Statik xatoliklar - vaqt mobaynida kattalikning o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lmagan xatoliklar. O‘lchash vositalarining statik xatoligi shu vosita bilan o‘zgarmas kattalikni o‘lchashda hosil bo‘ladi. Agar o‘lchash vositasining pasportida statik sharoitlardagi o‘lchashning chegaraviy xatoliklari ko‘rsatilgan bo‘lsa, u holda bu ma’lumotlar dinamik sharoitlardagi aniqlikni tavsiflashga nisbatan tadbiq etila olmaydi.
Dinamik xatoliklar -o‘lchanayotgan kattalikning vaqt mobaynida o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lgan xatoliklar sanaladi. Dinamik xatoliklarning vujudga kelishi o‘lchash vositalarining o‘lchash zanjiridagi tarkibiy elementlarning inersiyasi tufayli deb izohlanadi. Bunda o‘lchash zanjiridagi o‘zgarishlar oniy tarzda emas, balki muayyan vaqt davomida amalga oshirilishi asosiy sabab bo‘ladi.
Kelib chiqishi sababi (sharoitiga) qarab:
asosiy;
qo‘shimcha xatoliklarga bo‘linadi.
Normal (graduirovka) sharoitda ishlatiladigan asboblarda hosil bo‘ladigan xatolik asosiy xatolik deyiladi. Normal sharoit deganda temperatura 20 S 5 S havo namligi 65 % 15 %, atmosfera bosimi (750 30) mm.sim.ust., ta’minlash kuchlanishi nominalidan 2 % o‘zgarishi mumkin va boshqalar.
Agar asbob shu sharoitdan farqli bo‘lgan tashqi sharoitda ishlatilsa, hosil bo‘ladigan xatolik qo‘shimcha xatolik deyiladi.
Mohiyati, tavsiflari, o‘zgarish xarakteriga qarab va bartaraf etish imkoniyatlariga ko‘ra:
Muntazam xatoliklar;
Qo‘pol xatoliklar yoki yanglishuv xatoliklarga bo‘linadi.
Muntazam xatolik deb umumiy xatolikning takroriy o‘lchashlar mobaynida muayyan qonuniyat asosida hosil bo‘ladigan, saqlanadigan yoki o‘zgaradigan tashkil etuvchisiga aytiladi.
Umumiy xatolikni quyidagicha tasvirlashimiz mumkin:
t – tasodifiy xatolik
q – qo‘pol xatolik
Muntazam xatoliklarning kelib chiqish sabablari turli tuman bo‘lib, tahlil va tekshiruv asosida ularni aniqlash va qisman yoki butkul bartaraf etish mumkin bo‘ladi. Muntazam xatoliklarning asosiy guruhlari quyidagilar hisoblanadi:
Uslubiy xatoliklar;
Asbobiy (qurilmaviy) xatoliklar;
Sub’ektiv xatoliklar.
O‘lchash usulining nazariy jihatdan aniq asoslanmaganligi natijasida uslubiy xatolik kelib chiqadi.
O‘lchash vositalarining konstruktiv kamchiliklari tufayli kelib chiqadigan xatolik asbobiy xatolik deb ataladi. Masalan: asbob shkalasining noto‘g‘ri graduirovkalanishi (darajalanishi), qo‘zg‘aluvchan qismning noto‘g‘ri mahkamlanishi va hokazolar.
Sub’ektiv xatolik - kuzatuvchining aybi bilan kelib chiqadigan xatolikdir.
Nazorat uchun savollar.