Umumiy va oddiy kо‘rinishda, moliyaviy rejalashtirish deyilganda moliyaviy rejalarni tuzish va amalga oshirish jarayoni nazarda tutiladi. Moliyaviy rejani, xuddi uni ishlab chiqish, yaratish yoki tuzish jarayoni kabi moliyaviy kо‘rsatkichlarni ijodiy tahlil qilish, umumlashtirish va о‘zaro bog’lash tizimi sifatida qarash kerak. Amaliyotda tez-tez foydalaniladigan rejalashtirish ma’lumotlarini, masalan, korxona faoliyatining shakliy modyelini ishlab chiqish va shu asosda moliyaviy kо‘rsatkichlarning rejali tizimini aniqlashni, moliyaviy rejalashtirishning ishchi sxemasi sifatida qarash mumkin. Shuni nazarda tutish kerakki, moliyaviy rejalashtirish jarayonida u yoki bu sub’yekt faoliyat kо‘rsatishi moliyaviy ta’minlanishining hayotiychanligini oshiruvchi noshakliy omillar inobatga olinishi kerak.
Har qanday sosial-iqtisodiy jarayonlarni boshqarish tizimining asosiy bosqichlaridan biri Rejalashtirishdir. Iqtisodiy adabiyotlarda, eng umumiy shaklda, Rejalashtirish istiqbolga yо‘naltirilgan qarorlarni qabul qilish bо‘yicha faoliyat dyeb talqin qilinadi.
“Rejalashtirish” tushunchasining ma’no-mazmunini yanada umumiyroq bо‘lgan va xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar faoliyatini muvofiqlashtirishning ob’yektiv zarurligi va imkoniyatini anglatuvchi “Rejalilik” orqali aniqlash mumkin. Haqiqatdan ham Rejalashtirish amaliyotda Rejalilikni amalga oshirishni, ya’ni balanslilik (muvozanat) va proporsionallilikka (mutanosiblikka) erishish bо‘yicha ongli faoliyatni bildiradi. Shu ma’noda, Moliyaviy resurslarning balansliligini (muvozanatini) va prorporsionalliligini (mutanosibligini) ta’minlashga qaratilgan faoliyatga Moliyaviy Rejalashtirish deyiladi.
“Moliyaviy Rejalashtirish” tushunchasi о‘z ichiga quyidagilarni oladi:
“Moliyaviy Rejalashtirish” tushunchasi о‘z ichiga quyidagilarni oladi: