Reja. Nomerlashni o`rganish metodikasining umumiy masalalari-fayllar.org
II. Mashg'ulotlar metodikasi va mashg'ulotlarni tashkil qilish Olti yoshliklar bilan ishlashda asosiy talab darsda bolalarning faoliyatlarini, eng avvalo, aqliy faoliyatlari- ni maksimal darajada rivojlantirishdan iborat. Darsda bunday bolalarga etti yoshli bolalarga qaraganda ko'proq erkinlik berishga yo'l qo'yiladi. Undan tashqari bolalarning darsga bo'lgan qiziqishlarini orttirish uchun darsdagi ishni shunday tashkil qilish kerakki, unda har bir o'quvchi aktiv ishtirok etsin, darsda ko'proq o'quvchi chaqirilsin. Masalan, o'qituvchi sanoqni o'rgatishda Qodir, Sattor, Anvar, Oydin, Nodirani doskaga chaqiradi va o'tirgan bolalardan so'raydi: «Men nechta o'quvchini chaqirdim? tekshiramiz: Qodir, mening oldimga kel.. Sen birinchi bo'lasan, undan keyin Sattor turadi. Sen sanoqda nechan- chi bo'lasan?... hammamiz burilamiz. Kim birinchi bo'lib qoldi? Kim ikkinchi? va hokazo. Oxirgisi beshinchi bo'ldi, hammasi qancha bo'ldi? Beshinchi Qodir, O'tkir. Qancha qoldiq? Endi kim baland ekanini qaraymiz: Valimi yoki Sattormi, Ilhommi yoki Vohidmi, Nigorami yoki Lolami» va hokazo.
Darsda matematika mashg'ulotlariga qiziqish uyg'otu- vchi musobaqa elementlarini o'z ichiga olgan didaktik o'yinlarga ko'proq o'rin berish kerak. Bular boshlang'ich maktabda matematika o'qitish tajribasidan ma'lum bo'lgan didaktik o'yinlar («Jim», «Zinapoya», «Estafeta») bo'lishi mumkin, bu o'yinlarni o'ynashda sinfjamoasi odatda ikkita guruhga bo'linadi yoki ikki o'quvchi tomonidan o'ynala- di. Bunday o'yinlarni shunday tashkil qilish muhimki, bolalar ba'zan «o'qituvchi» rolida bo'lib qolishsin, ya'ni to'g'ri bajarilganlikni tekshiradigan bo'lishsin yoki o'zlari topshiriqlar berishsin (bolalar o'yin paytida rollari bilan almashinib tursin).
O'yinlarda «yutib chiqish» usulidan foydalanish muhimdir. Masalan, «Javobida 8 chiqadigan ikki sonni qo'shishga doir misol tuzing» ifodasi o'rniga bolalar topshiriqni qiziqish bilan qabul qilishlari uchun «D + P yozuvda qaysi kartochkalar aylantirib qo'yilganini toping» deyish mumkin. O'quvchilarni ko'proq faollashtirishga, butun e'tiborni safarbar qilishga ko'pchilik o'qituvchilar foydalanadigan usul - o'quvchilar sevadigan ertak qahramonlarini «jalb qilish» usuli katta ahamiyatga egadir. Masalan: « Yunoncha misollar yechayotgan edi, u bitta misolni yecha olmadi... U sizlardan yordam so'rab keldi. Unga yordam bering... Bilmasvoy har doimgidek hamma narsani chalkashtirib yubordi. U uchga ikkini qo'shib, 4 chiqardi. Uning xatosini tuzating» va shu singarilar.
Bolalar o'z mohiyatiga ko'ra qiziqarli bo'lgan maxsus tanlangan mantiqiy mashqlarni katta qiziqish bilan tahlil qila oladilar. Darslik (kursning har xil temalariga bag'ishlangan) sahifalarida ham shu mashqlarga bag'ishlangan maxsus ikki tutash ichki betlarda (razvorotlarda) bu xildagi bir qator mashqlar berilgan.
Mantiqiy mashqlar, o'yinlar, didaktik material bilan amaliy ishlar, bosma asosli daftar bilan amaliy ishlar darsda nisbatan katta o'rin olishi kerak, ammo bular bilan bir qatorda o'qitishning oddiy metodlaridan ham foydalaniladi, bu metodlar ham qaralayotgan holda ma'lum xususiyatga ega. Masalan, 6 yoshliklar bilan ishlashda uzoq tushuntirishlar bo'lmasligi kerak. Tushuntirish ko'pincha tayyorlovchi suhbat formasida olib boriladi. Kitob bilan ishlash, odatda, o'qituvchi rahbarligida o'tadi, ammo yil oxirigacha bolalarni kitob bo'yicha ba'zi topshiriqlarni mustaqil bajarishga o'rgatish kerak (misollarni uncha qiyin bo'lmagan kichik matnli masalalarni yechish).
Olti yoshli bolalar bilan mashg'ulotlarni tashkil qilishning muhim talablaridan biri shunday sharoit yaratishdan iboratki, bu sharoitda bolalar faoliyatlarining turi o'z vaqtida almashtirilishi va bajarilayotgan topshiriqlarning xilma-xil bo'lishi ta'minlanishi kerak (kuzatishlar, didaktik materiallar bilan amaliy ishlar, rasm solish, suhbatda qatnashish, daftarda mustaqil ish bajarish, kitob bilan ishlash, sinfning og'zaki frontal ishida qatnashish, darsning borishida o'yinli dam olish va shu singarilar).
Yangi materialni kiritishda darsni shunday tashkil qilish kerakki, unda ish doska oldida o'qituvchi yoki chaqirilgan o'quvchi tomonidan bajariladigan har xil namoyishlardan, har xil predmetlar bilan amaliy ishlar bajarishdan bosh- lanadi (masalan, bolalar navbat bilan doska oldiga chiqishadi, tokchada turgan o'yinchoqlardan olib juftlar hosil qilishadi), shundan keyin partada individual sanoq materiallari bilan ish bajariladi, bunda o'yinning borishida o'qituvchi yordamga muhtoj o'quvchilarga yordam beradi.
Bunday ish odatda kollektiv ravishda natijani tekshirish bilan tugaydi (masalan, kerak bo'lib qolganda topshiriqni bajarish usulini tushuntirish bilan).
Shundan keyin kitob bilan ishlash o'qituvchi rahbar- ligida boshlanadi, undan keyin esa boshqa sanoq materiallari bilan yana amaliy ishlar bajarishga o'tiladi (masalan, masalalar tuzish uchun ko'rsatmali rasmlardan foydalaniladi). Bundan keyin esa o'qituvchi doskada tushuntirgani bo'yicha daftarda mustaqil ish bajariladi.
Darsning borishida, o'qituvchining xohishiga qarab, bolalarda charchash alomatlari sezishi bilanoq, jismoniy tarbiya o'tkazish foydalidir, darsga bolalarning kayfiyatini ko'taruvchi, masalan, hazil masalalar, qiziqarli, yorqin, g'alati rasmlar, j advallar va shu singari qiziqarli elementlarni kiritish foydalidir. Shu xildagi ba'zi materiallar darslik sahifalarida berilgan.
Ta'limning o'quv, tarbiyaviy rivojlantirish vazifalarini hal qilishga mashg'ulotlarning butun sistemasi bilan, ya'ni kuzatishlar, har xil didaktik materiallardan foydalanib amaliy ishlar o'tkazish, darslik, bosma asosli daftar bilan ishlash va shu singarilar bilan erishiladi. Bunda asosiy qo'llanma darslik hisoblanadi. Darslik bilan ishlash darsda ozgina vaqtni olsada, ammo aynan shu kurs sistemasi- ning izchilligini aniqlaydi, programma talablarini ochadi va aniqlashtiradi, kursning har bir masalasi qaysi darajada qaralayotganini ular qanday ketma-ketlikda o'rganilishini ko'rsatadi.
Darslikni yaxshi bilish o'qituvchiga kursni rivojlantirish mantiqini (mazmunni, ishni rejalashtirishni, ba'zan esa uni tashkil qilishni, shu bosqichda foydalanilishi maqsadga muvofiq bo'lgan ko'rsatmalilik turlarini) tasavvur qila olishga yordam beradi.
Shu sababli darslik xususiyatlarini chuqur bilib olish kerak.