Reja: Operatsion tizimlarning tarixi va rivojlanish boshqichlari


Windows XP operatsion (amaliy) tizimi



Yüklə 253,84 Kb.
səhifə5/5
tarix01.05.2023
ölçüsü253,84 Kb.
#105605
1   2   3   4   5
kompyuter texnalogiyasidocx

Windows XP operatsion (amaliy) tizimi. Microsoft korporatsiyasi tomonidan 2001 yilda taqdim qilingan operatsion tizim. Microsoft, Windows XPni Windows 95 chiqarilgandan buyon eng muhim dasturiy
mahsulot deb atadi. Windows XP, Windows 2000ning o‘zagida qurilgan bo‘lib, yangi tashqi ifodaga va grafik interfeysga ega. Windowsning avvalgi rusumlariga nisbatan o‘zaro yuqori barqarorlik va ishonchlilikni mujassamlashtirgan. Windows XPning ikki rusumi mavjud: Home va Professional. Microsoft har ikkala rusumning mobilligiga katta e’tibor qaratdi, shu jumladan, qo‘shdi. Simsiz tarmoqlarga ulanish uchun “plug- and-play” vositasini ham, Windows Xpda «XP» «eXPerience»ni anglatadi.

Operatsion tizimlarning asosiy funksiyalari:


  • foydalanuvchidan (yoki tizim opеratoridan) ma'lum tilda tuzilgan komanda yoki topshiriqlarni qabul qilish va ularga ishlov bеrish.

  • ijro qilinishi kеrak bo’lgan dasturlarni opеrativ xotiraga yuklash;

  • xotirani boshqarish, barcha zamonaviy tizimlarda esa virtual xotirani tashkil etish;

  • barcha dastur va ma'lumotlarni idеntifikatsiya qilish

  • dasturlarni ishga tushirish (unga boshqaruvni uzatish, natijada protsеssor dasturni boshqaradi)

  • bajarilayapgan ilovalardan kеlayapgan turli so’rovnomalarni qabul qilish va bajarish

  • barcha kiritish-chiqarish amallariga xizmat qiladi

  • fayllarni boshqarish tizimlari (FBT) ishini va/yoki ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT) ishini ta'minlash

  • multidasturlash rеjimini ta'minlash

  • bеrilgan xizmat qilish distsiplinalari va stratеgiyalariga asosan masalalarni rеjalashtirish va dispеchеrlashtirish


Xulosa.
Zamonaviy axborot texnologiyalari hayotimizga tobora chuqur singib bormoqda. Ofis va operatsiya xodimlari, megakorporatsiyalar va kichik firmalar ishlarini ushbu texnologiyalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Telefon, Internet, kompyuterlar, ma’lumotlar bazasi, dasturlar iqtisodiy va ijtimoiy sohani rivojlantirishga kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sifatli, tezkor, harakatchan, xavfsiz va qulay xizmat ko‘rsatish yo‘lida izchil rivojlantirilmoqda.


“Operatsiya tizimi” iborasi axborot texnologiyalari sohasida asosiy tushunchalardan biri hisoblanadi. Negaki, aynan ushbu tizim inson va axborot bilan ishlash vositalari o‘rtasidagi asosiy bog‘lovchi sanaladi. Operatsiya tizimi – bu texnik qurilmada bazaviy operatsiyalarni bajarish uchun jamlangan dasturlar to‘plami demakdir. Inson uning yordamida texnik qurilmani boshqaradi, amaliy dasturlar bilan ishlaydi, axborot sohasida boshqalar bilan hamkorlik qiladi.
Mening fikrimcha, aynan shu sababli bugun milliy axborot texnologiyalarini rivojlantirish, bu borada jahon taraqqiyoti bilan baravar qadam tashlash zarur. Mahalliy axborot texnologiyalarini til va madaniyat jihatidan mavjud sharoitga moslashtirish ularni mustaqil rivojlantirish borasidagi asosiy vazifalardandir. Ushbu yo‘nalishda ishlash uchun intellektual-texnik bazani shakllantirish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu muammolarni hal etish maqsadida 2007 yil bahorida O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va Yosh dasturchilarni tayyorlash va qo‘llab-quvvatlash markazi tashabbusi bilan “Erkin va ochiq dasturiy ta’minotni mahalliylashtirish” loyihasi joriy etildi. Bundan ko‘zlangan maqsad o‘zbek tilida mahalliy sharoitda foydalanish uchun moslashtirilgan milliy operatsiya tizimini, shuningdek, turli yo‘nalishdagi amaliy dasturlarni ishlab chiqishdan iborat. Loyihaning birinchi bosqichida ta’lim tizimida foydalanish uchun operatsiya tizimi va amaliy dasturlar to‘plamini yaratish vazifasi amalga oshirildi. Zero, axborot tizimi bilan tanishish aynan maktab, oliy o‘quv yurti va o‘quv markazlaridan boshlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar


1. Skot Myuller “Modernizasiya I remont PK” “Vilyams” ijodiy uyi 14-soni 2003 yil.


2. Axmedov A.,Tayloqov N. Informatika: Akademik liцey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik.-T.: «O`zbekiston», 2001.
3. Abduqodirov A.A., Hayitov A..G`., SHodiev R.R. Axborot texnologiyalari T. «O`qituvchi». 2002.
4.Sattarov A. Informatika va axborot texnologiyalari T. «O`qituvchi» 2002.
5. Aripov M, Haydarov A. Informatika asoslari T. «O`qituvchi» 2002.
6. Xislop B, Enjell D. Microsoft Wodr 2000. Bibliya pol’zovatelya. Moskva-Sankt Peterburg-Kiev. Komp’yuternoe izdatel’stvo «Dialektika» 2001 g.
7. http://www. Rambler.ru
8. http://www.ilm.uz
Yüklə 253,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin