Mavzu : Nerv sistemasining umumiy tuzilishi.
Reja:
1.Nerv sistemasi.
2.Nerv sistemasi refleks yoʻli.
3.Nerv kasaliklari.
Nerv sistemasi — odam va hayvonlar organizmida barcha aʼzolar faoliyatini bir-biriga bogʻlagan holda hayotiy muhim funksiyalarni bajaradigan hamda organizmni tashqi muhit bilan bogʻlaydigan sistema. Hayvonlar organizmining evolyusiya jarayonida va organizmlar bilan tashqi muhit oʻrtasidagi murakkab munosabatlarning shakllanishida Nerv sistemasi hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Inson nerv sistemasi
Nerv sistemasi asosini nerv hujayralari tashkil qiladi. Har bir hujayra oʻzidan chiqqan kalta shoxchalar (dendrit), bitta uzun tola (akson) bilan birga neyron deb ataladi. Nerv sistemasi, asosan, neyronlar toʻplamidan iborat. Nerv sistemasi filogenez va ontogenezda gavdaning tashqi qavati — ektodermadan rivojlanadi. Organizmlarning tarixiy rivojlanish jarayonida Nerv sistemasining tuzilishi murakkablashib, nerv hujayralarining hajmi va turlari osha borgan, neyronlar strukturasi va ayrim nerv hujayralari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar, shu bilan birga Nerv sistemasining funksiyasi ham shakllangan. Nerv sistemasiga xos ikkinchi toʻqi-ma — neyrogliya paydo boʻlgan (u tayanch va trofik funksiyalarni bajaradi).
Nerv sistemasi ning rivojlanishi davrida markaziy nerv sistemasi va periferik nerv sistemasi vujudga keladi.
Nerv sistemasi shartli ravishda ikki qismga boʻlinadi. Ulardan biri organizmning odam ixtiyoriga boʻysinmaydigan aʼzolariga borib, ularni nerv bilan taʼminlaydigan vegetativ nerv sistemasidkr. Ikkinchi qism odam ixtiyoriga boʻysinib, skelet muskullariga va harakatda ishtirok etadigan ayrim aʼzolarga boradi.
Nerv sistemasi qoʻzgʻalish toʻlqini — impuls larni nerv tolalari orqali tez oʻtkazilishini taʼminlaydi. Nerv impulslari bir lahzada roʻy beradi va turli aʼzolardan miyaga yoki miyadan aʼzolarga boradi. Nerv sistemasi harakat funksiyasini, ovqat hazm qilish, nafas olish va boshqa sistemalar faoliyatini, kon aylanishini va boshqa jarayonlarni boshqaradi.
Nerv sistemasi tuzilmalari taʼsirotni sezadi, taʼsirotlar energiyasini nerv qoʻzgʻalishi energiyasiga aylantiradi, bu energiya nerv impulslari shaklida nerv tolalaridan oʻtadi. Nerv sistemasi murakkablashgan sayin va unda maxsus retseptor (sezuvchi) hujayralar ixtisoslashgan sayin Nerv sistemasi funksiyalari tobora turli-tuman boʻlib qolgan.
Nerv sistemasi refleks yoʻli bilan ishlaydi. Organizmda tashki va ichki muxit taʼsirotlarini sezadigan retseptorlar bor. Normal sharoitda organizmga tashqi muhit turli-tuman va doimiy taʼsir kursatishi tufayli retseptorlarda impuls lar vujudga keladi, bular afferent nerv tolalari orqali markaziy Nerv sistemasiga oʻtadi; oʻzgartirilgan impulslar esa markaziy Nerv sistemasidan efferent nerv tolalari orkali ishchi aʼzolar (muskullar, bezlar va h.k.)ga kelib, ularni ishga soladi yoki ishlash tezligini oʻzgarti-radi. Nerv sistemasining faoliyati qoʻzgʻalish va tormozlanish jarayonlariga asoslangan.
Butun organizm kabi Nerv sistemasida ham moddalar almashinib turadi. Bu biokimyoviy jarayon natijasida energiya hosil boʻladi. Nerv tolalari ishlaganda energiyani juda kam sarf qiladi, nervlarning amalda charchamay, barqaror ishlashiga sabab shu. Nerv hujayralarining tanalarida energiya nisbatan kuproq sarflanadi va moddalar tezroq almashinadi. Shuning uchun oziq moddalar va kislorod kamchiligi miyaning kulrang moddasiga kuchli taʼsir koʻrsa-tadi. Nerv sistemasining faoliyatida bir neyrondan ikkinchi neyronga yoki boshqa hujayraga impuls utishida fiziologik faol moddalar — mediatorlar muhim rol oʻynaydi.
Nerv sistemasining ishlashida biotoklar (bioelektr potensiallari) muhim ahamiyat kasb etadi. Ular qoʻzgʻalish jarayonining harakterli belgisi boʻlib, nerv impulslarining utishida katta ahamiyatga ega. Nerv sistemasi biotoklarini sezgir asboblar yordamida qayd qilish Nerv sistemasi fiziologiyasini oʻrganishda asosiy usullardan biridir, baʼzan odamdagi Nerv sistemasi kasalliklarini aniqlashda ham bu usul qoʻllanadi.
I. P. Pavlov nerv sistemasining tiplari (hayvonlar va odam oliy nerv faoliyatining individual xususiyatlari) haqidagi tushunchani fiziologiyaga kiritgan. Qoʻzgʻalish va tormozlanish jarayonlarining kuchi muvozanatlanganligi, harakatchanligi kabi 3 ta asosiy funksional xossani nazarda tu-tib, Nerv sistemasining odam va hayvonlar uchun umumiy boʻlgan quyidagi tiplari aniqlangan: 1)juda jonsarak tipda qoʻzgʻalish va tormozlanish jarayonlari kuchli, ammo muvozanatlashmagan (qoʻzgʻalish tormozlanishdan ustun) boʻladi; 2) juda serharakat tipda nerv jarayonlari juda kuchli, muvozanatlashgan va yaxshi harakatchan (tez almashinadigan) buladi; 3) juda yuvosh tipda nerv jarayonlari kuchli, muvozanatlashgan, lekin harakatchanligi kamroq (sekin almashinadigan) buladi; 4) nimjon tipda nerv jarayonlari sust, bosh miya poʻstlogʻidan nerv hujayralarining ish qrbi-liyati past boʻladi. I.P. Pavlov Nerv sistemasining tiplari bilan odamlarning 4 xil temperamenti (mizoj) oʻrtasida oʻxshashlik borligini anikdadi. Jonsaraktipxolerik temperamentga, serharakat tip sangvinik tem-peramentga, yuvosh tip flegmatik temperamentga, nimjon tip melanxolik temperamentga mos keladi.
Yuqorida aytilganidek, nerv sistemasi ikki qismdan, ya'ni periferik va markaziy qismdan iborat. Ulaming kasalliklari ham o'ziga xos xususiyatlarga ega.
Periferik nerv sistemasi kasalliklari. Ma'lumki, periferik nerv sistemasiga nerv tugunlari va nerv tolalari kiradi. Nerv tugunining kasalligi ganglion it, nerv tolasining kasalligi nevrit yoki nevralgiya deb ataladi.
Nerv tugunining kasalligi, ya'ni ganglionit shamollash, o'pkaning zotiljam kasalligi, turli xil yuqumli kasalliklar, ya'ni gripp, ichburug', ich terlama kabilarning asorati tufayli yuzaga keladi. Kasallangan nerv tuguniningjoylashuviga ko'ra, o'sha sohada va undan chiqadigan nerv tolasi ta'minlaydigan to'qima va a'zolar sohasida og'riq seziladi, mazkur a'zolarning ishi buziladi. Binobarin, bo'yinning yuqorigi nerv tuguni yallig'langanda bo'yin va bosh sohasidagi teri hamda muskullarda og'riq paydo bo'ladi. Bo'yinning pastki nerv tuguni yallig'langanda ko'krak qafasining yuqori qismi terisi, muskullar, qo'l terisi hamda muskullarida og'riq yuzaga keladi. Umurtqa pog'onasining ko'krak sohasida joylashgan nerv tugunlari yallig'langanda ko'krakning pastki qismidagi teri va muskullarda og'riq paydo bo'lishi bilan birga yurak ishi tezlashadi, unda og'riq seziladi, nafas olish tezlashadi hamda qiyinlashadi. Sezuvchi nerv tolalarining yallig'lanishi nevralgiya deb atala¬di. Bu shamollash, gri pp hamda boshqa yuqumli kasalliklarning asorati tufayli sodir bo'ladi. Kasallangan nerv tolasi sohasida og'riq yuzaga keladi. Masalan, uchlik nervi yallig'langanda yuz, ko'z sohasida, tishlarda kuchli og'riq seziladi.
Harakatlantiruvchi nerv tolasining yallig'lanishi nevrit deb ataladi. Uning sababi ham yuqoridagidek. Belgisi shundan iboratki; kasallangan nerv bilan ta'minlanuvchi tana muskullari falajlanib qoladi. Masalan, yuz nervi kasallanganda yuz muskuli falajlanishi tufayli yuzning bir tomoni pastga osilib, og'izning chekkasi tortilib qoladi.
Umurtqa pog'onasining bel-dumg'aza qismlaridan chiqadigan nerv tolalarining zararlanishi bel-dumg'aza radikuliti deb ataladi. Bu kasallik shamollash yoki og'ir yuk ko'targanda umurtqalar orasidagi nerv tolalarining qisilishi natijasida yuzaga keladi. Bel dumg'aza sohasida og'riq paydo bo'ladi. Odamning o'tirib-turishi, harakatlanishi qiyinlashadi. Ba'zida o'tirg'ich nervi ham zararlanadi va ishioraoikulit kasalligi sodir bo'ladi. Bunday vaqtda qaysi tomondagi o'tirg'ich nervi kasallangan bo'lsa, o'sha oyoqning harakati qiyinlashadi, oyoqning orqa sohasida qattiq og'riq seziladi.
Ma'lumki, tanadagi hamma muskul tolalari mayda nerv tolalari bilan tutashib, nerv-muskul harakat birligini hosil qiladi. Bu haqda «Tayanch-harakatlanish sistemasi» mavzusida batafsil tushuncha berilgan. Odam biror jismoniy mashq bajarib, terlab turgan vaqtida birdaniga kiyimini yechsa, nerv-muskul tolalari shamollashi tufayli nevrit - miozit kasalligi yuzaga kelishi mumkin. Qovurg'a-oraliq mayda muskullar bu kasallikka ayniqsa beriluvchan bo'ladi. Shamollash tufayli bir necha minutning o'zidayoq odamning ko'krak qafasida, kuragining atrofida sanchiq paydo bo'lib, harakatlanishi, bukilishi, chuqur nafas olishi, hatto
yo'talishi qiyinlashadi. Shuning uchun sportchilar mashq bajarib terlagan vaqtda tezgina issiq kiyimni yelkalariga tashlab olishadi. Yuqoridagi kasallik belgilari yuzaga kelishi bilanoq, odam asab kasalliklari shifokoriga murojaat qilishi kerak.
Markaziy nerv sistemasining kasalliklari.
Bosh va orqa miyani ustidan o'rab turgan pardalarning yallig'lanishi meningit deb ataladi. Bu kasallikni ko'pincha meningokok deb ataluvchi mikroblar qo'zg'atadi. Bundan tashqari, u gripp, o'rtaquloqning yiringli yalliqlanishi, o'pka sili va zotiljam kasalliklari tufayli ham
sodir bo'lishi mumkin. Bunda bemorning boshi og'riydi, tana harorati ko'tariladi, ko'ngli aynib, qayt qiladi. Qo'l-oyoqlari va bo'yin muskullarining tarangligi ortadi. Xastalik og'ir kechganda bemor hushini yo'qotishi va unda tirishish belgilari yuzaga kelishi mumkin. Bosh miya to'qimasining yallig'lanishi ensefalit deb ataladi. Bu yuqorida aytilgan meningit kasalligini o`z vaqtida davolamaslik tufayli yoki gripp, qizamiq, suvchechak, quloqning yiringli yallig'lanishi va boshqa xastaliklar oqibatida yuzaga kelishi mumkin. Bu xastalikda be morning tana harorati ko'tariladi, umumiy ahvoli og'irlashadi, qo'l-oyoqlari qaltiraydi, yuz muskullari pirpiraydi, vaqt-vaqti bilan titrash, hushni yo'qotish holatlari sodir bo'ladi. Bosh miyaning yallig'langan sohasidagi nerv markazlarining faoliyati buzilishi tufayli ular tomonidan boshqariladigan ishchi a'zolar ham falajlanib qoladi. Bunda muskullarningtarangligi ortib, bir tomondagi qo'l-oyoq tarashadek qotib,
harakatsizlanib qoladi. Yuz va qovoq muskullari falfijlanishi tufayli yuzning bir tomoni osilib, og'iz chakkasi tortilib, yuqorigi qovoqning osilib qolishi holatlari yuzaga keladi.
Dostları ilə paylaş: |