Reja: Oʻzbekiston — Rossiya



Yüklə 106,57 Kb.
səhifə6/17
tarix05.12.2023
ölçüsü106,57 Kb.
#174147
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Rossiya va Ozbekiston iq

Tarixi


Rossiya hududida oʻrta paleolit davrida, milodgacha 100–35 ming i. avval Quyi Volga, Oʻrta Uralda dastlabki manzilgoxlar paydo boʻlgan. Soʻnggi paleolit davrida odamlar qutb doirasidan oʻtib, Sibirning bir qismiga joylasha boshlagan. Mil. av. 3–2ming yilliklarda Shimoliy Kavkazda jez, Ural, Gʻarbiy Sibir, Yuqori Volga boʻylarida turli metallardan buyumlar tayyorlangan. Dasht, oʻrmondasht mintaqalarida chorvachilik, dare vodiylarida dehqonchilik rivojlana boshlagan. Mil. av. 1ming yillikda shahardavlatlar, Bospor davlati, Skiflar davlati mavjud boʻlgan. Mil. 3-asrda Sharqdan koʻchmanchi gotlar va 4-asrda gunnlar bostirib kelgan. 4–8-asrlarda Shimoliy Kavkazda alanlar birlashgan. 552–745 yillarda Rossiya hududining bir qismini turkiy xalqlarning qabilaviy ittifoqidan iborat Turk xoqonligi egallab turgan. 7-asr 1-yarmida Azov boʻyida Buyuk Bulgʻoriya davlati paydo boʻldi, ammo bulgʻorlar Xazar xoqonligidan magʻlubiyatga uchrab, Dunay, Volga va Kama daryolari boʻyiga kelib joylashdi. 10-asrda VolgaKama Bulgoriyasi davlati paydo boʻldi, Oʻrta Volga boʻyi xalqlari shu davlatga birlashdi. 6-asrda Sibir, Yenisey daryosining oʻrta oqimida hozirgi haqaslarning ajdodlari hisoblangan Qirgʻizlar davlati, 8-asr – 10-asr boshlarida Uzok. Sharqda Boxay davlati hukm surdi.
9-asrda sharqiy slavyan qabilalarining birlashuvchi asosida Qadimgi Rus davlati tashkil topdi; sharqiy slavyanlarning ikki markazi – Novgorod bilan Kiyev Ryurikovichlar sulolasiga mansub knyazlar hokimiyatiga birlashdi. taxminan 988 yil knyaz Vladimir Vizantiyapravoslav shaklidagi xristianlikni Rossiyaning davlat dini deb qabul qildi, bu voqea davlatchilikni mustahkamlash va Sharqiy Yevropadagi slavyan, balt, ugorfin va boshqa qabilalarni jipslashtirishga koʻmaklashdi. Qadimgi rus elati tarkib topdi. Pecheneg (bijanak) va qipchoqlar hujumini qaytargan Kiyev Rusi Sharqiy Yevropadagi yirik davlatga aylandi. Vladimir Svyatoslavich va Vladimir Monomaxdan keyin davlatni idora qilgan Mstislav Vladimirovich vafoti (1132-yil)dan soʻng Qadimgi Rus davlati parchalanib ketdi. Kiyev Rusidan Novgorod
yoʻl ochdi. Ayni vaqtda Rossiya bosqinchilik urushlarini davom ettirib, Qozogʻiston va Oʻrta Osiyo yerlarining talaygina qismini bosib oldi, mahalliy xalqlar boshiga behisob kulfatlar soldi, bu yerlarda mustamlakachilik tartiblarini oʻrnatdi.
19-asrning 2-yarmida mamlakatning turli ijtimoiy qatlamlarida inqilobiy kayfiyat kuchaydi. 70–80-yillarda bir qancha inqilobiy tashkilotlar ("Yer va erk", "Xalq irodasi" va boshqalar) tuzilib, ular Rossiyada samoderjaviyeni agʻdarib tashlash vazifasini maqsad qilib oldi. 1881-yilda "Xalq irodasi" tashkiloti aʼzolari tomonidan Aleksandr II oʻldirildi.
19-asr oxiri – 20-asr boshlarida inqilobiy siyosiy partiyalar: Rossiya sotsialdemokratik ishchi partiyasi (RSDRP) (bu partiya 1903-yilda bolsheviklar va mensheviklardan iborat ikki fraksiyaga boʻlindi) va Inqilobchi sotsialistlar (eserlar) partiyasi tuzildi. 1904-05 yillardagi rusyapon urushidagi magʻlubiyat Rossiyadagi vaziyatni keskinlashtirdi, bu esa 1905– 07 yillardagi inqilobga olib keldi. Inqilob davomida Rossiya konstitutsiyali monarxiyaga oʻta boshladi; Davlat dumasi taʼsis etildi, yangi siyosiy partiyalar (Konstitutsion-demokratik, 17-oktabr ittifoqi, Rus xalqi ittifoki va boshqalar) maydonga chikdi. 1914–18 yillardagi Birinchi jahon urushida Rossiya Antanta tarkibida qatnashdi. Bu urush 1917-yil Fevral inkilobiga olib kelgan yana bir ijtimoiyiqtisodiy va siyosiy inqirozning asosiy sabablaridan boʻldi. Bu inqilob samoderjaviyeni agʻdarib tashladi. Muvaqqat hukumat tuzildi, 1917-yil 1-sentabrda Rossiya respublika deb eʼlon qilindi. 1917-yil 25-oktabrda Oktabr inqilobi sodir boʻldi. Vladimir Lenin boshchiligidagi bolsheviklar hokimiyat tepasiga chikdi. Ishchi, soldat va dehqon deputatlari soveti hokimiyati eʼlon qilindi. 1918-yil yanvarda Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi (RSFSR) tuzildi, shu yil iyulda sobiq imperator Nikolay II otib tashlandi. 1917 –22 yillardagi Fuqarolar urushi va harbiy intervensiya tufayli mamlakatdagi bolsheviklar partiyasidan tashqari barcha siyosiy partiyalar taqiklandi, jamiyat va davlatni tashkil etishning harbiykommunistik prinsiplari ("harbiy kommunizm") joriy etildi, amalda Kommunistik partiya diktaturasi oʻrnatildi. 1921-yil "yangi iqtisodiy siyosat" eʼlon qilindi. 1922-yil 30-dek.da Sibirdagi Lena daryosi. sobiq Rossiya imperiyasi hududida tashkil topgan RSFSR, Ukraina, Belarus va Zakavkazye respublikalari (Ozarbayjon, Armaniston va Gurjiston) birgalikda Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi (SSSR)ni tuzdilar. RSFSR xalqlari ham SSSRning butun tarixi davomida mamlakatni industriyalash, qishloq xoʻjaligini kollektivlashtirish ogʻirligini, 20–40-yillardagi ommaviy qatagʻonlar kulfatlarini boshdan kechirdilar, Ikkinchi jahon urushidagi gʻalabaga, 60–70-yillardagi Texnika inqilobiga katta hissa qoʻshdilar. 70-yillar oxiri va, ayniqsa, 80-yillarda iktisodiyotda salbiy tamoyillar sezila boshladi. Koʻp jihatdan mudofaa mahsulotlari ishlab chiqarishga qaratilgan sanoat mamlakatning ommaviy ehtiyoj mollari ishlab chiqarishga boʻlgan talabini qondira olmas edi. Mehnat unumdorligining pastligi, uni oshirishga qiziqtiruvchi omillarning yoʻqligi, butun jamiyatda toʻrachilik avj olganligi va boshqa illatlar oʻz taʼsirini koʻrsatdi. 1985-yil "qayta qurish" siyosati eʼlon qilindi. Biroq tez orada roʻy bergan siyosiy mojarolar iqtisodiyotga qattiq zarba berdi. 1990-yil 12-iyunda RSFSR ning davlat suvereniteti toʻgʻrisida Deklaratsiya qabul qilindi. 1991-yil 25-dek.da RSFSR Oliy Kengashi Rossiya davlatining rasmiy nomi Rossiya Federatsiyasi (Rossiya) deb atalishini tasdiqladi. 1991-yil martida RSFSR prezidenti lavozimi taʼsis etildi (1991-yil iyunda Boris Yeltsin RSFSR prezidenti etib saylandi). 1991-yil avgust boʻhronidan keyin oʻsha yil dekabrda RSFSR, Belarus va Ukraina rahbarlari Belaya veja pushchasi bitimini imzolab, SSSR tugatilganini va Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) tuzilganini eʼlon qildilar. Rossiya SSSR ning huquqiy vorisi boʻlib qoldi. 1992-yil yanvarda maʼmuriybuyrukbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga oʻtish maq^ sadini koʻzlovchi iqtisodiy islohot boshlanishi eʼlon qilindi. Islohotni oʻtkazishdagi xatolar va noizchillik sababli iqtisodiyot tarmoqlarida tanglik holatlari roʻy berdi, bu esa aholining turmush darajasi pasayishiga olib keldi. 1993-yil sentabr oktabr inqirozi davomida Prezident farmoni bilan Sovetlar tizimi tugatildi. Oʻsha yil dekabrda Federal majlisga saylov oʻtkazildi. 1996-yil B. Yelsin 2navbatga prezident etib saylandi. 2000-yilda prezident lavozimiga saylangan V. Putin yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni tuzatish chora-tadbirlarini koʻra boshladi. U prezident sifatidagi xorijiy safarini Oʻzbekistondan boshlaganligi diqqatga sazovordir. Rossiya – SSSR ning huquqiy vorisi sifatida 1945-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1992-yil 20 martda tan olgan va diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayramlari – 12-iyun – Suverenitet haqida deklaratsiya qabul qilingan kun (1990), 7-noyabr – Kelishuv va inoqlik kuni (1996), 12-dekabr Rossiya konstitutsiyasi kuni (1993).
Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari va boshqa jamoat tashkilotlari. "Yagona Rossiya" partiyasi, 2003-yil asos solingan; Liberaldemokratik partiya, 1992-yil roʻyxatga olingan; "Yabloko" demokratik partiyasi, 2001-yil tashkil etilgan; "Oʻng kuchlar ittifoqi" partiyasi, 2001-yil tuzilgan; Rossiya Federatsiyasi Kommunistok partiyasi, 1993-yil roʻyxatga olingan; shuningdek, Rossiya demokratok partiyasi, "Yevraziya", "Internatsional Rossiya", Rossiya konservativ partiyasi, Rossiya Federatsiyasi Xalq partiyasi, Rossiya xalqvatanparvarlik partiyasi, Rossiya xalqrespublikachilar partiyasi, "Liberal Rossiya" partiyasi, "Tadbirkorlikni rivojlantirish partiyasi", Rossiya Mehnat partiyasi, Pensionerlar partiyasi, Rossiya sotsialdemokratik partiyasi va boshqa partiyalar; "Urush faxriylari – tinchlik uchun", "Askar onalari", "Qadrqiymat va mehrmuruvvat" va boshqa harakatlar faoliyat koʻrsatadi. Rossiya mustaqil kasaba uyushmalari federatsiyasi koʻpgina tarmoq kasaba uyushmalarini birlashtiradi.

Yüklə 106,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin