13- Nomer Mansurxo‘jayev Saidxo‘ja
Mavzu: O’rnatilgan operatsion tizimlarda uzilishlar.
REJA:
O‘rnatilgan operatsion tizimlarda uzilishlar.
O‘rnatilgan operatsion tizimlarda xotirani boshqarish.
POSIX standarti.
Raspberry Pi imkonyatlari.
KIRISH
Ko‘pgina kompyuterlardan mashina tillari darajasida foydalanish ancha murakkabdir, ayniqsa bu kiritish-chiqarish masalalariga tegishlidir. Masalan, yumshoq diskdan ma'lumotlar blokini o‘qishni tashkil etish uchun dasturchiga 16 turli komandalardan foydalanishiga to‘g‘ri keladi, ularning har biri 13 ta parametrni aniqlashni talab qiladi, ya'ni masalan: diskdan blok tartib raqami, yo‘ldagi sektor tartib raqami va h.k.lar. disk bilan bajariladigan amal tugallanishi bilan, kontroller, taxlil qilinishi kerak bo‘lgan xatolik mavjudligini va tiplarini ko‘rsatuvchi 23 ta qiymatni qaytaradi. Kiritish va chiqarish masalalarini dasturlashni real haqiqiy muammolariga chuqur e'tibor bermagan holda ham, dasturchilar orasida bu amallarni dasturlash bilan shug‘ullanishni xohlovchilar tapilishi dargumondir. Disk bilan ishlashda dasturchi-foydalanuvchiga, diskni har biri o‘z nomiga ega bo‘lgan fayllar to‘plamidan iborat deb tasavvur qilishkifoyadir.
Uzilish — qandaydir tashqi harakatlar (ishlar, jarayonlar)ni bajarish uchun hozirgi ishlarni vaqtincha markaziy protsеssor qurilmasi yordamida to’xtatishdir, ularni bajargandan so‘ng protsеssor oldingi holatga qaytadi va to‘xtatib qo’yilgan ishni davom ettiradi. Har bir uzilish tartib raqamiga ega, unga asosan markaziy protsеssor qurilmasi qayta ishlash uchun qism – dasturni qidirib topadi. Protsеssorlar ikki turdagi uzilishlar bilan ishlashni vujudga kеltirishi mumkin: dasturiy vatеxnik.
Biror qurilma favqulodda xizmat ko‘rsatilishiga muxtoj bo‘lsa, unda tеxnik uzilishlar paydo bo‘ladi. Odatda bunday uzilish markaziy protsеssor uchun kutilmagan hodisadir. Dasturiy uzilishlar asosiy dasturlar ichida protsеssorning maxsus buyruqlari yordamida bajariladi. Dasturiy uzilishda dastur o‘z – o‘zini vaqtincha to‘xtatib, uzilishga taalluqli jarayonni bajaradi.
Uzilish ayrim xodisalarda paydo bo’ladigan bajarilayotgan dasturdan tizimga sistemaga uzatiladigan boshqaruv. 1950-yillar o’rtasida uzilish g’oyasi kirib keladi va hisoblash texnikasi taraqqiyotiga katta hissa qo’shadi. Uzilishni kiritishdan asosiy maqsad ishning assinxron rejimini realizatsiya qilish va hisoblash bloklarining ayrim qurilmalarini bir vaqtda ishlash jarayonini amalga oshirish ya’ni parallellash jarayoniga o’tkazish.Uzilish (xatoliklar)―ing.- interrupt qandaydir noxush hodisa paydo bo’lganligi haqida protsessorga habar beradi. Bunda berilayotgan yoki bajarilayotgan buyruqlar ketma- ketligini to’xtatib, boshqaruv jarayonining uzilishini qayta tiklashga uzatiladi va uzilgan kodga boshqarishni qaytaradi. Uzilish signallari quyidagilarga bo’linadi:
Assinxronli yoki tashqi (apparatli) hodisa tashqi manbalardan chiqadigan (masalan periferli qurilma ) va har daqiqa (har qanday vaziyatda ) signal bo’lishi mumkun ;
Dostları ilə paylaş: |