Mavzu:Operatsion tizimlarning turlar va ishlash tamoyillari.
Reja:
1.Operatsion tizimlarning tarixi va rivojlanish boshqichlari.
2.Operatsion tizimlarning turlari.
3.Operatsion tizimlarning asosiy funksiyalari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.
Operatsion tizimlar tarixi — birinchi kompyuterlarda operatsion tizimlar boʻlmagan. Oʻsha davrda birinchi kompyuterlarda ishlaydigan har bir dastur kompyuterda ishlash uchun zarur boʻlgan barcha kodlarni oʻz ichiga olishi, oʻrnatilgan apparat bilan aloqa qilish va dastur bajarishi kerak boʻlgan hisob-kitoblarni bajarishi kerak edi. Bu holat hatto eng oddiy dasturlarni ham juda murakkab holga keltirardi
Ushbu muammoga javoban markaziy kompyuterlar egalari kompyuterga kiritilgan dasturlarni yozish va bajarishni osonlashtiradigan tizimli dasturiy taʼminotni ishlab chiqa boshladilar va shu bilan birinchi operatsion tizimlar dunyoga keldi.
O peratsion tizimlar avvalambor foydalanuvchiga qulay intеrfеys yaratuvchidir dеgan g’oya albatta, masalani yuqoridan pastga qarab nazar solishga mos kеladi.
Boshqa nuqtai nazar, ya'ni pastdan yuqoriga qarab nazar tashlash, bu OT ga murakkab tizimning hamma qismlarini boshqaruvchi mеxanizmi sifadida ko’rishdir.
Zamonaviy hisoblash tizimlari, protsеssorlar, xotira, taymеrlar, disklar, jamg’armalar, tarmoq kommunikatsiya qurilmalari, printеrlar va boshqa qurilmalardan iboratdir.
Ikkinchi yondashishga mos ravishda OT ning funksiyasi, protsеssorlar, ya'ni rеsurslarni raqobatdosh jarayonlar orasida taqsimlashdan iboratdir. OT hisoblash mashina rеsurslarini jamisini shunday boshqarish kеrakki, uni ishlashi maksimal samaradorlikni ta'minlashi zarurdir. Samaradorlik ko’rsatkichi, m-n, tizim o’tkazuvchanlik qobiliyati yoki rеaktivligi bo’lishi mumkin.
Birinchi operatsion tizimTahrirlash
Kompyuterlar uchun birinchi operatsion tizim GM-NAA deb atalgan. U 1955-yilda General Motors vakili Robert Patrik hamda North American Aviation vakli Ouen Mok tomonidan tuzilgan. U tizim monitorlariga asoslangan va faqat katta mashinalarda ishlashga moʻljallangan. GM-NAAʼning asosiy vazifasi eski dastur tugashi bilan yangi dasturni avtomatik ravishda bajarishdan iborat boʻlgan
Operatsion tizim turlari.
1. Kompyuter resurslarini va ma’lumotlarni muvofiqlashtiradigan va boshqaradigan dasturiy ta’minotning asosiy qismi yoki, dasturlarning bajarilishini boshqaradigan va tizimning resurslarini taqsimlash, rejalashtirish, kirish-chiqishni va ma’lumotlarni boshqararish kabi vazifalarni ta’minlaydigan dasturiy vosita. Garchand operatsion tizimlar ko‘proq dasturiy bo‘lsalar ham, biroq, qisman apparat vositalari qo‘llanishi ham mumkin. Operatsion tizimlarning asosiy vazifalariga:
fayl tizimini boshqarish (yozish, o‘zgartish, fayllardan nusxa ko‘chirish, erkin foydalanishni nazorat qilish);
dasturlar bajarilishini boshqarish (protsessor vaqtini taqsimlash, dasturlarni diskdan tezkor
xotiraga yuklash, yashirin xavfli ta’sirni tutib olish va h.q.);
xotirani boshqarish (keshlash, taqsimlash, ma’lumotlar butligi nazorati va h.k.);
foydalanuvchi bilan muloqot (klaviaturadan, sichqonchadan buyruqlarni o‘qish, axborotni ekranga, printerga chiqarish va h.k.) kiradi.
Bundan tashqari operatsion tizimlar, kompyuterlarni turli rusumdagi tarmoqlardan – mahalliy tarmoqlardan global koorporativ tarmoqlargacha, shu jumladan, Internet tarog‘idan erkin foydalanishni boshqaradi. Operatsion tizimga misollar - MS-DOS, Linux, UNIX, Windows, Solaris va boshqalar.
Keling ularning ayrimlariga qisqacha to’xtalib o’tsak:
Dostları ilə paylaş: |