Savol va topshiriqlar: So‘z birikmasini qanday so‘zlar tashkil etadi?
Gapni so‘z birikmalariga ajratish usullari bilan tanishtiring.
So‘z birikmasi ustida qanday ishlar olib boriladi? (so‘z birikmasi ma’nosini tushuntirish, o‘quv faoliyati jarayoni bilan bog‘liq holda uchragan yangi so‘z bilan so‘z birikmasi tuzish: masalan, so‘z turkumlarini o‘rganish bilan bog‘liq holda so‘z birikmasi tuzdirish).
So‘z birikmasi va gap ustida ishlashning amaliy ahamiyatini tarmoqlash usulida yoriting.
Kichik guruhlarda ishlash. 3 ta kichik guruhlar tashkil etiladi.
1-guruh uchun topshiriq: 2-sinfda so‘z birikmasi ustidagi ishlarni amaliy yoritib bering.
2-guruh uchun topshiriq: 3-sinfda so‘z birikmasi ustidagi ishlarni amaliy yoritib bering.
3-guruh uchun topshiriq: 4-sinfda so‘z birikmasi ustidagi ishlarni amaliy yoritib bering.
Har bir guruhning chiqishlarini baholash.
Har bir guruhning faoliyatini talabalarning o‘zlari muhokama qiladi va baholaydi. Amaliy mashg‘ulot yuzasidan talabalarning fikr-mulohazalarini eshitish va darsni yakunlash.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar: 1. O‘zbеkiston Rеspublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risidagi Qonuni. Toshkеnt, O‘zbеkiston, 1997 yil.
2. Qosimova K., Matchonov S., G‘ulomova X., Yo‘ldoshеva Sh., Sariyеv Sh., “Ona tili o‘qitish mеtodikasi”, T., 2009.
3.Azimova I., Mavlonova K., va boshqalar “Ona tili va o‘qish savodxonligi” 1-sinf uchun darslik. T.: Respublika ta’lim markazi, 2021.-104 b.
4. Azimova I., Mavlonova K., va boshqalar “Ona tili va o‘qish savodxonligi” 2-sinf uchun darslik. T.: Respublika ta’lim markazi, 2021.-120 b.
5. Azimova I., Mavlonova K., va boshqalar “Ona tili va o‘qish savodxonligi” 3-sinf uchun darslik. T.: Respublika ta’lim markazi, 2022.-144 b.