2- Аksioma. Har qanday o’lchash-taqqoslash (solishtiruv) demakdir.
Endi ikkinchi aksiomaning izoxiga o‘tamiz. O‘lchash degani, sodda qilib aytganda olingan ob’ektda tekshirilayottan kattalik qanchalik ko‘p yoki kam tadbik, etganligini aniqlash hisoblanadi. Masalan, kuz oldimizda turgan ixtiyoriy bir narsani, aytaylik stolni olaylik. Uning tomonlarini uzunligini aniqlash kerak bo‘lsa, bizning ko‘z oldimizga bir metrga teng bo‘lgan uzunlik keladi va unga nisbatan qiyos qilib taxminiy tarzda eni va bo‘yi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olishimiz mumkin. Lekin bu shunday tez va g‘ayri oddiy bir tarzda yuz beradiki, biz bu haqda o‘ylashga ulgurmaymiz ham, ko‘z oldimizga keltira olmaymiz ham. Boshqa bir kattalik, masalan, tanavvul qilayotgan ovqatning mazasini ko‘raylik. Bu kattalik hozircha o‘lchab bo‘lmaydigan kattaliklardan. Uni odatda faqat baholanadi. Baholash esa, individual tarzda bo‘lib muayyan mezon asosida amalga oshiriladi. Bunda mezonlarni soni birdan tortib, bir nechtagacha bo‘lishi mumkin. Masalan, "yaxshi" va "yomon” (2 mezon); "yaxshi", "yomon" va "o‘rtacha" (3 mezon); "yaxshi", "yomon", "o‘rtacha", "juda yaxshi” va "juda yomon" (5 ta mezon) va hokazolar. Agar ovqatning faqat mazasi, yoki soddaroq bo‘lishi uchun, tuzing yaxshi-yomonligini ko‘rib chiqaylik. Bunda biz xuddi shu kattalikning (yaxsh tuz mikdorining) yaxshi bo‘lgan qiymatni olamiz va shu qiymatga nisbatan yuqorida yoki pastda bo‘lgan holatga shaxodat keltiramiz.
3- Аksioma.O’lchash amalidan oldin natija tasodifiydir.
Endi uchinchi aksioma xususida. Bir uchi ochilmagan qalam olamiz va shu qalamning 10 marta chizg‘ich yordamida uzunligini aniqlaymiz.Natijalarni yozib boramiz. SHunda eng kami bilan ikki yoki uch marta olgan qiymatlarimiz boshqacharoq bo‘ladi. Xo‘sh, nima uchun bunday bo‘liyati? Axir ob’ekt va sub’ekt o‘zgargani yo‘q-ku! Bu napsa tasodifiylik degan tushuncha bilan bog‘liq. Bu tushuncha xususida bir oz keyinroq kengroq izox beriladi. Biz yuqorida qayd etilgan aksiomalarni faqat oddiygina o‘lchashlar vositasida tushuntirishga harakat qildik. Agar nisbatan murakkabroq o‘lchashlarga o‘tadigan bo‘lsak bu aksiomalarning kuchini yaqqolroq sezishimiz, ko‘rishimiz va anglashimiz mumkin bo‘ladi.