Reja: Oilaning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni Oilaning ijtimoiy funksiyalari Hissiy-emotsional funksiya Jismoniy quvvatni ta’minlash funksiya Ma’naviy muloqotni ta’minlash funksiya Oilaning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni



Yüklə 47,5 Kb.
səhifə5/5
tarix23.05.2023
ölçüsü47,5 Kb.
#120207
1   2   3   4   5
Oilaning ijtimoiy maqomi

Xususiy mulkka ega bo‘lish va avlodga meros qilib qoldirish vazifasi ham muhim bo‘lib, u har bir oilaning o‘z jamg‘armasi bo‘lishini taqazo etadi, shuning uchun ham “Er-xotin – qo‘sh ho‘kiz” bo‘lib, tinmay mehnat qiladi, orttirganiga to‘y va oilaviy tadbirlar o‘tkazadi, uy-joy, tomorqalarni farzandlariga meros sifatida qoldiradi. Bu ham oila mustahkamligiga, ota-onalarning obro‘-martabasiga xizmat qiladi.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi hamda hukumatimizning qo‘llab-quvvatlashi bilan oilaviy biznes, xotin-qizlar kichik va o‘rta biznesini rivojlantirish, ayollar tadbirkorligi uchun banklardan imtiyozli kreditlar berish siyosati izchil amalga oshirilishi tufayli ayollarning oila budjetiga qo‘shayotgan hissasi ham ortib bormoqda. Buning natijasida farzandlarda ham tadbirkorlik xislatlari o‘sishiga real imkoniyatlar yaratilmoqda. O‘tkazilgan tadqiqotlarning natijalariga ko‘ra, onasi tadbirkor bo‘lgan qizlarda ilk yoshlikdanoq boshqaruv va liderlik sifatlari, tadbirkorlik ko‘nikmalari shakllanib borar ekan (V.M.Karimova, 2003).
Yuqorida ta’kidlangan vazifalar ijtimoiy-iqtisodiy tuzumning xarakteriga ko‘ra o‘zgarishi, biri dolzarb, biri esa kamroq ahamiyatli bo‘lib qolishi mumkin. Lekin har bir oila a’zosining shu vazifalarga psixologik jihatdan tayyorligi – ularning inson sifatida o‘zini baxtli his qilishini, oilasining mustahkam bo‘lishi, farzandlarining komil bo‘lib yetishishlarini ta’minlaydi.
Yüklə 47,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin