Tarixiy xotirani uyg’otish, o’tmishdan saboq chiqarish, o’zlikni anglash mezoni.
Xalq maqsadlarini ifoda etib, jamiyat ahzolarini birlashtiruvchi g’oyaviy vazifani bajaradi.
Millat, xalq va jamiyatni birlashtiruvchi kuch, yuksak ishonch ehtiborining manbaidir.
O’zbekistonda yashovchi barcha xalq, millat, elat, ijtimoiy qatlam vakillariga birday taalluqlidir.
Millat aholisi ongi va qalbida «O’zbekiston - yagona Vatan» degan tushunchani shakllantirishga xizmat qiladi.
Turli millat, qatlam, uning vakillari, siyosiy partiya va ijtimoiy guruhlar mafkurasidan ustun turadigan yuksak fenomen - ijtimoiy hodisa mazmuniga egadir.
Biron-bir dunyoqarashni mutloqlashtirmaslik yoki biron-bir kuch, partiya yoki guruh qo’lida siyosiy qurolga aylanmaslik.
Har qanday ilg’or g’oyani singdirish va har qanday yovuz g’oyaga qarshi javob bera olish.
Sub’ektivizm, valyuntorizm kabi illatlardan xoli va jamiyatimizning xolis fikriga tayanuvchi ob’ektiv mafkura bo’lish.
So’z bilan ishni, nazariya bilan hayotni birlashtira olish.
Davr o’zgarishlariga qarab, o’zi ifodalaydigan g’oya, manfaat, muddaolarni amalga oshirishning yangi-yangi vositalaridan ijodiy foydalanish.
Jahonning demokratik mamlakatlari tajribasida mafkuraviy tarbiyaning boy imkoniyatlari, turli namunalari to’plangan. XX asr 60-70 yillari Farbiy Yevropa va AQSHda mafkurasizlashuvga, ya’ni ijtimoiy hayotni mafkuradan holi (deideologizatsiya) etishga urindilar. Lekin bu yo’l o’zini oqlamadi. CHunki tarbiyadagi mafkuraviy bo’shliq o’z asoratlarini ko’rsata boshladi... Natijada «mafkuraviy yangilanish», «qayta mafkura-viylashuv» (reideologizatsiya)ga kuchli zarurat tug’ildi va mafkurasizlik xatosini tuzatishga kirishildi. SHu tariqa, Farbiy Yevropa va AQSHning pozitivistik pedagogikasi ijtimoiy qadriyatlarga ehtiborni, mafkuraviy tarbiyani o’z ichiga oluvchi «maktabda o’quvchilarni siyosiy indoktrina-tsiyalashni amalga oshirish» kontseptsiyasini ishlab chiqib, uni hayotga tatbiq qila boshladi.