Foya tushunchasi: G’oya – inson tafakkuri mahsuli bo’lib, muayyan maqsadni amalga oshirish uchun narsa va hodisalar to’g’risida ilgari surilgan izchil fikrlar shakli. Foya – inson tafakkurida vujudga keladigan, ijtimoiy xarakterga ega bo’lgan, ruhiyatga kuchli tahsir o’tkazib, jamiyat va odamlarni harakatga chorlaydigan, maqsad-muddao sari yetaklaydigan kuchli, teran fikr. Inson ongining mahsuli sifatida g’oyalar tushuncha va fikrlar yordamida ifoda etiladi. G’oya – bu yoki bu ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotdagi voqea-hodisalarni yo qo’llab-quvvatlaydi, himoya qiladi yoki rad etib unga qarshi kurashishga dahvat qiladi. Foya - inson tafakkuri mahsuli, milliy g’oya esa millat tafakkurining mahsulidir. Foya - ob’ektiv voqelik hodisalarining inson tafakkurida aks etishidir. Foyalar dunyoni o’rganishga va amaliy o’zgaruviga xizmat qiladi.
Milliy g’oya xalqning tub manfaatlarini ifoda etadigan, uni o’z oldiga qo’ygan maqsadlari sari birlashtiradigan va safarbar etadigan g’oyadir.
Milliy g’oya – u yoki bu millat, xalq, elatning milliy anhanalarini, turmush tarzini va tanlab olgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy tizimni va umuman milliy manfaatlarni himoya qiladigan, qo’llab-quvvatlaydigan, ularni mustahkamlash uchun ko’maklashadigan qarashlar majmuidan iborat. O’z tarixi va taraqqiyotining tub burilish davrlarida har qanday millat va xalq kelajagini belgilaydi, unga yetishning o’ziga mos yo’llarini tanlaydi. Ana shu jarayonga xos ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy yo’nalishlar bilan barcha g’oyaviy tamoyillarini ham belgilab oladi. Bunda butun millat uchun umumiy bo’lgan g’oyalar nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. «Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasida O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov tomonidan nazariy jihatdan asoslab berilgan «Vatan ravnaqi», «Yurt tinchligi», «Xalq farovonligi», «Komil inson», «Ijtimoiy hamkorlik», «Millatlararo hamjihatlik», «Diniy bag’rikenglik» kabi g’oyalar ana shunday umummilliy g’oyalar qatoriga kiradi.
4-Slayd