Reja. Nomerlashni o`rganish metodikasining umumiy masalalari-fayllar.org
III. Darslikning asosiy xususiyatlari 1. Darslik dastur bo'yicha tuzilgan (har bir sahifa bir dars). Har bir sahifada yangi darsda qaralishi kerak bo'lgan yangi materialgina berilgan bo'lmay, balki ilgari o'tilgan- larga asoslangan material ham berilgandir. Bunda dars- lik mualliflari o'z oldilariga har bir yangi masalani qarash uchun oldindan tayyorgarlik ko'rishni va sistemali ravishda ilgari berilgan biletlarni rivojlantirish, chuqurlashtirish va mustahkamlashni, shakllantirilayotgan bilim va malakalarni takomillashtirish hamda puxtalashni maqsad qilib qo'yishgan. Lekin darslikda har qaysi darsga mo'ljallangan umumiy o'quv vazifasi aniqlanmaydi, chunki darsda asosiy o'rinni namoyishlar, kuzatishlar, didaktik materiallar bilan birga bosma asosli daftarlarda o'tkaziladigan amaliy ishlar egallashi kerak. Bu ishlarning mazmuni darslikda aytiladi, ammo ularning soni va turini har bir darsga tayyorgarlik ko'rishda bolalarning tayyorgarliklari, sinfning ish sur'ati va shu singarilarni hisobga olgan holda o'qituvchi aniqlaydi.
Bunda «har bir sahifa bir dars» degan umumiy qoidadan chetga chiqishlar ham bo'ladi. Masalan, qo'sh sahifalar (kitob «razvorotlari») deyarli hamma vaqt rasm syujetlari bilan birlashtirilgan bo'ladi (masalan, «maktab», «o'yin xonasi», «o'yin maydonchasi», «uy», «ko'cha», va shu singarilar), ko'pincha bu sahifalardagi rasmlar berilgan o'quv materiali temasi bilan ham birlashtirilgan bo'ladi. O'qituvchi darslik tuzilishining bu xususiyatidan foydalanar ekan, sinfda u yoki bu materialni o'rganishga ikkita dars ajratish zarur emasligini, o'quvchilar bu masala bo'yicha yetarlicha orientir ola bilishlarini ko'ra olsa, ikki sahifa materialidan bir darsda foydalanishi mumkin. Yoki agar o'qituvchi kitobning biror-bir razvoroti bo'yicha (masalan, 6-7, 8-9, 16-17 betlar va hokazo) 2 ta dars o'tganidan keyin qaralayotgan materialda yana to'xtalish zaruratini ko'rsa, u osongina darslikning shu sahifalari materiallaridan foydalanib, yana 1 ta mustahkamlash darsini o'tkazishi mumkin. O'zaro bog'liq masalalar, savollar, topshiriqlarning darslik ilovasi sahifalariga joylashtirilishi ularni taqqoslashni osonlashtiradi.
2. Kitobning yangi material bilan tanishtirish va mustahkamlash sistemasini aniqlovchi ilovalardan tashqari, darslikka o'z matematik mazmuniga ko'ra qiziqarli yoki musobaqa, ba'zida esa didaktik o'yinlar o'tkazish imkonini beruvchi asosiy materialni o'z ichiga olgan 18 ta (36 sahifa) ilova - qo'sh sahifa kiritilgan.
Kitobga kiritilgan ilovalarning asosiy vazifasi o'tilganlarni mustahkamlashdan iborat. Ulardan har xil foydalanish mumkin: ba'zan mavzu (qism mavzu) bo'yicha mustahkamlash darslarida foydalanadi, ba'zan esa bu ilovalarning ayrim mashqlari o'tilayotgan istalgan darsga kiritilishi mumkin. Qaralayotgan muammolarning ba'zilarida berilgan qiziqarli mashqlar va o'yinlarning mazmunidan o'qituvchi namuna sifatida foydalanishi mumkin, ulardan foydalanib, o'qituvchi yil davomidagi darslarga mo'ljallangan shunday topshiriqlar va mashqlarni osongina tuzishi mumkin. Kitobning tarbiyalovchi ahamiyatini kuchaytiruvchi bu sahifalarining muhim xususiyati shun- daki, ularning ko'pchiligi umumxalq bayramlari-21- mart, Yangi yil, 8 Mart va shu singarilarga bag'ishlangan. Buni unutmaslik kerak va tegishli materialni o'z vaqtida, tegishli sanalarga bog'lab o'rganish kerak.
Qarab chiqilgan muammoli topshiriq o'quvchilarning yosh xususiyatlariga mos kelibgina qolmay, balki ular bilan ishlashni har xillashtirish bilan birga matematika mashg'ulotlariga qiziqish uyg'otadi. Shu bilan birga har qanday holda ham bu razvorotlarga ermak deb qaramaslik kerak, ular darslikning boshqa sahifalari kabi matematik mazmun bilan boyitilgan, o'quv vazifalariga moslashtirilgan.
Darslikning ilovalarida berilgan topshiriqlar, savollar, mantiqiy harakterdagi mashqlar materialidan bolalar bilan o'tkaziladigan darsdan tashqari ishlarda ham, ertaliklar tayyorlashda va hokazolarda ham foydalanish mumkin.
3. Kitobda butun o'quv materialini berish xususiyatlari olti yoshli bolalarning yosh xususiyatlari va ularning o'qitishga tayyorgarlik darajalarini hisobga olish zarurati kitobda butun o'quv materialini berish bilan tushuntiriladi. Uning sahifalariga matnli material ancha keyin kiritilgan, shu sababli kitobning deyarli butun mazmuni unda har xil rasmlar va matematik yozuvlar yordamida beriladi, bu yozuvlar bolalarning sonlar va amallar, tegishli raqamlar va ishoralar (belgilar) bilan tanishtirilishiga qarab sekin- asta kiritiladi va qiyinlashtirib boriladi.
Darslikda har xil rasmlar berilgan: o'yin xonasi, uy, maktab, oila, ko'cha, ko'cha harakati qoidalari va shu singarilar. Mazmunli rasmlar bo'yicha qisqa suhbatlar o'tkazish kerak, bunda matematikaga doir savollar harakterini o'ylab ko'rish maqsadga muvofiqdir. Bunday savollar darsni jonlantiradi, bolalarga o'z fikrlarini aytish, nimaning rasmi ishlanganini ko'rish imkonini beradi.
Ba'zan amaliy ish tashkil qilish uchun didaktik material tayyorlash zarur bo'ladi. Agar darslik rasmida biror ko'r- satma-qo'llanma (masalan, raqamli kartochkalar, chizg'ich va hokazo) tasvirlangan bo'lsa, darsga tayyorlanishda o'qituvchi shunday qo'llanmalardan foydalanishni nazarda tutishi kerak; agar katakli qog'ozda yozuv yoki rasm namu- nalari berilgan bo'lsa, daftarda shunga mos ish bajarishni o'ylab ko'rish zarur. Qo'sh rasmlar predmetlarni, rasmlarni taqqoslashga doir ishlar o'tkazish kerakligini bildiradi.
Har doim rasmni shu rasm bilan birga keladigan matematik yozuvga mos keltirish kerak, chunki bu yozuv rasmning vazifasini ochib ko'rsatadi. Buni darslikning bir sahifasi namunasida ko'rsatamiz. Bolalarni 7 soni 7 raqami bilan tanishtirishga bag'ishlangan 40- betda yuqoridagi mazmunli rasm ostida ikkita 6+1=7, 7-1=6 yozuvi turibdi. Bu rasm oldingi songa 1 ni qo'shish bilan 7 sonini hosil qilishni (oldingi son 6 ni 7 dan 1 ni ayirish bilan hosil qilishni) qarashga mo'ljallanganligini bildiradi. Sonlar hosil bo'lishini syujetli rasmlar bilan tushuntirishdan maqsad matematikaning hayot bilan bog'liqligini, matematik jarayonlarning turmushda sodir bo'lishini ko'rsatish- dan iboratdir. Bu holda rasm bo'yicha masala tuzish talab qilinmaydi.
Darslikda o'lchash bilan bog'liq bo'lgan amaliy ish tashkil qilishni talab qiladigan rasmlar ham bor (masalan, 41 va boshqa betlarga qarang). Bolaning o'zi o'lchash poloskalari, keyinroq esa chizg'ich bilan ishlamasa, unga o'lchash g'oyasi tushunarli bo'lmaydi.
Darslik ishda ma'lum metodik bosqichlarni belgilaydi. Masalan, darslik masalalar ustida ishlashda sekin-asta to'la ko'rsatmalilikdan (bolalar hamma predmetlarni sanay oladigan bo'lganda) noto'la (masalada berilganlardan biri son shaklida, boshqasi esa rasm shaklida berilganda, ikkala berilganlar son shaklida ifodalanganda) ko'rsatmalilikka o'tishni rejalashtiradi. Bu masalalar yechishda predmetlarni qayta sanashdan qo'shib sanashga o'tishni bildiradi (bola 3 raqami yozilgan bir quti konfetni va 2 ta alohida konfetni ko'radi, u 3 deydi va hisobni davom ettiradi «to'rt», «besh», «hammasi 5 ta konfet»).
Qayta sanashdan qo'shib sanashga o'tish masalalar yechishdagina emas, shu bilan birga misollar yechishda ham sodir bo'ladi. Bolalar qo'shish va ayirishni sonlar qatoriga asoslanib bajarishadi.
Oldin maxsus o'rganish namunasi bo'lgan raqamlar va belgilar endi sekin-asta ko'rsatma materiali bo'lib qoladi. Yozuv amal bajarish uchun tayanch bo'lib qoladi. Masalan, qo'shishda sonlarning o'rinlarini almashtirish usuli o'rganilgandan keyin darslikda ushbu ko'rinishdagi yozuv taklif qilinadi:
4 + 6 = 10, 6 + 4 = 10
Ishlanayotgan misolning tagiga chiziq chizib qo'yilgan, uning ostida esa «yordamchi» misol berilgan bo'lib, bolalar bu misoldan foydalanib va o'rganilgan usulni qo'llab, birinchi misolni yechishlari mumkin.
4. Boshlang'ich maktab uchun mo'ljallangan hamma matematika darsliklari kabi olti yoshli bolalarning 1-sinfiga mo'ljallangan darslik kursini maqsadga muvofiq tanlangan masalalar va savollar ochib beradi. O'qituvchi mashqlar sistemasining hammasini butunicha tasavvur qila olishi, ularning kursdagi va har bir darsdagi o'rnini ko'ra olishi muhimdir. Bu mashqlar ichida hisoblash ko'nikmalarini puxtalashga yo'naltirilgan mashqlar katta o'rin oladi.
Shu bilan birga hisoblashga oid mashqlarni tanlash taqqoslashlar, kuzatishlar o'tkazish, umumlashtirishlar qilish imkonini ochadi. Masalan, 46 - betda misollar berilgan:
9 + 1, 8-1, 3 + 2, 10-1, 8+1, 5-3.
Ulardan ba'zilari (II ustun) sonlar qatori xossalarini qarashga material beradi, boshqa ba'zilari esa qo'shish bilan ayirish orasidagi o'zaro bog'lanishlarni tushunishga tayyorlaydi. O'qituvchi darsda og'zaki ishlash uchun shunga o'xshash mashqlar tuzishi mumkin.
Darslik bolalar oladigan bilimlarni sistemaga solish va umumlashtirishni nazarda tutadi. Masalan, 2 ni qanday hosil qilish (2 - bu 1 va 1), 3 ni qanday hosil qilish (3 - bu 2 va 1) ni bolalar birinchi darsdan boshlaboq ko'rsatma materialda qaraydilar.
9 + 1, 10 - 1 ko'rinishdagi qo'shish va ayirish hollarini qarashda bolalar bilimlari sistemaga solinadi va umumlashtiriladi, bunda ko'rsatmalilik formasi ularni sistemalashtirish imkonini beradi: ish oldin syujetli rasmga tayanib bajariladi, keyin esa sekin-asta abstrakt materialga (kubchalarga, doirachalarga) o'tish amalga oshiriladi yoki bir necha dars davomida bolalar 3 sonini qo'shish (ayirish) usulini o'rganishadi, shundan keyin esa umumlashtiruvchi ish bajariladi, 3 sonini qo'shish va ayirishga doir jadval tuziladi va o'rganiladi; jadvaldagi qo'shish va ayirishga doir misollar qatorasiga yechiladi, oralatib yechiladi, ikkitalab yechiladi va hokazo.
Darslikning ko'pgina mashqlariga bir marta emas, ko'p martalab murojaat qilish mumkin. Masalan, qo'shish va sonlar tarkibiga oid jadvallardan tegishli hollarni (natijani topish mumkin) eslab qolish bosqichida ham, jadvalni bilganlikni tekshirish uchun ham (agar o'qituvchi chap ustun yoki yuqori satrni berkitsa: 7 - bu 4 va necha? 6 - bu 5 va necha? yoki 3 va 5, 3 va 4 nimaga teng? va hokazo) foydalaniladi.
5. Darslikda bolalarni matnli arifmetik masalalarni yechishga o'rgatishga yo'naltirilgan tobora qiyinlashib boruvchi har xil mashqlar sistemasi katta o'rin oladi. Ammo bu «matnli» masalalar darslikda oldin matn bilan emas (hali bolalar o'qishni bilmaganliklari tufayli), balki rasmlar bilan ifodalangan. O'qitish muvaffaqiyatli bo'lishi uchun bu rasmlarning vazifalari va ularning xususiyatlarini yaxshi tasavvur qilish muhimdir. Shu munosabat bilan eng oldin shuni ta'kidlash lozimki, har qanday holda ham birinchi vaqtlarda rasmlardan matnini o'qituvchining o'zi aytadigan masalalarga oid rasmlar tariqasida foydalanish kerak. Bu holda rasm bolalarga masala mazmunini o'z- lashtirishga yordam beradi va uni yechishda ko'rsatmali tayanch bo'ladi. Bolalarni rasmlarga qarab mustaqil masalalar tuzishga jalb qilish o'qitishning navbatdagi bosqichlarida, bunga ular yyetarlicha tayyor bo'lganlaridan keyingina mumkin bo'ladi. Darslikdagi rasmlar masalalar ustida ishlashning ma'lum metodikasini aks ettiradi, bu ishning asosiy bosqichlarini belgilab beradi: to'la predmet ko'rsatmalilikdan (berilganlar predmetlarning mos grup- palari ko'rinishida tasvirlangan va masala savoliga predmetlarni sanash bilan javob olinadigan bo'lganda) noto'la predmet ko'rsatmalilikka (predmetlar gruppasi ko'rinishida faqat bir ma'lumot tasvirlanganda, ikkinchisi esa son bilan berilganda darslikning boshqa rasmlariga qarang) sekin- asta o'tiladi. Bu holda javob oddiy sanash bilan olinmaydi, balki yechishda berilgan sondan foydalanish malakasi talab qilinadi. Nihoyat, ko'rsatmalilik masala mazmunini, uning formulasini tushunishga yordam beruvchi illyustrasiya bo'lib qoladi, masalani yechish uchun esa sonlar bilan amallar bajarishga to'g'ri keladi (darslikning boshqa bet- lariga qarang). Darslikdagi rasmlarning bu va boshqa xususiyatlarini bolalar ishlarini tashkil qilib va boshqarib, hisobga olish zarur.
Quyida darslarga oid tavsiyalarda masalalar ustida ishlash metodikasi haqida to'laroq fikr yuritiladi.