O‘lchov asboblarini, apparatlarni, rele himoyasi va avtomatikasini yuqori kuchlanish zanjiriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va 1kV gacha kuchlanishli katta toklarga ulash texnik sabablarga ko‘ra va texnika xavfsizligi bo‘yicha ulash mumkin emas. SHu talablarga ko‘ra tok va kuchlanish ko‘rsatkichlarini o‘lchashda o‘lchov transformotorlarini qo‘llash mo‘ljallangan. Bundan tashqari o‘lchov transformotorlar orqali, o‘lchov asboblarini va himoya apparatlarini va avtomatlashtirish, o‘lchash, taqsimlash qurilmalarini va nimstansiyalarni masofadan boshqarish imkonini yaratadi, va bundan tashqari, o‘lchov va himoya asboblarining arzon bo‘lishiga, kichik 5 A tokka va 1 kV danpast kuchlanishga tayyorlash imkonini beradi. O‘lchov asboblarini katta toklarga yaratilishi va yuqori kuchlanishlarga tayyorlash maqsadga muvofiq emas, bu konstruktiv tuzilish tomonidan bunday asboblar qo‘pol, katta, noqo‘lay va qimmatga tushadi.YUqorida qayd qilinganlar asosida o‘lchov transformatorlari etektr tarmoqlarida ularning qo‘llanishi birqancha maqsadlarda: o‘lchov, hmoya, nimstansiya uskunalarini, kabel liniyalarini, havo liniyalarini masofadan boshqarish va boshqa vazifalarni muvafaqiyatli amalga oshirda qo‘llaniladi.
3.14-rasm. Kup uramli tok transformatori: 1 –to‘g‘ri burchakli shixtalangan magnit o‘tkazgich; 2- ikkilachi chulg‘am; 3 – birlamchi chulg‘am; 4 – TT ning barcha qimslalri epoksidli kompaund qo‘ymasida; 5 – birlamchi chulg‘am kotaktlari.