Reja: Oʻzbekiston — Rossiya



Yüklə 106,57 Kb.
səhifə14/17
tarix05.12.2023
ölçüsü106,57 Kb.
#174147
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Rossiya va Ozbekiston iq

Kinosi


1908-yildan Sankt-Peterburgda Aleksandr Drankovning, Moskvada Aleksandr Xanjonkov va Iosif Yermolyevning kino firmalari tashkil etildi. Ilk kinochilar xalq qoʻshikdari, mumtoz adabiyot asarlari asosida filmlar yaratishdi ("Stenka Razin va knyaz qizi", rejissor Vladimir F. Romashkov, 1908; "Sevastopol mudofaasi", rejissor Vasiliy Mixailovich Goncharov va Aleksandr Alekseyevich Xanjonkov, 1911). 1910-yillarda "Dvoryanlar uyasi" (rejissor V.RossiyaGardin), "Qargʻa motkasi" (rejissor Yakov Protazanov) filmlari suratga olindi. 20–30-yillarda rejissorlardan Sergey Eyzenshteyn, Aleksandr Ivanovskiy, G. Roshal, Vsevolod Pudovkin, Dziga Vertov tarixiy va hajviy filmlarni tomoshabinlarga taqsim etdi. "Hayotga yoʻllanma" nomli birinchi ovozli badiiy film (rejissor N. Ekk) 1931-yil yaratildi. Shundan keyin "Aleksandr Nevskiy" (rejissor Eyzenshteyn), Petr 1 (rejissor Vladimir Petrov) kabi tarixiy, "Quvnoq yigitlar", "Volga Volga" (rejissor Grigoriy Aleksandrov), "Traktorchilar" (rejissor I. Piryev) kabi hajviy filmlar ekranga chiqarildi. Ikkinchi jahon urushi va undan keyingi yillar kinematografiyasining koʻpchilik asarlari vatanparvarlik, fantexnika inqilobi, jumladan, kosmosni zabt etish mavzulariga bagʻishlandi ("U vatanni himoya qiladi", rejissor Fridrix Ermler; "Turnalar uchmokda", rejissor Mixail Kalatozov; "Inson takdiri", rejissor Sergey Bondarchuk; "Olovning boʻysundirilishi", rejissor Daniil Xrabrovitskiy va boshqalar). Mumtoz adabiyot asarlarini ekranlashtirish doim katta oʻrin olib keldi. Jumladan, Fyodor Dostoyevskiyning "Jinoyat va jazo" (1970, rejissor L.A.Kulijanov), Maksim Gorkiyning "Yegor Bulichev va boshqalar" (1973, rejissor Yuriy Solovyev) va "Vassa" (1983, rejissor Gleb Panfilov), Mixail Bulgakovning "Qochish" (1971, rejissor A.Alov, V. Naumov), Chexovning "Dasht" (1977, rejissor S. Bondarchuk), I. Goncharovning "I.I.Oblomov hayotining bir necha kuni" (1980, rejissor Nikia Mixalqov), Aleksey Tolstoyning "Petrning yoshligi" (1981, rejissor Sergey Gerasimov) asarlari suratga olindi. Rejissor V. Menshovning "Moskva koʻz yoshlarga ishonmaydi" va A. Mittaning "Ekipaj" filmlari Rossiya kinematografiyasida ijtimoiy va maʼnaviy yoʻnalishga eʼtibor kuchayganidan darak berdi. 60–80-yillarda G.Chuxray, Vasily Shukshin, Gleb Panfilov, N. Mixalqov, E. Ryazanov kabi rejissorlar barakali ijod qildilar. 90-yillarda voyaga yetgan rejissorlar avlodi keksa kino arboblari bilan ijodiy bahs yuritib, mafkura sohasidagina emas, badiiy vositalar, ifoda usullari borasida ham yangi yoʻllarni izlay boshladi. Rossiyada hujjatli, ilmiyommabop va multiplikatsiya kinosi ham rivojlangan.
Rossiyada "Mosfilm", "Lenfilm", "Maksim Gorkiy nomidagi kinostudiya", "Soyuzmultfilm" studiyasi, turli viloyatlarda badiiy va hujjatli filmlar studiyalari bor. Rejissor, operator va boshqa kadrlar Moskvadagi Davlat kinematografiya intida, ssenariychi va rejissorlar 2 yillik oliy kurslarda tayyorlanadi. Bundan tashqari, Sankt-Peterburg, Rostov Don, Qozon, Voronej, Zagorskda kinotexnikumlar bor.

Yüklə 106,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin