Режа: O’zbekiston zaminida adolatli jamiyat to’g’risidagi dastlabki qarashlar



Yüklə 381,93 Kb.
səhifə57/70
tarix25.12.2023
ölçüsü381,93 Kb.
#194044
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   70
Режа O’zbekiston zaminida adolatli jamiyat to’g’risidagi dastla-fayllar.org

Milliy istiqolol mafkurasi – bu istiqlolga erishilgandan keyin shakllangan va taraqqiy etayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotini va olib borilayotgan ham ichki ham tashqi siyosatni himoya qilib qo’llab-quvvatlaydigan qarashlar, nazariyalar majmuidir.
Turli ijtimoiy tuzumlar, jamiyatdagi har xil tabaqa va qatlam-larning mafkurasi turlicha bo’lishi tabiiy. Buning asosida manfaatlarning turlichaligi, ularni qondirish imkoniyatlari va uslublarining har xilligi yotadi. Sinfiy qutblashuv kuchaygan, sinfiy kurash avj olgan (yoki sunhiy ravishda keskinlashtirilgan) tuzumlarda mafkura o’ta siyosiylashadi, aholini o’zaro qarama-qarshi qilib qo’yadi.
Ijtimoiy hamkorlikka asoslangan, erkin demokratik jamiyat barpo etishni ko’zlagan davlatlarda milliy mafkura aholining barcha qatlamlarini jipslashtirishga, umummanfaat va yagona maqsad yo’lida birlashishga chorlaydi. Bunday mafkuralarda ziddiyatli jihatlar emas, umuminsoniy tamoyillar kuchayib boradi.
O’zbekiston xalqining milliy istiqlol mafkurasi aynan jamiyatni jipslashtirishga, buyuk kelajak yo’lida yakdil harakat qilishga, barpo etilayotgan erkin fuqarolik jamiyatida har bir yurtdoshimizning o’ziga xos o’rni bo’lishiga erishishga safarbar etadi.
Prezidentimiz Islom Karimov mafkuraga shunday tahrif bergan: «Odamlarning ming yillar davomida shakllangan dunyoqarashi va mentalitetiga asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu millatning kelajagini ko’zlagan va uning dunyodagi o’rnini aniq-ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan, kechagi va ertangi kuni o’rtasida o’ziga xos ko’prik bo’lishga qodir g’oyani men jamiyat mafkurasi deb bilaman»46. Binobarin, milliy mafkura har qanday xalqni xalq, millatni millat qiladigan, uning yo’li va maqsadlarini aniq-ravshan charog’on etadigan mayoqdir.

Insoniyat hayotida g’oyaga qarshi - g’oya, jaholatga qarshi - mahrifat tamoyili. Islom Karimov 1998 yili «Tafakkur» jurnali bosh muharriri bergan savollariga javobda, tarixchi olimlar bilan bo’lgan uchrashuvda bu masalaga diqqat bilan ehtibor berib, «g’oyaga qarshi g’oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat mahrifat bilan bahsga kirishish, olishish mumkin» degan shior o’rtaga tashlandi. Bu masala g’oya va mafkura tushunchasida ham muhim o’rinda turadi.


Yüklə 381,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin