Mashg‘ulot mazmuniga va mashg‘ulot oldida turgan maqsadga, shu bilan birga, tasviriy faoliyatning
vazifalariga;
Bolalarning yoshi va rivojlanish darajasiga;
Bolalar foydalanadigan tasvirlash materiallariga bog‘liqdir. Atrof olam haqidagi tasavvurlarni
mustahkamlash maqsadidagi mashg‘ulotlarda, asosan og‘zaki metodlar qo‘llaniladi: suhbatlar, bolalarning
ko‘rganlarini xotiradan qayta eslash uchun yordam beradigan savollar beriladi. Tasviriy faoliyatning turli
ko‘rinishlarida o‘rgatish usullari turlichadir, chunki bir obraz turli vositalar yordamida vujudga keltiriladi.
Masalan: mazmunli mavzularda kompozitsiyaga o‘rgatish vazifasini rasmda illyustratsiyalarga qarab
tushuntiriladi, uzoqlashayotgan predmetlar yuqoriroqda, yaqindagilari esa pastroqda chiziladi. Bu masala
loydan buyum yasaganda shakllarning ularning holatiga qarab joylashtiriladi; yonma-yon yoki ketma-ket va
hokazo. Bu yerda alohida tushuncha yoki ko‘rsatma berish shart emas. Har bir usuldan o‘ylab, mashg‘ulot
oldida turgan vazifalarga nisbatan, dasturda berilgan mashg‘ulotning mazmuniga nisbatan va asosan ushbu
guruh bolalarining qay darajada rivojlanganligini hisobga olgan holda foydalanish kerak. Mashg‘ulotda
alohida metod va usullar ko‘rgazmali va og‘zakilari - o‘zaro qo‘shiladi, mujassamlashtiriladi va bir-biriga
umumiy ta’lim jarayonida bog‘lanadi. Ko‘rgazmalilik bolalar tasviriy faoliyatining moddiy hissiy asosini
yangilaydi, so‘z esa to‘g‘ri tasavvurni, tahlilni, idrok qilinganlarni va tasvirlayotganlarini umumlashtirishni
shakllanishiga yordam beradi.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. Takomillashtirilgan “Bolajon” tayanch dasturi. T.: 2016.
2.Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari. T.: 2017
“Bilimdon” dasturi. T.: 2014
3.Amirova. G.A., Sulaymonov A.P., Djurayeva B .R. Maktabgacha ta’lim muassasalarda applikatsiya
mashg‘ulotlari. T., 2014.
4.D.T Sabirova. Maktabgacha yoshdagi bolalarda tasviriy savodxonlik elementlarini shakllantirish.
(13.00.01.-Pedagogika nazariyasi va tarixi ixtisosligi bo‘yicha yozilgan dissertatsiyaning avtoreferati).
T.2007
5.“Bola shaxsini rivojlanishining dolzarb muammolari”. Xalqaro ilmiy- amaliy anjumanining tezis va
maqolalar to‘plami. 2008 yil.
6.Djalalova D.X. Osnovniye tendensii razvitiya sovremennoy yaponskoy shkoli. Avtoreferat dis.k.p.n. 2004.
7.Titov V.A.Pedagogika zarubejnix stran (sravnitelnaya pedagogika). APrior, 2010.
Dostları ilə paylaş: |