Mavzu Tovar-pul munosabatlari rivojlanishi bozor iqtisodiyoti s
Mehnatning ikki yoqlama xarakteridan kelib chiquvchi tovarning ikki xil xususiyati. Ikkinchi tomondan, mehnat – aniq shakldan qat’iy nazar, umuman sarflangan inson ishchi kuchidir, jami ijtimoiy mehnatning bir qismidir. U o’zining shu sifatida abstrakt mehnat deb ataladi. Bu mehnat esa tovar qiymatini yaratadi. Umuman mehnat va ijtimoiy mehnat jamiyat taraqqiyotining hamma bosqichlarida mavjud bo’lgan. Ibtidoiy jamiyatda ham, ‘atriarxal xo’jalikda ham odamlar kuchlarini sarflab, biron-bir tarzda bir-birlari uchun mehnat qilganlar. Biroq bunda qiymat vujudga kelmagan, mahsulot esa tovar shaklini olmagan. Demak, qiymatda oddiy ijtimoiy mehnat emas, balki alohida tarixiy sharoitdagi ijtimoiy mehnat mujassamlanadi.
Xo’sh, uning o’ziga xos xususiyati nimada? Bu xususiyat shundaki, tovar ishlab chiqarish sharoitida mehnatning ijtimoiy tavsifi yashiringan bo’ladi. Mehnat faqat ayirboshlash sohasida, ya’ni o’zi amalga oshib bo’lganidan keyin ijtimoiy xususiyatni namoyon etadi. Qiymat yaratuvchi abstrakt mehnat – mehnatning faqat tovar ishlab chiqarishiga xos bo’lgan va alohidalashgan tovar ishlab chiqaruvchilar munosabatini ifodalaydigan o’ziga xos ijtimoiy shakldir.