Reja:
1. O'rta Osiyo umurtqalilar faunasi haqida umumiy
ma’lumotlar
2. Umurtqalilar rivojlanish tarixi
3. Umurtqali hayvonlarniong inson hayotidagi
ahamiyati
Zoologiya hayvonlarning tuzilishi, hayot kechirishi, tarqalishi va yashash muhiti bilan munosabatlarini, shuningdek ularning xususiy hamda tarixiy taraqqiyotini o‘rganadi. Zoologiya kompleks fan bo‘lib, bir qancha fanlarni o‘z ichiga oladi. Sistematika – turlarning xilma-xilligi, ularning o‘zaro o‘xshashligi yoki bir-biridan farqi asosida turli sistematik guruhlar o‘rtasidagi ierarxiya (tobelik) munosabatlarini o‘rganadi. Morfologiya – hayvonlarning tashqi, anatomiya – ichki tuzilishini o‘rganadi. Solishtirma va evolyutsion morfologiya – turli sistematik guruhlarga mansub bo‘lgan hayvonlarning tuzilishi va ularning tarixiy rivojlanishini tekshiradi. Embriologiya - hayvonlarning embrional rivojlanishi (ontogenez)ni, filogenetika – esa hayvonot dunyosining evolyutsiyasini, ekologiya – hayvonlarning tashqi va yashash muhiti bilan o‘zaro munosabatlarini tadqiq qiladi. Etologiya – hayvonlarning xulq-atvorini solishtirib o‘rganadi. Zoogeografiya – hayvonlarning quruqlik va suvda tarqalishi bilan bog‘liq bo‘lgan omillarni tekshiradi. Qadimgi geologik davrda yashab, hozir qirilib ketgan hayvonlarni paleozoologiya – o‘rganadi. Bu fan filogenetika va evolyutsion morfologiya bilan uzviy bog‘langan. Fiziologiya – esa hayvonlar organizmi funksiyalarini o‘rganadi. Zoologiyani tekshiradigan ob’ektlariga binoan ham bir qancha fanlarga ajratish mumkin. Masalan, protozoologiya – bir hujayrali hayvonlarni, gelmintologiya – parazit chuvalchanglarni, entomologiya – hasharotlarni, akarologiya – kanalarni, ixtiologiya – baliqlarni, ornitologiya – qushlarni, teriologiya – sutemizuvchilarni o‘rganadi. Zoologiya boshqa biologiya fanlari, shuningdek tibbiyot, veterinariya va qishloq, xo‘jaligi bilan uzviy bog‘liq. Zoologiyaning ko‘pgina bo‘limlari esa parazitologiya, gidrobiologiya, epizootologiya, epidemiologiya kabi kompleks fanlar tarkibiga kiradi. Odam va hayvonlarning parazitlarini o‘rganish tibbiyot va veterinariya parazitologiyasi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Tuproqda yashovchi hayvonlarni o‘rganish esa tuproq, hosil bo‘lish jarayonlarini tushunib olish va tuproq unumdorligini oshirish usullarini ishlab chiqish imkonini beradi. Ekologo-zoologik tadqiqotlar baliq xo‘jaligi va chorvachilikni yanada rivojlantirish, ovlanadigan hayvonlar sonini tartibga solish, foydali hayvonlarni iqlimlashtirish va ko‘paytirish, shuningdek qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurashni to‘g‘ri tashkil etishga yordam beradi. Turli hayvonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni, shuningdek hayvonlar organizmidagi biokimyoviy o‘zgarishlarni tekshirish, parazit va zararkunanda hayvonlarga qarshi biologik kurash choralarini ishlab chiqishda muhim o‘rin tutadi. Zoologiya fani yutuqlari tabiatga ilmiy-materialistik dunyoqarashning rivojlanishida ham katta ahamiyatga ega. Zoologiya fani to‘plagan ilmiy dalillar organik olamning rivojlanishi to‘g‘risidagi evolyutsion ta’limotni yaratish uchun asos bo‘lib xizmat qildi. Hayvonlar to‘g‘risidagi dastlabki yozma ma’lumotlar miloddan avval V-V asrga oid Misr, Xitoy va Yunon adabiyotlarida uchraydi. Lekin zoologiyaga taalluqli ilk ilmiy asarlarni miloddan IV asr avval yashab o‘tgan Arastu (Aristotel) yaratgan. Uning asarlarida 452 tur hayvonning tuzilishi, hayot kechirishi va tarqalishi tushuntirib berilgan. Arastu hayvonlarni qonlilar va qonsizlarga ajratadi. Bu gypyhlap hozirgi sistemaga muvofiq, umurtqalilar va umurtqasizlarga yaqin keladi. Hayvonlar yana 8 ta kichik guruhlarga: to‘rtoyoqlilar, tuxum qo‘yuvchi ikki oyoqlilar, tuxum qo‘yuvchi to‘rt oyoqlilar, hasharotlar, qisqichbaqasimonlar va boshqalarga ajratilgan. Arastu asarlarida organlar tuzilishining o‘zaro muvofiqligi (korrelyatsiya) va gradatsiya to‘g‘risida ham sodda fikrlar bayon etilgan. Qadimgi Rim tabiatshunoslari orasida Gay Pliniy (miloddan so‘ng 23-79 yillar) mashhur bo‘lgan. Uning 37 jildli “Tabiat tarixi” asarida o‘sha davrda ma’lum bo‘lgan barcha hayvonlar ta’riflab berilgan. Zoologiya fanining O‘zbekistonda rivojlanishi sharqning buyuk allomalari Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sinoning nomi bilan bog‘liq. Zoologiya soxasidagi dastlabki tadqiqotlar kishilar sog‘ligini saqlash uchun zarur bo‘lgan dori-darmonlar tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan. XI asrning buyuk mutafakkirlaridan biri Abu Rayhon Beruniy (973-1043) o‘zining tibbiyot soxasidagi asarlarida 101 xil hayvon va ulardan olinadigan dori-darmonlar to‘g‘risida yozib qoldirgan. Olim o‘zining “Hindiston” (1030) asarida karkidon, fil, kiyik, delfin kabi Hindistonda uchraydigan hayvonlar haqida qiziqarli ma’lumotlar keltiradi. Ayniqsa, uning delfinlar tanasining tuzilishi, ularni tovush orqali o‘zaro munosabatda bo‘lishi, karkidonning tuzilishi va tarqalishi to‘g‘risidagi ma’lumotlari e’tiborga loyiq. Abu Ali ibn Sino (980-1037) o‘zining “Kitob ash-shifo” asarida odamlarning ichagida parazitlik qiluvchi chuvalchanglar keltirib chiqaradigan kasalliklar va ularni davolash to‘g‘risida juda ko‘p ma’lumotlar keltiradi. Olim ularni turlarga ajratib “katta va uzun qurt”, “dumaloq qurt”, “qovoq urug‘iga o‘xshash qurt” , “mitti qurt” deb ataydi. Qovoqsimon qurt, mitti qurt (kichik zanjirsimon) tushunchalari zoologiyaga oid asarlarda hozir ham saqlanib qolgan. “Kitob ashshifo” yirik falsafiy asar bo‘lib, unda geologiya, botanika, matematika, astronomiya, mantiq, ilohiyotga oid ma’lumotlar kam keltirilgan. Olimning tabiiy fanlarga oid ilmiy ishlari K.Linneyga ham ma’lum bo‘lgan. Ana shu boisdan ham K.Linney o‘zi tasvirlagan o‘simliklardan biriga “Avitsenna” (Ibn Sino) deb nom bergan. Hayvonot dunyosi to‘g‘risida ilmiy ma’lumotlar Z.M.Boburning (1483-1530) shoh asari “Boburnoma”da ham keltirilgan. Asarda u o‘zi hukmronlik qilib turgan Hindistonda uchraydigan 60 dan ortiq umurtqali hayvonlar to‘g‘risida yozib qoldirilgan. “Boburnoma”da keltirilgan hayvonlar yashash muhitining xususiyatlariga ko‘ra quruqlik hayvonlari, suv yaqinida uchraydigan hayvonlar va suv hayvonlariga ajratiladi. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar hozirgi O‘rta Osiyo, shu jumladan O‘zbekiston hayvonot dunyosini o‘rganishga uzoq davr mobaynida juda kam 11 e’tibor berilganligini ko‘rsatadi. Bu soxadagi maxsus tadqiqotlarni faqat XIX asrning ikkinchi yarmida N.A.Seversov boshlab berdi. U o‘z sayohatlarida Orol dengizi, Ustyurt, Qizilqumning shimoli, Sirdaryo, Tyanshan va Pomir tog‘lari hayvonlarini va tabiatini o‘rgandi. O‘rta Osiyo hayvonot dunyosini o‘rganishda tabiatshunos olim A.P. Fedchenkoning xizmatlari ayniqsa katta. U 1868-1871 yillarda Oloy va Zarafshonda o‘tkazgan ekspeditsiyalarida 4000 hayvon turi (asosan hasharotlar)ni o‘z ichiga oluvchi 20000 ga yaqin kolleksiya to‘pladi. Uning birgina Zarafshon vodiysining yuqori qismida olib borgan tekshirishlarida 1000 dan ortiq hayvon turi yig‘ildi. Sayyoh ipakchilik bilan ham qiziqadi. A.P.Fedchenko birinchi bo‘lib O‘zbekistonda, xususan Samarqandda rishtaning biologiyasini o‘rganadi. A.P.Fedchenkoning zamondoshi V.F.Oshanin (1844-1945) Oloy vodiysi, Zarafshon va Turkiston tizma tog‘lari va Pomir tabiatini tekshiradi, Amudaryoning yuqori qismida tarqalgan hasharotlarni o‘rganadi. U “Turkiston chala qattiqqanotlilar faunasining zoogeografiyasi” (1891) kitobida 700 dan ortiq hasharotlar turi haqida ma’lumot beradi. V.F.Oshaninning tashabbusi bilan 1876 yilda Toshkentda tabiat muzeyi tashkil etildi. O‘rta Osiyo hayvonlarini o‘rganish XX asrning boshlarida, ayniqsa, jadal sur’atlar bilan olib borildi. Asrimizning 20 va 30-yillarida O‘rta Osiyo hududida yashovchi aholi o‘rtasida keng tarqalgan parazitar kasalliklarga qarshi kurashni amalga oshirishga katta e’tibor berildi. Buning uchun zoologiya fani oldiga parazit va kasallik tarqatuvchi hayvonlarni o‘rganish vazifasi qo‘yildi. Shu maqsadda O‘rta Osiyoga bir necha ekspeditsiyalar tashkil etiladi. N.I.Xodukin (1896-1954), L.M.Isaev (1868-1964) bezgak pashshalarini o‘rganib, ularga qarshi kurash tadbirlarini ishlab chiqishadi. L.M.Isaev tashabbusi bilan O‘zbekistonda bezgakni tadqiq etuvchi stansiyalar va Tibbiyot parazitologiyasi instituti tashkil etildi. Olim rishta parazitini o‘rganib, unga qarshi kurash choralarini ishlab chiqdi. O‘sha davrda amalga oshirilgan tadbirlar 50-yillarda O‘rta Osiyoda bezgak kasali va rishtani batamom tugatish imkonini berdi. 12 Asrimizning 20-yillarida zoologiya soxasidagi asosiy tadqiqotlar yangi tashkil etilgan Turkiston universitetida olib borildi. A.L.Brodskiy (1882-1943) bir hujayrali hayvonlarni o‘rganishni boshlab berdi. U Qizilqum faunasini tekshirib, chig‘anoqli soxtaoyoqlilarning yangi turlarini topadi va ularni dengiz soxtaoyoqlilari bilan yaqinligini isbotlaydi. Bu tadqiqot O‘rta Osiyo qumliklari o‘rnida qadimda dengiz bo‘lganligidan dalolat beradi. D.N.Kashkarov (1878-1941) O‘rta Osiyoda ekologik tekshirishlarni boshlab berdi. T.Z.Zoxidov Qizilqum hayvonlari ekologiyasini o‘rgandi va zoologiya sohasida bir qancha yirik asarlar yozdi. V.V.Yaxontov (1899-1970) hasharotlarni va A.M.Muhammadiev (1906- 1988) suvda yashovchi umurtqasiz hayvonlarni o‘rganish sohasida bir qancha tadqiqot ishlarini olib borishdi. O‘rta Osiyo hayvonot dunyosini o‘rganishda M.N.Narziqulov hamda R.O.Olimjonovlar (hasharotlar), A.T.To‘laganov (fitogelmintlar), M.A.Sultonov, I.X.Ergashev, J.Azimov (zoogelmintlar), S.N.Alimuhamedov (zararkunanda bo‘g‘imoyoqlilar) va boshqa olimlar ham bir qator ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishdi. Zoologiya sohasidagi izlanishlar ayni kunda ko‘plab ilmiy tadqiqot institutlari va oliy o‘quv yurtlarida olib borilmoqda
Hayvon hujayrasi xam boshqa organizmlar hujayrasiga o‘xshash tuzilgan. Hujayra tashqi sitoplazmatik membrana, sitoplazma va uning organoidlari hamda yadrodan iborat. Ammo hujayra qobig‘ining yupqaligi, qisqaruvchi tolalar - miofibrillar, sezgir nerv hujayralari va tolalari hamda hujayraning bo‘linishida ishtirok etadigan sentrosomaning bo‘lishi bilan hayvon hujayralari boshqa hujayralardan farq qiladi. Ko‘p hujayrali hayvonlar organizmida shakli, tuzilishi va organizmdagi funksiyalari o‘xshash bo‘lgan hujayralar to‘qimalarni hosil qiladi. Hayvonlar organizmida epiteliy (qoplovchi), biriktiruvchi, muskul va nerv to‘qimalari bo‘ladi.