Reja: O’qitish metodikalar haqida umumiy tushuncha



Yüklə 21,02 Kb.
səhifə2/4
tarix11.10.2023
ölçüsü21,02 Kb.
#153812
1   2   3   4
1-MAVZU

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Usul
Ta’lim metodi – o’qituvchining o’quvchilar bilan muntazam qo’llaydigan, o’quvchilarga o’z aqliy qobiliyatlarini va qiziqishlarini rivojlantirish, bilim va ko’nikmalarni egallash hamda ulardan amalda foydalanish imkonini beruvchi ish usuli. Belgilangan ta’lim berish maqsadiga erishish bo’yicha ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar o’zaro faoliyatini tashkil qilishning tartibga solingan usullari majmuasidir.
Metodika – biror ishni maqsadga muvofiq o’tkazish metodlari, usullari, yo’llari majmuasi. U alohida metodikalardan tashkil topadi. Pedagogika fani sohasida ma’lum o’quv fanini o’qitish hamda tarbiyaviy ishlar qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Masalan, tillar metodikasi, arifmetika metodikasi va shu kabilar.
Usul – biror narsa, hodisa, jarayonni o’rganish yoki amalga oshirish tartibi.
Uslub – biror narsa, hodisa, jarayonni o’rganish yoki amalga oshirish uchun qo’llash lozim bo’lgan usullar majmuasi.
Yo’l (ruscha – priyom) – biror maqsadni amalga oshirish uchun tanlangan harakat turi.
Yuqorida aytilganlardan ko’rinadiki, har bir ta’lim metodi tarkibiga muayyan ta’lim-tarbiyaviy vazifani bajarishga qaratilgan ish-harakat usullari, yo’llari kiradi.
Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasining asosiy bo’g’ini muammoli ta’lim yo’nalishi sanaladi.
Muammo-grekcha πρόβλημα. so’z bo’lib, keng ma'noda o'rganish, hal qilishni talab qiladigan murakkab nazariy yoki amaliy savoldir; fanda - har qanday hodisalarni, ob'ektlarni, jarayonlarni tushuntirishda qarama-qarshi pozitsiyalar ko'rinishida ishlaydigan va uni hal etish uchun etarli nazariyani talab qiladigan qarama-qarshi vaziyat; Hayotda muammo odamlar tushunadigan tarzda shakllantirilgan: "Men nimani bilaman, qanday ekanligini bilmayman", ya'ni nimaga erishish kerakligi ma'lum, ammo buni qanday amalga oshirish noma'lum .
Muammoli ta’lim – ta’lim jarayonini olib borishda o’quvchilar oldiga yechish uchun muammoni qo’yish orqali muammoli vaziyatni vujudga keltirish va mashg’ulot davomida uning yechimini topish. Muammo o’qituvchi tomonidan yoki o’quvchilar tomonidan qo’yilishi mumkin. 

Yüklə 21,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin