Reja: O’sish va rivojlanishning kritik davrlari



Yüklə 40,67 Kb.
tarix20.11.2023
ölçüsü40,67 Kb.
#162214
1. O’sish va rivojlanishning kritik davrlari. Odam hayotini davr-fayllar.org


1. O’sish va rivojlanishning kritik davrlari. Odam hayotini davrlarga bo’lish


Reja:
1. O’sish va rivojlanishning kritik davrlari.


2. Odam hayotini davrlarga bo’lish.
3. O’smirlik davri.
4. Ontogenez.



O‘sish va rivojlanishning kritik davrlari


Rivojlanish davrlarning almashinuvida keskin strukturaviy va
funksional
o‘zgarishlar tufayli, organizm turli omillarga nisbatan o‘ta
ta‘sirlanuvchan bo‘lib qoladi,
shunining uchun bu bosqichlar ―kritik davrlari‖ yoki
―burilish davrlari‖ deyiladi.
Odam ontogеnеzida quyidagi kritik yoki burilish darvrlari
ajratiladi:
- gamеtogеnеz (spеrmato- va ovogеnеz),
- urug‘lanish,
- implantasiya (prеnatal davrining 1-xaftaning ohiri),
- platsеntasiya va organogеnеzning boshlang‘ich bosqichlari
(prеnatal davrining 3—8-xaftasi),
- bosh miyaning shiddatli o‘sish davri (15—20-xaftasi), jinsiy
apparati va boshqa funksional tizimlarning shakllanishi (20—24-
xaftasi),
- tug‘ilish davri;chaqaloqlik (1 oygacha), go‘daklik (1 yilgacha),
jinsiy yеtilish davri (11 — 16 yosh).
To‘qima va organlarning, va butun organizmning rivojlanishini
bеlgilovchi asosiy jarayonlar, aynan aytib o‘tilgan kritik davrida
ro‘y bеradi. Bunday davrda organizmda
turli omillar (chеkish, giyoxvand moddalar, narkotiklar, suv va
ovqatdagi noxush
moddalar, organizm uchun yot bo‘lgan moddalarning ko‘payib
borishi, ekologik



noqulay omillar, ijtimoiy strеss va boshq.) ta‘sirida


morfologik, funksional va ruxiy buzilishlar ro‘y bеrish mumkin.
Bugungi kunda chaqaloqlarning o‘sish va rivojlanishdagi
qator ko‘rsatkichlarining (ko‘z o‘tkirligi kamayishi, tishlarning
kasallanishi, qomatning buzilishi) salbiy tomonga siljishi aynan
kritik davrlarida namoyon bo‘lishi, bugungi kunda noqulay
ekologik omillarning ta‘siri bilan ko‘proq bog‘liq.
Rivojlanishning e‘tiborga loyiq bo‘lgan kritik davrlardan biri-
tug‘ilish davridir. yangi tug‘ilgan chaqaloq mutloq yangi
sharoitda hayot kechishiga moslashadi. Zarur moddalarning
barchasini ona qonidan tayyor holda olib turgan chaqaloq
birinchi mustaqil nafas olishga o‘tadi. Ilk bor nafas olish bilan
bir vaqtda, qon aylanish tizimining faoliyati keskin o‘zgaradi:
o‘pka kapillyarlari ochilib, kichik qon aylanish
doirasi faoliyat ko‘rsata boshlaydi. Homila ona qornidagi
harorat muvozanatligidan (370
C) harorati ancha past bo‘lgan (20-22
C) sharoitga o‘tadi. Tana harorati doimiyligini
saqlovchi mexanizmlar ancha zo‘riqadi. Umuman, chaqaloqlik
davrida organizm tizimlarining barchasida sezilarli faol
o‘zgarishlar kuzatiladi.
Chaqaloq ilk ko‘rgan narsalar taassuroti ostida bir umr qoladi.
Shuning uchun tug‘ilgandan keyin ko‘p vaqt o‘tmasdan
chaqaloq onasini ko‘rishi, qo‘yniga kirishi kerak, og‘iz suti
yig‘ilib qolmasdan, to‘yib emishi zarur. Chaqaloqqa sut ilk bor
so‘rg‘ich orqali berilsa, u keyin so‘rg‘ichni ona ko‘kragidan afzal
ko‘radi, hatto onasini emmay qo‘yishi mumkin.



Yana muhim kritik davrrlardan bittasi – jinsiy yеtilish, ya‘ni


o‘smirlik davridir. Bu davr davomida organizmda shiddatli
morfologik va fiziologik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. O‘smirlik
davrini ikkinchi o‘sish davri ham deyishadi, chunki
organizmning bo‘yiga o‘sishi yanada jadallashadi. O‘smirlarga
emosional beqarorlik xos bo‘lib, ish qobiliyati pasayyadi. Shu
sababdan ular tez charchaydi. Bu o‘zgarishlarning hammasi
gipotalamo-gipofizar tizim faollashib, jinsiy bezlarni
rag‘batlantirishi, jinsiy gormonlarning qondagi miqdori
ortishining natijasidir. Organizm gormonal holatining
o‘zgarishi jinsiy organlarning o‘sishi, ikkilamchi jinsiy
belgilarning shakllanishi, bolalarning tashqi qiyofasi o‘zgarishi,
balog‘atga yеtishga olib keladi. O‘spirinlik davri
tugashi bilan inson o‘z-o‘zini anglash kamolotga yеtadi. Bu
vaqtga kelib organizmning bo‘yiga o‘sishi ham to‘xtaydi



Odam hayotining davrlarga bo’linishi


Odam organizmining rivojlanishi uzluksiz jarayon sifatida inson
hayotining barcha davrida davom etadi. Odam hayotining har bir
davrida shu davrning xarakterli xususiyatlari, oldingi davrning
qoldiqlari va kelgusi davrning kurtaklari paydo bo'ladi. Bu
davrlarda organizm ketma-ket morfologik biokimyoviy va
fiziologik o'zgarishlarga uchraydi. Bu o'zgarishlar o'sish va
rivojlanish bosqichlarini yuzaga keltiruvchi irsiy faktorlarga
bog'langan.
Bola organizmi voyaga yetgan organizmdan bir qator belgilari
bilan farq qiladi. Tana vaznining ortishidagi, alohida a'zolar va
to'qimalarning kattalashuvidagi eng jadal o'zgarishlar bola
hayotining birinchi yilida va bolalik davrida yuzaga chiqadi.
Voyaga yetgan davrda organizmning o'sishi to'xtaydi, lekin
funksional
differensiyalashuvi
va
reflektor
faoliyati
takomillashuvi ichki kortikal aloqalarning rivojlanishi va
murakkablashuvi hisobiga davom etadi. Qarish jarayoni o'ziga
xos bo'lib, bir qator qayta rivojlanish bilan bog'liqdir.
Bolaning rivojlanish davrlari tana va a'zolar og'irligi va kattaligi,
skelet suyaklarining qotish darajasi, tishlarning paydo bo'lishi,
ichki sekretsiya bezlaridagi birlashtiruvchi to'qimalarning
rivojlanishi, kortikal faoliyat tavsifi va boshqa belgilar asosida
aniqlanadi. Lekin, hozirgi davrgacha, yoshga oid davrlarni
tizimlashtirish uchun asos bo'ladigan universal umumiy biologik
funksional va morfologik belgilarning to'liq ro'yxati aniqlangani
yo'q. Yoshga oid davrlar tizimi N.P.Gundobin tomonidan tavsiya
qilingan bo'lib tizimlashtirishda bir tomondan organizmning
asosiy rivojlanish qonuniyatlari, ikkinchi tomondan, bolalik va
o'smirlik davrida tarbiyalashni tashkil qilish masalalari hisobga



olingan. Shuning uchun quyidagi: yasli, bog'cha, boshlang'ich,


o'rta va yuqori maktab yosh davrlarini pedagogik davrlar deb
ham yuritsa bo'ladi. Bolalik davrining tizimi quyidagicha tavsiya
etilgan
Ona qornidaga rivojlanish davri. Ushbu davr, homila
ovqatlanish, nafas olish, harorati va boshqa omillari masalalarida
ona organizmi bilan to'liq bog'liqdir. Bu davrda homilaning o'sishi
va rivojlanishi tez sodir bo'ladi.
Yangi tug'ilgan davri. Bu davr 2-3 haftani tashkil qiladi. Ushbu
davr tug'ilish momentidan boshlanib, to 2,5-3,5 haftagacha
davom etadi va organizmni tashqi muhit sharoitiga moslashuvi
bilan tavsiflanadi. Yangi tug'ilgan bolada ilk bor o'pka orqali nafas
olish sodir bo'ladi va o'pkada qon aylanish funksiyasi boshlanadi.
Ona organizmi orqali ovqatlanish o'rniga bolaning shaxsiy ovqat
hazm qilish trakti funksiyasi orqali ovqatlanishi amalga oshadi,
analizatorlar ham organizm faoliyatida faol ishtirok etadi. Ushbu
davrda homilaning oziqlanishini ta'minlaydigan tizimning uzilib
tushishi va kindik yarasining tuzalishi sodir bo'ladi, tana og'irligini
oldin kamayishi so'ngra esa tiklanishi va ortishi boshlanadi
3. Chaqaloqlik davri. Bu davr bir yilgacha davom etadi. Ushbu
davrda tana uzunligi 1,5 barobar kattalashadi va o'rtacha 75 sm
ga yetadi, og'irligi uch barobar ortadi va 9-10 kg atrofida bo'ladi,
asosiy almashinuv ortadi, endokrin bezlar funksiyasi tezlashadi,
nutqni harakatlantiruvchi analizatorlari ancha rivojlanib bola
gapirishni boshlaydi, lekin so'z boyligi kam bo'ladi, ya'ni atagi 10
tacha so'zni tashkil qiladi.
4. Yasli yosh davri. Bu davrda 1 yoshdan to 3 yoshgacha davom
etadi. Ushbu davrda o'sish va tana og'irligining ortishi birmuncha



pasayadi, lekin bola yurish va so'z nutqi ko'nikmalariga ega


bo'lishi oqibatida, ularning atrof-muhit bilan muloqot qilish
sohasi kengayadi. Bolada o'zini o'zga odamlardan farqlay olish
qobilyati paydo bo'ladi (ismini aytib chaqirganda qaraydi, qo'lini
beradi va h.k). A'zolarning tuzilishi va funksiyalari takomillashadi
5. Maktabgacha yosh davri. Bu davr 3 yoshdan to 7 yoshgacha
davom etadi. Ushbu davrda bilish jarayonlari (xotira, tafakkur,
ijodiy fikrlashga harakat) jadal rivojlanadi, skelet suyaklarining
qotishi va suyak-mushak tizimining mustahkamlanishi jadal sodir
bo'ladi,
bolaning
harakatlari
ancha
turli-tuman
va
koordinatsiyalangan holda sodir bo'ladi, yangi tug'ilgan
davrdagiga nisbatan mushaklarning kuchi 4-5 marotaba oshadi
va yurak faoliyati sezilarli darajada yaxshilanadi, miyasining
og'irligi kattalashadi va 7 yashar bolada 1250 grammni tashkil
qiladi, shartli reflektorli aloqalar ko'p sonli bo'ladi, shartli
tormozlanish rivojlanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar bo'yiga bir tekisda o'smaydi.
Avvaliga yiliga 4-6 sm, 6-7 yoshda 7-10 sm gacha o'sadi va buni
bo'yining birinchi fiziologik cho'zilish davri deb ataladi.
Bolalarning vazni ham bir xilda ko'paymaydi. 4 yoshli bolaning
og'irligi qariyb 1,6 kg ga ko'payadi, 5 yoshda 2 kg ga yaqin, 6
yoshga borib 2,5 kg, ya'ni o'rtacha hisobda yiliga 2 kg ga
ko'payadi. 6-7 yoshga borib, bolaning og'irligi 1 yasharligidagiga
nisbatan 2 baravar oshishi kerak. Bu yoshda teri tobora
qalinlashadi, elastiklashadi, unda qon-tomirlar soni kamayadi, u
mexanik ta'sirlarga anchagina chidamli bo'lib qoladi. 6-7
yoshgacha bo'lgan bolalar terisining sirti 1 kg vaznga nisbatan
hisoblanganda kattalarnikiga qaraganda ko'proq bo'ladi, shu
sababli ular saiga issiqlab ketishi yoki sovuq qotishi mumkin



6. Kichik maktab yoshi davri. Bu davr 7 yoshdan to 12 yoshgacha


davom etadi. Ushbu davrda o'sish va skelet suyaklarining qotishi
davom etadi, oyoqlarning o'sishi hisobiga tana proporsiyalari
o'zgaradi, mushaklar jadal rivojlanadi, katta yarim sharlar
po'stlog'ining integratsiyalovchi roli ortadi, tormozlanish
jarayonlari kuchayadi. Jigar, buyraklar, o'pka, yurak va boshqa
a'zolar hamda to'qimalarning strukturaviy va funksional
differensiyalashuvi yakuniga yetadi. Timus bezini qayta
rivojlanishi boshlanadi. Qalqonsimon bez va gipofizning
funksiyasi kuchayadi. Jinsiy bezlarning gormonal ta'siri
boshlanadi
7. O'rta maktab yosh davri. Bu davr 12 yoshdan to 15 yoshgacha
davom etadi. Bu davr jadal o'sish va tana vaznining ortishi bilan
tavsiflanadi. Tana proporsiyalari sekin-asta voyaga yetgan inson
ko'rsatkichlariga yaqinlashadi. Jinsiy voyaga yetish (o'g'il bolada
13-14, qiz bolada 11-12 yosh) va jinsiy bezlar gormonlarining
ta'sirini ortishi ostida qalqonsimon bezning funksiyalari
kuchayadi, timus qayta rivojlanishga (involyutsiyaga) uchraydi.
Bosh miya katta yarim sharlarining qobig'i «organizmning barcha
funksiyalarini bosh boshqaruvchisi va taqsimlovchisi» sifatida
faoliyat ko'rsatadi. Qo'zg'alish va tormozlanish jarayonlari
muvozanatlasha boradi, farqlash va umumlashtirish funksiyalari,
ayniqsa,
ikkinchi
signal
tizimining
rivojlanishi
tufayli
murakkablashadi
8. Yuqori maktab yoki o'spirinlik yosh davri. Bu davr qiz bolada
13 yoshdan to 18 yoshgacha, o'g'il bolada 15-16 yoshdan to 19-
20 yoshgacha davom etadi. Ushbu davr jinsiy bezlar
funksiyasining kuchayishi, ikkilamchi jinsiy yakunlanishi bilan



tavsiflanadi. Boshqa ichki sekretsiya bezlarining, ayniqsa, gipofiz


va qalqonsimon bezning funksiyalari ham kuchayadi. Barcha
a'zolar va tizimlar funksiyasi, uzluksiz rivojlanish oqibatida,
sezilarli darajada takomillashadi.
Iqlim va iqtisodiy sharoitga qarab qizlarda jinsiy yetilish taxminan
12-14 yoshdan boshlanib, 16-18 yoshlarda tugaydi, o'g'il
bollalarda 13-15 yoshdan boshlanib, 18-20 yoshlargacha davom
etadi. Eng avvalo jinsiy belgilar paydo bo'ladi: qovg'a va
qo'ltiqdan jun chiqa boshlaydi, qizlarda sut bezlari kattalashadi,
o'g'il bolalar ovozi do'rillab qoladi. Jinsiy bezlarning yetilganlik
alomati: qizlarda hayz ko'rish, o'g'il bolalarda ixtilom boshlanadi.
O'smirning vazni ortadi, bir yilda taxminan 3-5 kg semiradi.
O'smirlar uchun tez o'sish, gavda proporsiyasining buzilishi
xarakterli. Ularning bo'yi bir yilda taxminan 10 sm o'sadi, o'g'il
bolalarga qaraganda qizlarning zo'r berib o'sishi ertaroq
boshlanadi. O'smirlarda gavda, to'qima va a'zolarning barcha
qismlari tez o'sadi va rivojlanadi, ularning uzunlashishi yaqqol
seziladi. O'g'il bolalarning tanasi, qo'l, oyoq va chanoq
ko'ndalangiga biroz o'sgach cho'ziladi. Yuz o'zgaradi, ko'krak
qafasi shakli kattalarnikiga o'xshab qoladi. Gavdaning ayrim
qismlarini notekis o'sishi harakatlar uyg'unligining vaqtincha
buzilishiga olib keladi. O'smir beso'naqay va qo'pol bo'lib qoladi.
15-16 yoshdan so'ng bu hodisalar sekin-asta o'tib ketadi. Bu
davrda o'smirlarning partada to'g'ri o'tirishiga ahamiyat berish
kerak, chunki gavdasini noto'g'ri tutib o'tirish, umurtqa pog'onasi
qiyshayib qolishiga olib keladi.
Chin tovush boylamlari hayotning birinchi yilida va 14-15 yoshda
ayniqsa tez o'sadi. 12 yoshdan boshlab tovush boylamlari o'g'il



bolalarda qizlarga nisbatan uzun bo'ladi, o'g'il bolalarning ovozi


do'rillashi shu bilan izohlanadi.
O'smirlarda o'pka tez o'sadi, umumiy hajmi kengayadi, 12 yoshga
yetganda uning o'pkasi chaqaloqnikiga qaraganda 10 marta
kattalashadi.
O'smirlarning turli a'zolarida funksonal o'zgarishlar kuzatiladi.
Yurak hajmi kattalashadi, «yoshlar yuragi» yoki «o'smir yuragi»
hosil bo'ladi, quloq solganda shovqin eshitiladi. Ko'pchilik
holatlarda qon bosimining oshishi (yoshlar geppertoniyasi),
yurakning kuchliroq tepishi, tomirninng tez urishi kuzatiladi
(bazan bosim pasayib, puis siyraklashadi), hansirash, chakka
sohasi og'rishi mumkin. Ayrimlarida to'satdan qisqa muddat
bosh aylanishi, xushdan ketish (ko'pincha qizlarda), me'da ichak
yo'llarining har xil bo'limlarida qisilish holati kuzatiladi. Uzoq vaqt
tik turganda, qimirlamay o'tirganda bosh aylanishi, yurak va
qorin sohalarida noxush sezgi paydo bo'ladi. Majburan uzoq vaqt
tik turganda ayrim o'smirlar xushidan ketishi va qusishi mumkin.
Ularning rangi oqaradi, qo'l barmoqlari muzdek bo'lib qoladi,
ba'zan ko'kimtir rangga kirishi ham mumkin. Bu hodisalaring
barchasi yotgandan so'ng o'tib ketadi. Bunday o'smirlarda juda
ko'p terlash, qizil dermografizm (teriga tirnoq bilan chizganda
qizil yo'l qoladi), kayfiyatining darrov o'zgarishi kuzatiladi.
Bunday hodisalarga shu yoshga xos vegetativ asab tizimi va
endokrin tizimning beqarorHgi, ruhiy va jismoniy zo'riqish sabab
bo'ladi. Yosh ulg'ayishi bilan bu alomatlar, odatda o'z-o'zidan
o'tib ketadi, ammo shunday hodisalar paydo bo'lganda uning
haqiqiy sababini aniqlash uchun, albatta, shifokorga uchrashi
lozim.



Moskvada yosh fiziologiyasi va jismoniy tarbiya instituti


tomonidan 1965-yilda yoshga oid davriylik muammolariga
bag'ishlab o'tkazilgan simpozium barcha ilmiy, ta'lim, davolash
va boshqa tashkilotlarga quyidagi yoshga oid davriylik
sxemasidan foydalanishni tavsiya qilgan:
1. Yangi tug'ilgan davr - birinchi 10 kun;
2. Go'daklik yosh davri - 1 yoshgacha;
3. Ilk bolalik davri - 1-3 yosh;
4. Birinchi bolalik davri - 4-7 yosh;
5. Ikkinchi bolalik davri - o'g'il bolalar 8-12 yosh, qiz bolalar 8-
11yosh;
6. O'spirinlik davri - o'g'il bolalar 13-16 yosh, qiz bolalar 12-15
yosh;
7. Navqironlik davri - o'g'il bolalar 17-21 yosh, qiz bolalar 16-20
yosh;
8. Yetuklikning birinchi davri: erkaklar 35 yoshgacha, ayollar 21-
35; ikkinchi davr: erkaklar 36-60 yosh, ayollar 36-55 yosh;
9. Qarilik yoshi-erkaklar 61-71 yosh, ayollar 56-74 yosh;
10. Keksalik yoshi-erkaklar va ayollar 90 yoshgacha;
11. Uzoq umr ko'ruvchilar - erkaklar va ayollar 90 yosh va undan
yuqori.
Keyinchalik har bir yoshga oid davrni eksperimental asoslash
paytida ushbu davriylikka aniqlik kiritilishi mumkin.
Har qanday yosh guruhi ancha nisbiy bo’ladi, chunki
organizmning o’sishi va rivovlanishi to’xtovsiz jarayon bo’lib,
uning nasliy omillariga bog’liq. Ammo ba’zan bir shaxslarda



rivojlanish tezligi indivi­dual xususiyatlarga ega bo’lishi mumkin.


Bunday holatlarda rivojlanish (tezligining individual o’zgarishi
haqida gap boradi. Ba’zi bolalarda rivojlanish tezligi ortib,
biologik jihatdan rivojlanish darajasi kalendar (yil hisobidagi)
yoshidan ortiq bo’ladi; buning teskarisi ham bo’lishi mumkin.
Shuning uchun jismoniy tarbiya va sportda kalendar va biologik
yosh tushunchalarini aniqlash zarur bo’ladi.
Kalendar yoshi - bu tug’ilganidan boshlab to tekshirishgacha
o’tgan davr bo’lib, u kuni va yili bilai belgilanadi. Biologik
(fiziologik) yoshi organizmning morfofunksional xususiyatlari -
jismoniy rivojlanishi, salomatlik darajasi, aqliy va jismoniy ish
qobiliyatlari organizmning funksional imkoniyatlari bilan
belgilanadi, lekin bu ham vaqt birligida ifodalanadi. Ko’pincha
organizmning kalendar yoshi uning biologik yoshi bilan mos
kelmaydi: shaxs prepartidagi yoshga nisbatan biologik jihatdan
katta yoki kichik bo’lishi mumkin. Shuning uchun jismoniy tarbiya
va sport jarayonida kishining faqat pasportidagi yoshini emas,
balki biologik yoshini ham hisobga olish zarur.
U yoki bu yosh davrini ta’riflaydigan yosh xususiyatlarini
tekshirish va yoshning davrlarga bo’linishi muammosi jismoniy
tarbiya va sport faoliyatida muhim axamiyatga ega.
Organizmning o’sish va shakllanishini bilish, uning har bir yosh
bosqichlaridagi funksional imkoniyatlarini va xususiyatlarini
aniqlash sportda muvvafqiyatga erishini ta’minlaydigan jismoniy
mashqlar kompleksini optimal darajasini belgilash imkoniyatini
beradi.
Jismoniy tarbiya o’qituvchilari, shuningdek sport bo’yicha
ustozlar asosan maktab yoshidagi bolalar va o’smirlar bilan
ishlaydilar, shuning uchun ham anatomik-fiziologik jihatdan



yoshki davrlarga bo’lishidan tashqari bolalarni kichik maktab


yoshidagi, o’rta maktab yoshidagi va katta maktab
yoshidagilarga ajratish qabul qilingan. Bundan tashqari bitta sinf
yoki mashq qilish guruhida turli yoshdagi bolalar bo’lishi
mumkin.
Organizmning rivojlanish jarayonida bir nechta kritik davrlar
bo’lib, ularda bolalar rivojlanishi buzilmasligi uchun ular alohida
yaxshi sharoitlar bilan taminlanishi zarur. Embrionlik davrida
ayniqsa 3-4 va 7-11 nchi haftalar havfli bo’lib, unda organizmning
eng muhim organlari hosil bo’ladi va asab hujayralari
ko’paymadi.
Bola tug’ilganidan keyin birinchi kritik davr bolaning 2-2,5
yoshida yuzaga kelib, bu davrda bolada harakat aktivligi keskin
ortadi, markaziy asab sistemasining faoliyati takomillashadi,
nutq, in­tellektual va jismoniy rivojlanish kuchayadi. Bu
yoshlarda har qanday fiziologik sistemaning ayniqsa asab
sistemasi faoliyatining buzilishi, ruhiy rivojlanishining ushlanishi
yuzaga kelishi mumkin.
Bola tug’ilganidan keyin ikkinchi kritik davr 6-8 yoshlarida
kuzatiladi. Bola maktabga boradi, undagi avvalgi stereotiplar
buziladi, shiddatli aqliy ish boshlanadi, jismoniy ish ko’payadi.
Bunday o’xgarishlar ta’sirida fiziologik sistemalardan ayniqsa
kuchsizlarining faoliyati buzilishi mumkin.
Rivovlanishning uchinchi kritik davri 11-15 yoshlarda bo’lib,
balog’atga etish bilan bog’liq bo’ladi. Jinsiy gormonlar
ajratishining keskin ortishi bilan hamma gormon sistemalarining
balansi buzilishi kuzatiladi. Organizm o’sishi va rivojlanishining
keskin kuchayishi yuzaga keladi. O’smirlarda ko’pincha asab
sistemasi faoliyatining buzilishi kuzatiladi, vegetativ asab



sistemasining faoliyati buzilishi, uning oqibatida vegetativ


funksiyalarining izdan chiqish sodir bo’lishi mumkin
1.3. Hozirgi zamon bolalari va o’smirlari rivojlanishining
xususiyatlari
Hozirgi zamon bolalari va o’smirlari rivojlanishining xususiyatlari
nimadan iborat? Ular o’sishi chidamiyligi, intellektual rivojlanishi
bilan o’zlarining 50-yillardagi tengdoshlaridan farqlanadim? Ha
farqlanadi farqlanganida ham juda ancha. Bu tafovutlarni
tushinish uchun hozir ommaviy bo’lgan "akselerasiya" (lotincha
«akselerasiyu» - "tezlatish") termini bilan belgilanadigan
hodisasini qarab chiqi kerak.
Akselerasiya tushunchasi hozirgi zamon bolalari va o’smirlari
rivojlanishining asosiy xususiyatlari bo’lgan jismoniy rivojlanish
va jinsiy yetilishni ifodalaydi.
Hozirgi vaqtda bolalar rivojlanishi embrional davodayoq
tezlanishi va uni hayotining tez o’sish davrida ya’ni organizmning
o’sish rivojlanish jarayonlari tugashigacha davom etishi haqida
dalillar bor.
Akselerasiya o’smirlik davrida (11-16 yoshlar) eng shiddatli
bo’ladi. Bu hodisaning butun to’plami shu asr boshlanishidan
sekin asta qator mamlakatlarni va kontinentlarni egallab "asr
intilishi" nomini oladi.
Bolaning embrional davridayoq rivojlanishining o’zgarishlari
shundan ma’lumki, tug’ilgan bolaning og’irligi hozirgi vaqtda 100
yil oldingiga nisbatan 100-300 gr. ko’p. Shuningdek bola o’rni
bola yo’ldoshi ham kattalashgan. Hozirgi vaqtda tug’ilgan
chaqaloq 4 oylik bo’lganida vazni ikki marta ortadi, ilgari esa 6
oylikda ikki mar­ta ortgan. Gavdaning uzunligi ya’ni bir yoshli



bolalarning bo’yi 75-100 yil oldingi bolalarga nisbatan 5 sm.ga,


vazni esa 1,5-2 kg.ga ortiq.
Maktab yoshigacha bo’lgan bolalarning bo’yi keyingi 100 yil
davomida o’rtacha hisobda 10-12 sm.ga ortgan. Rivojlanish
akselerasiyasini yaxshisi maktab bolalarida o’rganish ma’qul
hozirgi 9 yoshli bola og’irligi va bo’yi bilan 1940 yillargacha
bo’lgan 10 yoshli bolalarga teng ke­ladi. 14-16 yoshli o’cmirlar
esa o’tgan asrning 70-yillardagi tengdoshlariga nisbatan 15-20
sm.ga baland, balog’atga yetilishda 2 yil oldin (qizlar 12-13
yoshida, bolalar 14-15 yoshida) turadi.
Shaxsning haqiqiy biologik yoshi "ma’lum suyaklardagi
tog’ayning suyaklanishi" bilan belgilanadi. Hozirgi vaqtda
suyaklanish muddatlari o’zgargan. U hozir yaqin 1960-
yillardagiga qaraganda 1-2 yil oldin boshlanib 1-2 yil oldin
tugaydi. Gavdaning o’sishi ham tez tugaydi: agar oldingi asrda
erkaklar 26 yoshgacha o’sgan bo’lsalar. 1940-yilgacha 21
yoshgacha, hozir esa 18-19 yoshgacha, qizlar esa 16-17
yoshgacha o’sadilar. O’sish, rivojlanish va jinsiy yetilishning tez
tugashi tegishli funksiyalarning erta so’nishini yuzaga keltirmay,
balki aksinchadir. Ovrupa ayollarida hayz ko’rish 19 asr
boshlaridagi 16,5 yoshdan 12,5-13 yoshgacha (yirik shaharlarda)
o’zgargan. Kattalarda keyingi 100-150 yil ichida gavda hajmi
kattalashgan, lekin bolalar va o’smirlarga nisbatan ham.
Ayollarda menopauza (hayz ko’rishning to’xtashi) 6-8 yilgacha
kechikkan. Kattalardagi bu somatik va fiziologik rivojlanishining
o’zgarishlari yig’indisi ko’pincha "sekulyar trend" (asr yo’nalishi)
termini bilan yuritiladi, bu o’sayotgan avlod rivojlanishining
akselerasiyasini ham o’z ichiga oladi. Shu bilan bir vaqtda
kishilarning umri uzaygan. Shunday qilib akselerasiyasi kishi
hayotining hamma bosqichida – tug’ilganidan to umrining



oxirigacha o’tadi va erta qarish yoki umrining qisqarishiga olib


bormaydi.
Hozirgi zamon bolalari ba’zida faqat o’sish yoki balog’atga yetish
bo’yicha
tezlashadi;
ko’pincha
akselerasiya
hamma
ko’rsatkichlarga (o’sish, og’irlik, ko’krak qafasining aylanasi)
tegishli bo’lib, tezlashgan va er­ta tugaydigan jinsiy rivojlanish
bilan kuzatiladi. Akselerasiyaning oldinga ikkita turi o’smirning
konstitusiya va nasliy xususiyatlarini aks ettiradi. Akselerasiya
sabablariga organizmning individual hayoti davomida ta’sir
etadigan tashqi muhit omillari va irsiy o’zgarishi bilan bog’liq
ichki-endogen omillar kiritiladi.
Akselerasiya hodisalari to’liq qiymatli ovqat (yetarli miqdorda
oqsilga ega) istyemol qilish, asab sistemasining shiddatli yukdash
bilan gipofizik faoliyatini kuchaytiradigan ancha uzoq muddatli
yorug’lik ta’siri, genetik polimorfiz (millatlarning aralashishi)
nurlanish darajasining ortishi va kimyoviy omillar tasiri bilan
tushuntiriladi.
Akselerasiya sababli organizmning jismoniy imkoniyatlari ortadi,
skelet mushaklari erta yetiladi. Yosh rekordsmen - sportchilar,
hatto og’ir atletikachilar 14-13 yoshida dunyo bo’yicha
birinchilikni oladi, ayollar sport gimnastikasi "bolalar sportiga"
aylanmoqda, chunki katta yoshli o’smir-qiz bajargan mashqlarni
bajaraolmaydi.
Rivojlanishi sekin boradigan bolalar "orqada qoluvchilar"
deyiladi. Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, bunday bolalar ko’pincha
maktabga borish oldidan yoki boshlang’ich sinflarda o’qish
vaqtida aniqlanadi. Biologik jihatdan rivojlanishi sekin bolalar
jismoniy tarbiya darslarida faollik ko’rsatmaydi. Bunday bolalar
jismoniy qobiliyatining rivojlaniji ancha past darajada bo’lib,



ko’pincha jismoniy ish bajarishda ish qobiliyati yaxshi bo’lmaydi,


harakat analizatori va vegatativ funsiyalar ancha zo’riqib ishlashi
ko’riladi.
Jismoniy tarbiya o’qituvchilari va trenerlar akselerasiyalangan
"orqada qoluvchi" va o’smirlarni bilishi, unga muvofiq holda
o’qitish va o’rgatib ishlarini ilmiy asosda uyushtirish zarur
1.4. Bolalarda harakat faolligining rivojlanishi
Xarakat faolligi bolalar uchun fiziologik ehtiyoj bo’lib, jismoniy
tarbiya, sport mashg’ulotlarida katta rol o’ynaydi. Bola harakat
faolligining
rivojlanganligi
harakat
apparatining
rivojlanganligidan darak beradi.
Yurish - skelet, tana va qo’l-oyoq muskullarining murakkab
koordinasiyalangan faoliyati natijasida odam yuradi. Bu
koordinasiya bolada sekin-asta, bir yoshdan boshlab, keyinchalik
avtomatlashib qoladi.
Yurish - normal odamning yurishi aniqligi va harakatlarning
doimiyligi bilan farqlanadi, bu uyg’unlikning avtomatlashganini
ko’rsatadi. Yurish vaqtida har bir oyoq navbati bilan goh yerga
tayanadi (tayanish vaqti), goh oldinga tashlanadi. Bir oyoqning
tayangan holatida ikkinchi oyoq suriladi (surilida vaqti).
Oyoqning surilish vaqtiga nis­batan tayanish muddati uzoq
bo’ladi, shuning uchun qandaydir vaqt ichida har ikkala oyoq
tayangan holatda bo’ladi.
Qadam tashlashda oyoqning yerga qo’yilishi avval tovondan
boshlanib, keyin u oyoq kafti uchiga o’ta boshlaydi. Hali bir oyoq
uchi yerdan uzilmasidan ikkinchi oyoq tovoni yerga tegadi.
Yuqorida ko’rsatilganidek, yana tayanch kuchi endi bu oyoq
tovonidan asta-sekin oyoq uchi tomon su­riladi. Shunday qilib



oyoqlarnnng ketma-ket surilishi - yurisha harakati yuzaga keladi.


Har bir oyoqning bir joydan ikkinchi joyga ko’chish organizmning
bir joydan ikkinchi joyga surilishini ta’minlaydi. Gavda surilishi
asosan tovon va oyoq uchini yerga tayanish vaqtida yuzaga
kelgan turtki kuchi asosida yuzaga keladi. Oyoqlarning surilishi
boldir son va ton muskullarining ma’lum tartibi bilan qisqarishi
orqali ta’minlanadi. Shuni ko’rsatib kerakki, yurish faqat
muskullar ishi orqali yuzaga kelmay, unda yerning tortish kuchi
va inersiya ham ishtirok etadi.
Yurish vaqtida odam qatnashadi: o’ng oyoq oldinga uzatiladi,
o’ng qo’l orqaga harakatlanadi, chap qo’l esa oldinga uzatiladi.
Chap oyoq oldinga uzatilganda esa, chap qo’l orqaga qarab, o’ng
qo’l oldinga qarab harakatlanadi. Ya’ni odam yurganda, qo’l-
oyoqlari qarama-qarshi yo’nalishda harakatlanadi. Odam
muskullarning ketma-ket kirishini va qisqarishlarining aniq
koordinasiyasini markaziy asab sistemasi va asosan bosh miya
yarim sharlari po’stlog’i ta’minlaydi. Yosh ortishi bilan yurish
turg’unlama boradi, qadam tazlash uzunligi ortadi; 4 yoshli
bolaning qadamlari oralig’i 40.5 sm, 7 yoshlida – 53,0 sm, 15
yilida - 71.7 sm na tashkil etadi. Qadam tashlash tezligi va gavda
tebranishi kamayadi. 3-4 yoshli bolaning yurishi yugurishidan
farqlanishi muikin. 8-10 yoshlilarda qadam tashlash uzunligi
bi­lan harakat tezligi orasidagi bog’lanish kattalardagiga o’xshash
bo’ladi.
Yugurish - yugurishning farqi yugurishda har ikkala oyoqning
yerdan ko’tarilgan vaqti - uchish fazasi bo’lishidir. Yugurishda
yerdan ko’tarilgan oyoq hali yerga qo’yilmasdan oldin ikkinchi
oyoq ham yerdan uziladi. Yugurishda gavdaning tik chiziq bo’ylab
tebranishi yurishdagiga nisbatan kuchli bo’ladi. Yugurishda
oyoqning tizza, bo’g’imida bukilishi tezlashib oyoq tovoni



dumbaga yaqinlashadi. Bunday harakatdan tizza bo’g’imini


yozuvchi muskullari bukuvchilardan kuchli ishlaydi. Chunki
oyoqning yerga depsinishi oqibatida oyoq kaftining ko’tarilishi
tovonni kishi dumbasiga tegishiga olib keladi. Bu jarayon yuzaga
kelmasligi uchun tizza bo’g’imini yozuvchi muskullar oyoqning
ko’tarilishi kuchini tormozlaydi va tovonni dumbaga urilishiga
yo’l qo’ymaydi. Yugurishning qismlari ikki yoshdan boshlanadi va
takomillashib boradi. Yugurishning tezlashib borishi yugurishda
uchiv fazasining orta boshlashi tayanish fazasining kamayishi
hisobiga bo’ladi. 3 yoshdan 10 yoshgacha uchish fazasi ikki
martadan ortiq ko’payadi. Qadam tashlash uzunligining
kattalashishi yugurish tezligining ortishini ta’minlaydi. 7 yoshli
bolalar yugurishning yuqori tezligi bir soniyada 4.55 m, 12-13
yoshlilar 5.78 m, 15-16 yoshlilar 7.59 m
ni tashkil etadi. Yigitlar qizlarga nisbatan tezroq yuguradilar
Ontogenez (yunoncha: ontos — borliq va ...genez) —
organizmning
individual
rivojlanishi,
uning
shakllana
boshlashidan hayotning oxirigacha sodir boʻladigan ketma-ket
oʻzgarishlar majmui. "Ontogenez" terminini nemis olimi E.
Gekkel (1866) fanga kiritgan. Ontogenez urugʻlangan tuxum
hujayra, yaʼni zigotadan boshlanadi. Jinssiz koʻpayadigan orga-
nizmlarda yangi organizm ona hujay-raning boʻlinishidan (bir
hujayralilarda), kurtaklanishdan yoki tugunak, ildizpoya va
boshqa vegetativ organlardan (vegetativ koʻpayishda) vujudga
keladi. Ontogenez organizmning xususiy rivojlanishi davomida
roʻy beradigan barcha morfologik, fiziologik va funksional
jarayonlarni qamrab oladigan, oʻzaro uzviy bogʻlangan miqdor va
si-fat oʻzgarishlari orqali amalga oshadi. Ontogenez ketma-ket



keladigan bosqichlar rivojlanish davrlaridan iborat. Jinsiy


koʻpayadigan organizmlarda bu bos-qichlar murtak (embrional),
murtakdan keyingi, yaʼni postembrional va ba-logʻatga yetish
davrlarini oʻz ichiga oladi. Ontogenez davomida rivojlanayotgan
organizmning alohida qismlari oʻsadi, ixtisoslashadi va oʻzaro
muvofiklashadi. 18-asrda Ontogenezni tushuntirishda ikki
konsepsiya kurash olib bordi. Ulardan biri — preformizm
Ontogenezni individual oʻsishdan iborat deb tushuntirsa,
ikkinchisi — epigenez esa uni struk-turasiz murtakdan
boshlanadigan yangi hosilaning rivojlanish jarayoni si-fatida
tushuntiradi. Zamonaviy tushunchalarga binoan, Ontogenez
boshlanayotgan hujayrada irsiy axborot kodi holatida
organizmning bundan keyingi rivojlanishi programmasi
joylashgan. Ontogenez davomida bu programma yadro bilan
sitoplazmaning oʻzaro taʼsiri jarayonida murtakning har bir
hujayrasida, uning har xil hujayralari va hujayra komplekslari
oʻrtasida amalga oshadi. Irsiy apparat maxsus oqsil
molekulalarining sintezini kodlash orqali morfogenetik
jarayonlarning umumiy yoʻnalishini belgilab beradi. Bu
jarayonlarning amalga oshishi ozmi-koʻpmi (irsiy belgilangan
reaksiya normasi chegarasida) tashqi muhit taʼsiri bilan bogʻliq.
Hayvonlarda Ontogenez jarayonlarini boshqarishda nerv va
endokrin sistemasi muhim ahamiyatga ega. Ontogenez jinsiy
koʻpayadigan koʻp hujayrali hayvonlarda, ayniqsa, murakkab
sodir boʻladi. Ular ontogenezida Ontogenezning murtakkacha
(proembrional), murtak (embrional), murtakdan keyingi
(postembrional), voyaga yetgan davrlari boʻladi. Proembrional
davr jinsiy hujayralarning yetilishi (gametogenez) va urugʻlanish
davrini; embrional davr embrionning tuxumdan yoki embrion



pardadan chiqqungacha, postembrional davr jinsiy voyaga


yetgunga oʻtgan davrni, voyaga yetgan davr esa organizmning
yetuklik va keksaygan holatini oʻz ichiga oladi. Hayvonlarda
Ontogenezning 3 tipi maʼlum: 1) lichinkalik — tuxum poʻstidan
ancha erta chiqqandan soʻng organizm lichinka holida xayot
kechiradi, lichinka davri oxirida esa metamorfoz yuz beradi; 2)
tuxum qoʻyuvchi — murtak uzok, vaqt tuxum ichida rivojlanadi,
lichinka davri boʻlmaydi; 3) ona qornida urugʻlangan tuxum —
tuxum yoʻlida rivojlanadi, bunday holatda baʼzan murtak bilan
ona organizm oʻrtasida yoʻldosh orqali bogʻlanish yuz beradi.
Anʼanaviy ravishda Ontogenezni embriologiya oʻrganar edi.
Embriologiyadan rivojlanish biologiyasi ajralib chiqqandan soʻng
embriologiyaning vazifasi murtakdan oldingi va murtak davrini
oʻrganish boʻlib qoldi. Oʻsimliklarda Ontogenez urugʻlangan
tuxum hujayraning rivojlanishidan boshlanadi. Oʻsimliklarda
Ontogenezning oʻziga xos xususiyatlari jinssiz (sporofit) va jinsiy
(gametofit) naslning almashinishidan iborat. Sporofit zigotadan,
gametofit — unib chiqayotgan sporadan hosil boʻladi. Gulli
oʻsimliklar hayotiy siklida sporofit ustunlik qiladi, erkak va
urgʻochi gametofit esa qisqarib ketadi. Vegetativ koʻpayishda
Ontogenez ona organizm, shu jumladan, ixtisoslashgan organlar
(ildiz-meva, tugunak, piyozboshi va boshqalar) hujayralarining
boʻlinishidan boshlanadi. Odatda, oʻsimliklar Ontogenezi
embrionlik, yuvenil (yoshlik), yetuk, koʻpayish va qarilik
davrlariga boʻlinadi.



Ontogenez davrida oʻsimliklar hujayralari, toʻqimalari va


organlarining strukturaviy va funksional ixtisoslashuvi yuz
beradi; oʻsimliklar turli qismlarining oʻzaro taʼsiri murakkablashib
boradi; yaxlit sistema sifatida butun bir organizm yoshga oid
qaytmas oʻzgarishlar paydo qiladi. Ontogenezda oʻsimliklarning
bir butunligi fitogormonlar, shuningdek, har xil organlar, mas,
fotosintez qiluvchi organ — barglar bilan suv va mineral
moddalarni shimuvchi ildiz oʻrtasida metabolitlar almashinuvi
orkali taʼminlanadi. Ontogenez davomida oʻsimlik oʻsadi va
rivojlanadi. Oʻsish oʻsimlikning boʻyiga ortishi, yaʼni miqsoriy
oʻzgarishi boʻlsa, rivojlanish sifat oʻzgarishidan iborat. Koʻpchilik
oʻsimliklar yopishib yashashi tufayli ular Ontogenezi koʻp
jihatdan tashqi muhit sharoitiga bogʻliq. Oʻsimliklarda muhitning
noqulay omillariga turli xil moslanishlar (tinim holati,
fotoperiodizm va boshqalar) paydo boʻlgan. Shu tufayli ular
faoliyatining faol davri yilning eng qulay fasliga toʻgʻri keladi.



http://fayllar.org
Yüklə 40,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin