Journal of Advanced Research and Stability
ISSN: 2181-2608
www.sciencebox.uz/
265
“Intercultural Communication and Mutual Understanding”
Special Issue | 2022
PRAGMALINGVISTIKANING TILDAGI O’RNI VA RIVOJI(INGLIZ VA O’ZBEK
TILLARI)
Sayibova Zuxra Yunusovna
Alisher Navoiy Nomidagi O'zbek Tili VA Adabiyoti Universiteti O'qituvchisi
Annotatsiya: Tilshunoslikning yangi va dolzarb masalalarga boy bosqichlaridan biri
Linguopragmatika yoki Pragmalingvistika bosqichi tilga kommunikativ yondashuv bilan ajralib
turadi. Bu degani, til aloqa vositasi sifatida qabul qilinadi va tilning kommunikativ funktsiyasi
uning asosiy funktsiyasi deb tan olingan. Aloqaviy tilshunoslik, foydalanishdagi til sifatida nutq
faoliyati sifatida tillar bo'yicha harakatlarni o'rganadi. Pragmalingvistikaning tilshunosikdagi
tutgan o’rni va rivojiga har bir til vakillari tilshunos olimlari kabi o’zbek tilshunoslarini ham
sanab o’tishimiz mumkin.
Kalit so'zlar: tilshunoslik , linguopragmatika, pragmalingvistika, semiotika, pragmatika, empirik
tahlil, amaliyot , pragmatik, semantik, kontekst , matn.
Kirish.Til — jamiyat boyligi, u jamiyat aʼzolarining oʻzaro aloqasini amalga oshiradi, insonning
moddiy va maʼnaviy turmushida roʻy beradigan barcha voqea hodisalar haqidagi bilimlarni
jamlaydi va ulardan xabardor qiladi. Til ayni maʼnoda asrlar mobaynida shakllanadi va mavjud
boʻladi. Shu o’rinda aytib o’tish joizki : tilni bevosita o’rganib, uni tahlil qilib tasniflaydigan fan
bu Tilshunoslik fanidir.
Tilshunoslik alohida, mustaqil fan sifatida XIX asrning birinchi choragida (1816 yilda)
fanlar
olamiga kirib keldi. Shak-shubhasiz, tilshunoslik xam boshqa
qator fanlar kabi tadqiqotlar,
tajribalar, izlanishlar, g’oyalar, kuzatishlar natijasi, "maxsuli" sifatida o’zining alohida o’rganish
obyektiga va tekshirish metodiga ega bo’ldi. Qat'iy aytish mumkinki,
jahon tilshunosligi fani
ham shu kungi taraqqiyot bosqichiga yetib kelguncha uzoq tarixiy taraqqiyot davrini, "o’sish"
davrini bosib o’tdi.
U turli maktablar, oqimlar, ta'limotlar ta'sirida bo’ldi, olimlar tomonidan
lisoniy hodisalar haqida aytilgan fikrlar qarama qarshiligiga, til hodisalari haqida yaratilgan juda
ko’plab manbalarga "guvoh bo’ldi", shakllandi. Aniroq qilib aytiladigan bo’lsa, tilshunoslik fani
ham jahon fanlari sistemasida o’ziga xos va o’ziga mos doimiy mustahkam o’rin egalladi. [1]