislota (GOST 3118-77)
Yod (GOST 4159-79)
Yana boshqa mahsulotlarning GOSTI shu kabi bo’lar ekan.
Sinov labaratoriyasida analiz qilish .Bunda xar bir keltirilgan xomashyo yarimfabrikatlar va tayyor mahsulotlarning sifati ,texnalogik jarayonlarni to’g’ri olib borilayotganligi va retsepturaga rioya qilinayotganligi ustidan nazkratni sanitariya texnologik oziq ovqat labaratoriyalari amalga oshirib boriladi. Sinov labaratoriyalarida quyidagi tahlilar o’tkaziladi
1 Masalliqlar,xomashyo, yarimfabrikatlar va tayyor mahsulotlarning sifati yaxshiligini, tozaligini tekshirish.
2 Yarimfabrikatlarning DS va RTShga to’ri kelish yoki kelmasligini tekshirish
3Maxsus tekshirishlar , frityur yog’ sifati, laktoza miqdori va boshqalarni aniqlash
4 Qandolatchilik mahsulotlarini tekshirish.
Xomashyo va yarimfabrikatlarni tekshirish ishlari ikki xil usulda amalga oshiriladi : orgonoleptik va labaratoriya usulida.
Tahlil natijalari jurnalga kiritiladi va mahsus blankaga yozib qo’yiladi. Tahlillarning qancha vaqt oralab o’tkazilishi texnologik yo’l yo’riqlarda va labaratoriyani maxsus grafiklarida belgilab qo’yilgan.
Maxsulot sifati yaxshiligini va texnologik jarayoni tog’ri tashkil etilganligini tog’risidagi orgonoleptik ko’rsatkichlar (mahsulot mazasi,tami,xidi,rangi,tashqi ko’rinishi)qarab fikr yuritsa bo’ladi. Bu usul judayam samarali usul hisoblanadi Chunki mahsulotning tami katta axamiyatga ega. Alohida shartlar xam borki ular orgonolektik shu shartlari bo’yicha tog’ri kelishi kerak. Lekin mahsulot shu shartlarga to’gri kelsayu mazzasi yomon bo’lsa mahsulot brakga chiqadi.
Mahsulotning sifatiga xar tomonlama baho berishda orgonoleptik usulning o’zi yetarli emas, chunki bu usul xom ashyo qanchalik to’liq solinganligini ,mahsulotlarda zararli moddalar bor yo’qligini boshqalarni aniqlashga imkon bermas ekan.
Labaratoriya tekshirishlari esa ancha tiniq vs tog’ri malumot berar ekan.
Labaratoriyada fizik-kimyoviy tekshirishlar natijasida xom ashyoni solish meyorlariga amal qilingan xolatda bo’ladi.
Masalan qandolatchilikda ishlatiladigan bug’doyning namligi,hidi,rangi,mazasi va undagi yod moddalarining metal aralashmalarining bor yo’qligi klevkovinasi
Miqdori va sifati tekshiriladi.Yog’larning namligi mazasi hidi, kakao moyi va kokos moyida esa suyuqlanish harorati ham aniqlanar ekan
Tuxum va tuxum mahsulotlarining mazasi,namligi ,xidi,rangi melanj va tuxum sarigi uning kukunida esa kislotalarning miqdori aniqlanar ekan.
Tuxumlarni tekshirishda uning toifalarini aniqlash uchun bitta tuxumning o’rtacha og’irligi aniqlanar ekan.
Shakar upasining bechog’lik yirik tortilganligi ularda yod metal aralashmalari aniqlanar ekan.
Mahsulotlarga solinadigan mevali masaliqlar,povidilo, sukatlarga orgonoleptik baho berish bilan birga, ularning namligi va tarkibidagi qand miqdorini aniqlanar ekan
Tayyor qandolatchilik mahsulotlarini labaratoriyada tekshirish.
Masalan pirojnoye va to’rtlar orgonoleptik ko’rsatkichlari, og’irligi va namligi jihatidan nazorat qilinadi. Tarkibiy qismlarini ajratib olish oson bo’lib mahsulotlarda bazar ularning shu qismlari aniqlanadi . Buning uchun o’rtacha namligini tarozida tortib, uning tarkibiy qismlari ajratib olinadi va tortib ko’riladi. Og’irligidagi farqqa qarab namuna tarkibiy qismlarining foizlar hisobida ifodalaniladigon ogirligi topiladi. Qandolatchilik mahsulotlarini sifatini orgonoleptik ko’rsatkichlariga qarab aniqlashda uning tashqi ko’rinishi hidi,tami etiborga olinadi.
Mahsulotni uzunasiga ( uzunasiga va ko’ndalangiga) kesib, kesimning ko’rinishi aniqlanadi. Mahsulotning mazasi uni butunligicha ,keyin esa asosi ,kremi yoki pamadasiga alohida tatib ko’rilib aniqlanar ekan.
Bir dona mahsulotning og’irligi shu turdagi mahsulotning kamida 50 donasini
Tarozida tortib ko’rib og’irligi belgilanadigan miqdordan qancha farq qilishini qayd qilib borish yo’li bilan aniqlanadi.
Quyidagicha farqlar qo’yilishiga yo’l qo’yiladi
Pirojneylar uchun 5g,
Og’irligi 500g gacha bo’lgan to’rtlar
Kekslar uchun 5%.
Ogirligi 800 gacha bo’lganlar uchun 3%.
Tayyor mahsulotlarning namligi xuddi un namligi aniqlashdagi usul bilan aniqlanadi.
Va olingan natija maskur mahsulotlar uchun
Belgilangan namlik meyorlariga solishtirib ko’riladi.
Bunda ko’pi bilan 3% tafovut qo’yilishiga ruxsat beriladi.
Xulosa qilib aytadigon bo’lsam bitiruv oldi amaliyotida juda ko’p malumotlarga ega bo’ldim.Amaliyotim qiziqarli mazmunli bo’ldi Soxamiz qiziqarli ekan
Хулоса
Дунё бозорида рақобат кучли бўлган бир пайтда Ўзбекистонда ишлаб чиқарилган турли хилдаги саноат ва қишлоқ хўжалик маҳсулотлари ташқи бозорда ўз ўрнини топиб, жаҳоннинг кўплаб мамлакатларига экспорт қилинмоқда. Меъёрлаштириш ва мувофиқликни баҳолаш аслида маҳсулот ишлаб чиқаришни лойиҳалашдан тортиб, истеъмолчига етказиб беришгача бўлган барча жараёнда муҳим аҳамиятга эга. Мамлакатлар ўртасида савдо ва иқтисодий муносабатларни ривожлантириш, халқаро савдодаги тўсиқларни бартараф этиш мақсадида 1947 йилда йирик халқаро ташкилот – Бутун жаҳон савдо ташкилоти ташкил этилган бўлиб, бугунги кунда унда дунёнинг 170 дан ортиқ мамлакатлари турли шаклларда иштирок этади. Дунё товар айланмасининг 90 фоизидан ортиғи мазкур халқаро ташкилотга аъзо давлатларнинг ҳиссасига тўғри келади. Бутун жаҳон савдо ташкилоти томонидан ишлаб чиқарилган таърифлар ва савдо бўйича Бош келишув 1947 йилдан буён амал қилиб келмоқда. Ўтган асрнинг 70 йилларида кўп томонлама ўтказилган музокаралар натижасида ушбу келишувга бир қатор қўшимча келишувлар, жумладан, савдодаги техник тўсиқлар бўйича қўшимча келишув имзоланган. Мазкур келишувга асосан, уч гуруҳдаги талаблар, хусусан, меъёрлаштириш ва мувофиқликни баҳолашда янги, глобал ёндашув тамойилларига асос солинди.
Foydalanilanilgan adabiyotlar
Toru Yoshizav, Handbook of opticalmetrologiya 2008
КлевлеевВ. М. Метрология стандартизации и управления качеством 2004
Ziyo.uz
Nashriyot.uz
Tkti.uz
K. H. Siddiqov 2018
Dostları ilə paylaş: |