Reja: O‘qituvchi kasbiy faoliyatida muloqot madaniyatining shakllanishi



Yüklə 109,5 Kb.
səhifə4/5
tarix08.05.2023
ölçüsü109,5 Kb.
#109537
1   2   3   4   5
PM 5-2-amal m

Birinchidan, o‘zaro hamkorlikdagi faoliyat ijodkorlikni, mas’u­liyatni, faollikni va eng asosiysi muloqot madaniyatiga rioya etishni talab qiladi.
Ikkinchidan, har bir darsda o‘qituvchi ham, o‘quvchi ham belgi­lan­gan maqsadni aniq qo‘ya bilishi, amalga oshiriladigan vazifalarni to‘g‘ri belgilab olishi lozim.
Uchinchidan, dars jarayonida bilimlar mazmunining ilmiyligi, uzluksizligi, izchilligi va tarbiyaviy xarakteri, o‘qituvchining notiqlik san’­ati asosida bayon etish shaklining mukammalligi, qiziqarliligi o‘quv­chilarda ta’limiy va tarbiyaviy tomondan o‘rganiladigan qadri­yatlarga qiziqishni kuchaytiradi, ularda tarixiy, adabiy, milliy va diniy xarakterdagi milliy qadriyatlar bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirish ishtiyoqi rivojlanadi.
To‘rtinchidan, o‘qituvchining pedagogik mahorati, nazariy va uslubiy tayyorgarligi, o‘z kasbiga, faniga munosabati, olib boradigan darsi andozasini va uning natijasini oldindan ko‘ra bilish, har bir dars samaradorligini ta’minlovchi texnik va texnologik belgilardan biridir.
Beshinchidan, dars jarayonida o‘quvchilar jamoasiga erkin fikr yuritish, o‘z fikr-mulohazasini erkin bayon etishga imkoniyat yaratish, o‘quvchilar jamoasi fikriga tayanish, ularning fikr-mulohazalari, istak-xohishlarini e’tiborga olish, o‘quvchilarning mustaqil ishlaridan keng foydalanish zarur.
Oltinchidan, o‘quvchilar bilimiga, xulqiga beriladigan bahoning xolisona va adolatli bo‘lishi barcha ta’lim va tarbiyaviy faoliyatni to‘g‘ri tashkil etilishiga ijobiy ta’sir etuvchi omil ekanligini unutmaslik kerak.
Xulosa qilib ta’kidlash joizki, ta’lim va tarbiya jarayonida o‘quv­chilar ongiga muloqot asosida milliy qadriyatlar va ma’naviy madani­yatni shakllantirish, o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro muloqotini hozirgi zamon pedagogik talablari asosida mukammal tashkil etilishini ta’minlaydi.
Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar

  1. Pedagogik muloqot madaniyati o‘qituvchi kasbiy faoliyatida qanday ahamiyat kasb etadi?

  2. O‘qituvchining muloqot madaniyatini shakllantirish metodikasi qanday bosqichlardan iborat?

  3. O‘qituvchi pedagogik muloqot madaniyatiga erishish uchun qanday vaziyatlarni e’tiborga olish darkor?

  4. O‘quvchilar diqqatini o‘ziga jalb qilish deganda nimani anglash lozim?

  5. O‘qituvchining pedagogik muloqot madaniyatiga xos xusu­siyatlariga ta’rif bering?

  6. O‘qituvchining pedagogik muloqot madaniyatini shakllantirish yo‘nalishlari?

  7. O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi ziddiyatlarni keltirib chiqa­ruvchi holatlar?

  8. O‘qituvchining muloqotga kirishishi deganda nimani tushunasiz?

  9. Yosh o‘qituvchilarning pedagogik muloqot madaniyatiga xos xususiyatlar?

  10. O‘quvchilar ma’naviy madaniyatini shakllantirish jarayoniga ta’sir etuvchi omillar?

  11. Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov ta’rifi bo‘yicha ma’naviyatni shakllantirishga bevosita ta’sir etuvchi muhim hayotiy omil nima?




Yüklə 109,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin