Reja: Naflilik tushunchasi Yalpi naflilik va keyingi naflilik tushunchalari Me’yoriy naflilik va uning pasayib borishi



Yüklə 33,35 Kb.
səhifə3/3
tarix07.01.2024
ölçüsü33,35 Kb.
#204467
1   2   3
Naflilik nazariyasi va uning amaliyotdagi o‘rni

Uchinchi taxmin;
Shundan iboratki bunda Tovar baxosini xisobga olmay barcha tovarlar yaxshi, ularni xarid qilsa buladi deb aytish mumkin. Iste`molchilar xar doim kam miqdoridan kup bulgan miqdorda bulgan tovari afzal kuradi. Biz bunda atrof muxitga zarar etkazuvchi tovarlarga axamiyat bermaymiz, chunki xaridorlar bunday tovarlardan imkoniyat boricha yuz o’giradi.
Me’yoriy naflilik va uning pasayib borishi.
Befarqlik egri chizig’i byudjet chizig’i (byudjet cheklanganligi) hamdir. Chunki aynan ana shu chiziq ma’lum miqdordagi pul, daromad hajmi miqdoridagi tanlovni ko’rsatayapti. Bu egri chiziqni me’yoriy naflilik nuqtai nazaridan qarasak, muhim kategoriya iste’molchining yutug’i” ni ko’r-satib beradi. Bu kategoriyaning mazmuni quyidagicha tushuntirish mumkin. Iste’molchi har bir tovarni uning naf keltirishiga qarab baholaydi. Me’yoriy naflilik esa pasayib boradi. Shu nuqtai nazardan grafik bo’yicha fikrimizni ifodalasak, quyidagicha ko’rinishda bo’ladi.
Bir dona tovar uchun 60 ming to’lash mumkin 2 tovar uchun 40 mingdan to’lashi mumkin. Bozor bahosi 40 mingdan individual bahosi esa 60+40=100 ming so’m. Lekin u 40+40=80ga sotib oladi. 3 tovarni esa 20 ming so’mga baholaydi. Bu uchinchi tovarning me’yoriy nafliligi bozor bahosini belgilaysi, ya’ni 20+20+20=60 ming so’m. Agarda individual tarzda hisoblanganda 60+40+20=120 ming so’mga teng bo’lardi. Aynan biz bozorda sotuvchi bilan savdolashar ekanmiz tovarning me’yoriy nafliligi jihatidan yondashib 1000 so’m deb turgan tovarini 2 ta olaman, 900 dan bering, 3 ta olaman 800 dan Bering deymiz.
Grafikda bu shtrixlangan maydon bo’lib, yuqorisidan talab egri chizig’i, quyidan baho chizig’i bilan chegaralangan. Narx qancha past, iste’molchining yutug’i shuncha ko’p bo’ladi.

Misolimiz bo’yicha ikkita tovar olganda (60+40) – (40+40) 100-80=20 ming so’m, uchta tovar olganda (60+40+20)-(20+20+20) =120-60=60 ming so’m. Iste’molchining yutug’i kontseptsiyasi neoklassik maktab tomonidan soliqqa tortish, monopolistik narxni shakllanishi muammolarini tadqiq etishda keng foydalaniladi. Me’yoriy naflilik nazariyasi bilan iste’molchining tanlovi nazariyasi iqtisodiy sub’ekt bozorda o’zini qanday tutadi, qanday tanlaydi, hamda talab va uning miqdorini o’zgarishini bozor muvozanatiga qanday ta’sir o’tkazishini aniq tahlil qilishiga yordam hamda imkon beradi. Iste’molchilarning tanlovi ularning byudjet daromadlari va vaqtlari Bilan chegaralangan. Tanlovga ularning nimani afzal ko’rishlari, ratsional ish tutishlari tasir ko’rsatadi. Iste’molchi doimo o’zi olayotgan ne’matlar to’plami nafliligi eng yuqori bo’lishini hohlaydi. Bu maqsadga qanday erishish mumkin? Iqtisodchilarning tadqiqotlari shuni ko’rsatadi-ki, naflilik egri chizig’ining byudjet chizig’iga urinib o’tgan nuqtasida erishilar ekan. Uni grafikda tasvirlasak, quyidagicha ko’rinishda bo’ladi. E nuqtasi nafliligi yuqori, lekin u byudjet chizig’idan yuqorida. Birinchi chiziqda esa tovarlar to’plami nafliligi past, sababi u byudjet chizig’ini kesib o’tadi, befarqlik egri chizig’idan pastda joylashgan E-nuqta optimal tanlov yoki muvozanat nuqtasi deb ataladi. Daromadni o’sishi yoki pasayishi muvozanatni yuqoriga yoki pastga siljishiga olib keladi. Befarqlik egri chizig’i bilan byudjet chizig’ini birlashtirib, J. Xiks “ daromad – iste’mol “ deb atagan egri chiziqni oladi. Amerika adabiyotlarida esa u turmush darajasi egri chizig’i deb ataladi. Bu chiziq turlicha joylashishi mumkin. Agarda bu egri chiziq koordinata boshiga nisbatan 45 da joylashgan bo’lsa, bu daromad o’sishi bilan iste’molchi A va V mahsulotni iste’molini bir hilda ko’payishini bildiradi. Agarda ularning nisbati o’zgarsa, u holda W egri chizig’ini joylashishi ham o’zgaradi. Uni quyidagi rasmda ko’rish mumkin. Birinchisida nisbatlar teng o’ssa, ikkinchisida avvalgi V ne’mat iste’moli tez o’sgan, keyinroq pasaygan. Shunday qilib, turmush darajasini daromadning o’zgarishi iste’molga va uning tarkibiga qanday ta’sir qilishini tahlil qilib, zarur xulosa chiqariladi, tavsiyalar ishlab chiqiladi. Hayotda umumiy naflilikdan ham ko’ra me’yoriy naflilikka ko’proq e’tibor beramiz. Sarflangan pulimizga to’g’ri keladigan umumiy nafliliknigina emas, har birini alohida keltiradigan nafliligini ham hisobga olamiz. Tejamkor xaridor naflilikni maksimallashtirish printsipi asosida xarajat qilar ekan, turli tovarlar miqdorini tanlar ekan, oxirgi summa qanday tovar olishidan qat’i nazar bir xilda me’yoriy naf keltirish darajasiga qadar tanlaydi. Naflilikni maksimallashtirish printsipi asosan pul ko’p bo’lib, tanlash imkoniyati mavjud bo’lganda ko’proq namoyon bo’ladi. Agar pul miqdori cheklangan bo’lsa, aytaylik 300 so’mgacha, bu printsip ham cheklanadi, sababi u pirojniy va muzqaymoq olishi kerak bo’lsa, faqat bittadan sotib olishi mumkin. Agar pul 3000 so’mgacha ko’paysa, demak tanlash imkoniyati ham ko’payadi. Xaridor o’z pulini ratsional sarflash uchun turli ne’matlar ichidan shunday tanlashi kerakki, har bir olayotgan tovarining naflilik darajasi sarflangan pul miqdoriga eng yuqori bo’lishi kerak. Kundalik hayotda xaridor aynan shunday qiladi. U eng avvalo, eng kerakli tovarlarni sotib oladi. Arzon tovarni kamroq naf keltirsa ham ko’proq sotib oladi, qimmatbaho tovar yuqori iste’mol samarasi bilan kamroq sotib olinadi. Oxir-oqibat bir birligiga (1 so’mga) to’g’ri keladigan samarasi bir-biriga yaqin bo’ladi. Daromad ko’p bo’lsa tanlanadigan tovarlar turi ham ko’payadi.
http://fayllar.org
Yüklə 33,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin