Milliy g’oya, milliy mafkura quyidagi talablarga javob berishi kerak:
O’zligimizni, muqaddas anhanalirimizni anglash, xalqimizning ko’p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyat maqsad va vazifalarini qamrab olishi shart.
Xalqimizni yagona milliy bayroq atroqida birlashtirish, buyuk maqsadlar sari chorlaydigan yagona mafkura bo’lishi kerak.
Mafkuramiz milliy qusurlardan, millatchilikdan, mensimaslik, kamsitish kabi holatdan xoli bo’lishi kerak.
Milliy g’oya yosh avlodni vatanparvarlik , insonparvarlik , odamiylik fazilatlarini shakllantirish zarur.
Vatan o’tmishi va buyuk kelajagini uzviy bog’lashi, ajdodlarimiz yaratgan boy ma’naviy merosning munosib vorislari bo’lishi darkor.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi siyosiy mafkura bilan bevosita bog’liq bo’lib, milliy istiqlol g’oyasi – mafkurasi bilan birga bir maqsadga yo’naltirilgan. Ikkalasi uyg’un rivojlangan taqdirda quyidagilar kutiladi:
Ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy tahsir qiladi va natijada mamlakatimizdagi ijodiy muhit butunlay o’zgaradi.
Insonning hayotda o’z o’rnini topishi tezlashadi.
Mustaqil fikrlovchi erkin shaxs shakllanadi.
Jamiyat intellektual potentsiali oshadi.
Davlat funktsiyalari va alomatlari asta-sekin tadrijiy ravishda kuchli jamiyat zimmasiga o’tadi (“Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” g’oyasi amalga oshadi).
Asarda prezident Islom Karimov mafkuraga quyidagicha tahrif berilgan: “Odamlarning ming yillar davomida shakllangan dunyoqarashi va mentalitetiga asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu millatning kelajagini ko’zlagan va uning dunyodagi o’rnini aniq-ravshan belgileb berishga xizmat qiladigan, kechagi va ertangi kun o’rtasida o’ziga xos ko’prik bo’lishga qodir g’oyani men jamiyat mafkurasi deb bilaman” (Asarlar. T. 7, 89-b.).
Dostları ilə paylaş: |