Reja. O'rta Osiyoning tosh asri manzilgohlari tarixiy geografiyasiga tavsif


O'rta Osiyoning eneolit, bronza va ilk temir davri manzilgohlari tarixiy geografiyasi



Yüklə 41,38 Kb.
səhifə2/4
tarix24.12.2023
ölçüsü41,38 Kb.
#192705
1   2   3   4
Reja. O\'rta Osiyoning tosh asri manzilgohlari tarixiy geografiya (1)

2. O'rta Osiyoning eneolit, bronza va ilk temir davri manzilgohlari tarixiy geografiyasi.
Tosh va bronza davrlari o'rtasidagi davr eneolit (mis-tosh) deb ataladi. U miloddan avvalgi IV ming yillikning oxiri-III ming yillikning boshlarini o'z ichiga oladi. Bu davrda mis tez eruvchanligi va egiluvchanligi tufayli xo'jalik hayotda ustunlik qila olmadi. Ishlab chiqarishda avvalgidek tosh qurollar asosiy bo'lib qoldi. Shuning uchun ham bu davr mis tosh asri deb yuritiladi. O'rta Osiyoning shimoli-sharq dashtlarida va Orol dengizi sohillarida ovchilik, baliqchilik va ilk chorvachilik xo'jaliklari rivojlandi. Buxoro vohasidagi Lavlakon, Beshbuloq makonlari va Zamonbobo qabristonining eng pastki qatlamlari eneolit davriga oiddir.
Yuqori Zarafshonning Panjikent shahridan 15 km g'arbda joylashgan Sarazm qishlog'i xarobasi muhim arxeologik yodgorlikdir. U dehqonchilik qabilalarining O'rta Osiyo shimoli-sharqiga yoyilganligidan dalolat berib, qadimgi dehqonchilik aholisining geografik chegaralarini ham ko'rsatadi. Sarazm qishlog'i xarobasi 90 gektar maydonda joylashgan 10 ta tepalikdan iborat.
Shimol tomonda Qoraqum cho'li, janubi-g'arbda Kopetdog' bilan chegaralangan Turkmaniston yerlari quruq va issiq iqlimli o'lkadir. Joytun madaniyati asosida Anov I-II va Nomozgoh I-III davrlariga mansub eneolit zamoni madaniyati keng tarqalgan. Janubiy Turkmaniston hududida eneolit davriga oid ko'plab makon-tepa topilgan. Ularning asosiy qismi Ashxobodga yaqin joyda va Geoksyur vohasida (quyi Murg'ob va Tajan daryolari orasida) joylashgan. Geoksyur vohasi 8 ta qadimgi qishloqdan iborat. Olimlarning fikricha, vohada 4000-5000 kishi istiqomat qilgan. Eneolit davrida hayot kechirish uchun ancha keng hududlar o'zlashtirilgan. So'nggi eneolit davrida dehqonchilik bilan mashg'ul bo'lgan qabilalar quyi Murg'obda ham tarqaladi. Murg'ob vodiysida kanal-ariqlar qazib, suv chiqarish imkoni bo'lgan joylarda sug'orib ekiladigan dehqonchilikning turli shakllari vujudga keladi. Bu hududlarda ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari taraqqiyoti darajasi yuqori bo'lgan. Sug'orma dehqonchilik va chorvachilik xo'jalikda muhim o'rin tutgan. Eneolit davri odarnining eng katta ishlab chiqarish g'alabasi — irrigatsiya va sug'orish texnikasi rivoj topgan davrbo'ldi.
O'rta Osiyoda bronza davri miloddan avvalgi III ming yillikdan I ming yillikning boshlarigacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi. Bronza - mis bilan qalay qotishmasidan iborat. Bu davrda dehqon­chilik va chorvachilik O'rta Osiyo xo'jaligining asosiy sohalari bo'lgan. Metalldan ishlangan qurollar qadimgi iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotni tezlashtirgani bois O'rta Osiyo cho'llarida yashagan qabilalar boshqa aholidan ajralib chiqadi va asosan chorvachilik bilan mashg'ul bo'ladi. Chorvachilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishi dastlabki mehnat taqsimotidir. Bu jarayon miloddan awalgi II ming yillikda yuz berdi.
Janubiy Turkmanistonda bronza davriga oid madaniyat ikki bosqichga bo'linadi. Bulardan birinchisi Nomozgoh IV-V ilk va rivojlangan bronza davri bo'lib, miloddan avvalgi III ming yillikning o'rtalari-II ming yillikning birinchi yarimiga mansubdir. Yodgorliklari asosan g'arbda Qizil Arvat shahridan boshlab, sharqda Tajan daryosi va quyi Murg'ob bo'ylarigacha tarqalgan. Ikkinchisi Nomozgoh VI so'nggi bronza davri bo'lib, miloddan awalgi II ming yillikning ikkinchi yarmiga oiddir. lining yodgorliklari Kopetdog' atrofi va quyi Murg'ob vohasida joylashgan. So'nggi bronza davrida Janubiy Turkmanistonning turli hududlariga O'rta Osiyoning shimoliy dashtlaridan kehb chiqqan chorvador qabilalar tarqalgan.
Surxondaryo, Zarafshon vohasi va Xorazmda ham bronza davri yodgorliklari topilgan. Surxondaryo issiq iqlimli o'lka bo'lib, shimol, shimoli-g'arb va sharqda . Hisor, Ko'hitog', Bobotog', janubda Amudaryo bilan chegaralangan. Qadimgi sug'orish yerlari tog' tizmalariga yaqin joylashgan. Bu hududdan . Sopollitepa, Jarqo'ton manzilgohlari topib o'rganilgan.
Quyi Zarafshorming bronza davri yodgorliklari Zamonbobo ko'li yaqinidan topilgan bo'lib, Zamonbobo madaniyati nom bilan ataladi. Zamonboboliklar chaylasimon kulbalarda istiqomat qilib, dehqonchilik va xonaki chorvachilik bilan shug'ullanganlar. Shuningdek, hunainiandchilikning turli tarmoqlari, xususan, kulolchilik, bronzani eritib, har xil ashyolar yasash va toshni ishlash texnikasi ancha rivojlangan.
Bronza davriga oid yana 50 dan ziyod yodgorliklar Xorazmdan topilgan bo'lib, ular Tozabogyob madaniyati norm bilan ataladi. Shuningdek, Xorazmdagi so'nggi bronza davriga oid yodgorliklar Amirobod madaniyati nomi bilan mashhur bo'lib, miloddan avvalgi IX- VIII asrlarga oiddir.
O'rta Osiyodan topilgan eng qadimgi buyumlar miloddan avvalgi IX-VIII asrlar oid bo'lsa-da, ulardan ko'pi miloddan awalgi VII-VI asrlar bilan sanalashtirilgan. Miloddan awalgi I ming yillikning boshlariga oid yodgorliklardan Janubiy Turkmanistonda 46 ta qadimiy qishloq xarobasi ma'lum, bunday xaroba Surxondaryoda 8 ta, Qashqadaryoda 7 ta topilgan. Quyi Murg'obda Yoztepa, Arvalitepa, Ko'hnatepa, Uchtepa, Surxondaryodagi Kuchuktepa, Bandixon I va Qiziltepa, Qashqadaiyodagi Yerqo'rg'on, Chiroqchitepa va Sangirtepa ham shunday xarobalar sirasiga kiradi. Yodgorliklaming eng qadimgi madaniy qatlamlari temir asriga o'tish davriga xosdir.
Miloddan awalgi I ming yillikning boslilarida Farg'ona vodiysida Chust madaniyati rivojlanadi. Namangan, Andijon va O'sh (Qirg'iziston) viloyatlarida ko'piab qadimgi makonlar topib o'rganilgan. Chust, Dalvarzin, Ashkoltepa, Boztepa, Chimboy va boshqalar shular jumlasidandir.
Temir qurollarning keng tarqalishi mehnat unumdorligini oshirdi. Bu jarayon yanada rivoj topgan ishlab chiqarish usuliga o'tilishiga zamin hozirladi. Urug' jamoasi o'rnini hududiy qo'shnichilik jamoasi egallay boshladi.

Yüklə 41,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin