Gistеrezis (grekcha kеchikish ma'nosini bildiradigan so’zdan) — qoldiq manitlanish bilan uzviy bog’liq bo’lgan hodisa; ferromagnеtikda tashqi maydon vujudga kеltirgan magnit siljishlar ma'lum darajada qaytmasdir. Fеrromag-nеtikning magnitlanmagan boshlang’ich xolatini tiklash uchun ichki tortishish kuchlari yеtarli emas. Tashqi maydon susayganida kuchlanglikning bir xil qiymatlarida induktsiya magnit maydon kuchlanganligi ortib borgan vaqtdgidan katta bo’ladi. Magnitlovchi tok va u hosll qilgan kuchlanganlik H kamayganda gistеrеzis tufayli magnit induktsiya oldin magnitsizlangan namuna uchun olingan, koordinata boshidan boshlanadigai dastlabki magnitlanish egri chizig’i bo’yicha emas, balki bir oz yuqoridan o’tgan egri chiziq bo’yicha kamayadi (2.5- rasm). Tashqi mandon yo’qolgandan (magnitlovchi tok uzilgandan) keyin ferromagnetikda ma'lum daryajada qoldiq induktsiya