Reja: Neft va gaz uyumlarining energetik tavsifi



Yüklə 235,68 Kb.
səhifə5/7
tarix23.12.2022
ölçüsü235,68 Kb.
#77556
1   2   3   4   5   6   7
Reja Neft va gaz uyumlarining energetik tavsifi

Gaz bosimi tarzi. Gaz shapkali uyumlarda neftni quduqlar tubiga harakatlantiruvchi asosiy energiya manbaasi gaz shapkasidagi gazning bosimi hamda neftda erigan gazning qayishqoqligi hisoblanadi. Bu uyumlarda bundan tashqari chekka va ostki suvlarning ahamiyatli faolligi bo’lishi mumkin.
Gaz bosimi tarzida ishlatishning boshlang’ich bosqichida neft olish ahamiyatsiz kamayadi. Bu ko’p neft olinganda uyumning neftli qismida qatlam bosimini pasayishi, natijada gaz shapkasidagi gazning kengayishi xisobiga bosimning yuzaga kelib neftni gaz bilan porshenli siqib chiqarilishi bilan bog’liq. Bunday xolda uyumda GNCh ni tobora pasayishi kuzatiladi. Vaqt o’tishi bilan gaz shapkasida ham bosim tobora pasaya boshlaydi va neft debitini kamayishiga olib keladi. Shunday qilib gaz bosimi tarzida qatlam bosimining o’zgarishi jami neft olishga bog’liq bo’ladi.
Neft qazib olingan sari qatlam bosimi tobora pasayib boradi va uyumning neftli qismida qatlam bosimining ahamiyatli pasayishiga olib keladi. Bu neftda erigan gazning erkin xolatda ajralishi va uni gaz shapkasida to’planishiga imkon yaratadi. Neftdan gazning ajralishi uning qovushqoqligini oshiradi va neft debitiga hamda neft beruvchanlikka salbiy ta’sir ko’rsatadi. Qatlam bosimining yanada pasayishi gaz omilini o’sishiga olib keladi.
Uyumning neftli qismida qatlam bosimining ahamiyatli pasayishi chekka va ostki suvlarini harakatlanishi va uyumga kirishiga imkon yaratadi. Bu uz navbatida SNCh ni uyumning gumbaz qismiga tomon siljishiga olib keladi. Qatlam bosimini uyumning gazli qismida pasayishi va ko’p miqdorda gaz olish GNCh ni yuqoriga siljishi va neftni quruq kollektorga kirishiga sabab bo’ladi. U yerdan neftni olish imkoni bo’lmaydi. Tabiiyki bu jarayon neftberuvchanlikni pasayishiga olib keladi. Bunday holatlarda gaz shapkasidan gaz olish maqsadga muvofiq emas.
Gaz bosimi tarzida oxirgi neftberuvchanlik koeffitsienti 0,5-0,7 ni tashkil etadi ( 2a rasm).
Erigan gaz tarzi. Neftni qazib chiqarish quduqlari tubiga harakatlantiruvchi asosiy energiya manbaasi neftda erigan gazning qayishqoqligi xisoblanadi. Bu tarz odatda uyumning neftli qismi bilan kontur orti qismining gidrodinamik aloqasi yaxshi bo’lmagan uyumlarda yuzaga keladi.
Erigan gaz tarzi qatlam bosimi to’yinganlik bosimidan pasayganda kuzatiladi. Uyumda neftda erigan gazlar undan ajralib erkin xoldagi pufakchalarni hosil qiladi. Bu vaqtda ular neftgaz eritmasi (aralashmasi) hosil qilib yuqori darajadagi qayishqoqlik beradi, neftni qovushqoqligini pasayishiga imkon yaratadi va aralashmaning harakatlanishini yingillashtiradi. Ishlatishning bu davri qatlam bosimining doimiy ravishda pasayishi, gaz omilining nisbatan doimiyligi va joriy qazib chiqarishni maksimumgacha o’sishi bilan xarakterlanadi.
Gaz pufakchalarining miqdori oshib va neftga nisbatan harakatchanlikka ega bo’lib quduqlar tubiga neftdan avval yitib keladi. Bu davrda gaz omili birdaniga o’sadi va neft uchun fazoviy o’tkazuvchanlik kamayadi. Shu vaqtda neft o’zida erigan gazning asosiy qismini yo’qotib qovushqoq bo’lib qoladi va harakatchanligi kamayadi. Shuning uchun qatlam bosimining pasayib borishiga qaramasdan joriy neft olish minimumgacha kamayadi.
Neftda erigan gazning miqdori chegaralanganligi sababli uning energiyasi pasayadi, neftdan gazning ajralishi to’xtaydi. Gaz omili minimumgacha kamayadi. Erigan gaz tarzida qatlam bosimining pasayishi jami neft va gaz olishga bog’liq. (2b Rasm).
Yuqorida bayon qilinganlar erigan gaz tarzining kam samaraligidan dalolat beradi. Neft olish koeffitsienti sharoitga bog’liq holda 0,1-0,3 oraliqda o’zgaradi.


Yüklə 235,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin