Ta`limni boshqarish organlari. Ta`lim tizimining umumiy boshqaruvini
Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi
alohida oliy ta`lim
muassasasi
, Toshkent Islom Universiteti, shuningdek
xalqaro mashhur xorijiy OTMlar (MDU, Westminster Universiteti va hokazo)
filiallarini bevosita boshqaradi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kompetentsiyasiga quyidagilar
taalluqli
ta`lim sohasida yagona davlat siyosatini olib borish;
davlat ta`lim boshqaruv organlariga rahbarlik qilish;
ta`limni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
ta`lim
muassasalarini yaratish
, qayta tashkil etish va bekor qilish tartiblarini
belgilash;
ta`lim muassasalari akkreditatsiyasi, pedagogik va ilmiy kadrlar
attestatsiyasi tartiblarini belgilash;
boshqa davlatlar ta`lim muassasalariga O’zbekiston Respublikasi hududida
ta`lim ko’rsatish huquqini beruvchi ruxsatnomalar berish;
qonunchilikka mos ravishda xorijiy davlatlarning ta`lim haqidagi hujjatlarini
tan olish tartibini belgilash va teng-kuchli kanligini o‘rnatish;
davlat ta`lim
standartlarini belgilash
;
davlat namunasidagi ta`lim hujjatlarini va ularning berilish tartibini
belgilash;
ta`lim muassasalariga qabul tartibi va davlat grantlari miqdorini belgilash;
davlat oliy ta`lim muassasalari rektorlarini tayinlash;
ta`lim olayotganlarni bir akkreditatsiyalangan ta`lim muassasasidan
boshqasiga o’tkazish tartibini belgilash;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vakolatlar.
O’zbekistonda ta`lim tizimlari faoliyati bevosita boshqaruvini ikki vazirlik - Xalq
Ta`limi Vazirligi (XTV) va Oliy va O’rta Maxsus Ta`lim Vazirligi (OO’MTV) -
amalga oshiradi.
Maktabgacha ta`lim tizimi. Maktabgacha ta`lim uzluksiz ta`limning boshlang'ich
qismi hisoblanadi. U bolaning sog’lom va rivojlangan shaxs bo’lib shakllanishini
ta`minlab, o’qishga bulgan ishtiyoqini uyg’otib, tizimli o’qitishga tayorlab boradi.
6-7 yoshgacha bo’lgan maktabgacha ta`lim davlat va nodavlat bolalar
maktabgacha ta`lim muassasalarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha
ta`limning maqsadi – bolalarni maktabdagi o’qishga
tayorlash
, bolani sog’lom,
rivojlangan, mustaqil shaxs bo’lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish,
o’qishga, tizimli ta`limga bo’lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir. Maktabgacha ta`lim
muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilish maktabgacha ta`lim
muassasasi hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha ta`lim
muassasasiga biriktirilgan sog’liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari
tomonidan
amalga
oshiriladi.
Bolalar maktabgacha muassasalari – O’zbekiston Respublikasidagi ta`lim
muassalarining turi bo’lib, turli yo’nalishdagi maktabgacha ta`lim umumta`lim
dasturlarini amalga oshiradi. Maktabgacha ta`lim muassasalari 2 yoshdan 7
yoshgacha bo’lgan
bolalarni tarbiyalashni
, o’qitishni, nazoratini, parvarishlashni va
sog’lomlashtirishni ta`minlaydi.
O’zbekistonda maktabgacha ta`lim muassasalarining zamonaviy tizimi
Imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun maxsus maktabgacha ta`lim muassasalari
tashkil qilingan bo’lib, u erga bolalar davlatning joylardagi vakolatli ta`limni
boshqarish va sog’liqni saqlash organlari tarafidan tashkil qilingan ruhiy-tibbiy
pedagogik komissi ning xulosasiga binoan qabul qilinadi. Maktabgacha ta`lim,
olinish shakli va usullaridan qat`iy nazar, quyidagi maqsadlarni o’z oldiga
qo’yadi:
Bolalarni maktabda o’qishga maqsadli va tizimli tayyorlash;
Bolalarning shaxsiy qobiliyatlari va iste`dodlarini rivojlantirish;
Bolalarni milliy va umuminsoniy yutik va madaniy
qadriyatlar bilan
tanishtirish
, bolani intellektual rivojlantirish;
Bolalarda yuqori ma`naviy va odob axloq asoslarini shakllantirish;
Bolalarning jismoniy va ruhiy sog’ligini mustahkamlash;
Maktabgacha ta`lim maqsad va vazifalarni amalga oshirishda ijtimoiy va xayri
tashkilotlari, mahalla, xalqaro fondlar faol ishtirok tadilar. O’zbekistonda
maktabgacha ta`lim
davlat tilida hamda qoraqalpoq
, rus, tojik, qirg’iz va qozoq
tillarida olib boriladi.
Umumiy o’rta ta`lim tizimi. Umumiy o’rta ta`limning maqsadi ishtirokchilarni
madaniy va maishiy, xalq xo’jaligining turli sohalarida faoliyat ko’rsatish uchun
zarur bo’lgan fan asoslarining tizimli bilimlari, mahorat va malaka bilan
qurollantirishdan hamda maxsus ta`lim olish (kasb-hunar, texnik, o’rta, oliy)
imkoniyatini yaratishdan iboratdir.
O’zbekistonda
majburiy
, bepul, muddati 9 yildan iborat bo’lgan umumiy o’rta
ta`lim mavjud bo’lib, u boshlang’ich (1-4- maktab sinflari) va o’rta (5-9- maktab
sinflari) ta`limga bo’lingan.
Boshlang’ich ta`lim umumiy o’rta ta`lim olish uchun zarur bo’lgan bilim va
malakaning, savodxonlik asoslarining shakllantirilishiga yo’naltirilgan. Birinchi
sinfga bolalar 6-7 yoshdan qabul qilinadi. Boshlang’ich ta`lim O’zbekistonda
majburiy, bepul va barchaga taalluqli hisoblanadi. Bu maktab yoshiga etgan barcha
bolalar umumiy yoki maxsus (nogiron bolalar va rivojlanishdan orqada qolgan
bolalar) boshlang’ich maktabga borishlarini bildiradi. Bolalarni boshlang’ich
ta`limga jalb qilish mos keluvchi yoshidagi bolalarning 100% tashkil qiladi. Bola
boshlang’ich maktabni tugatar kan, u o’qish, yozish va hisoblash mahoratiga ga
bo’lishi kerak. O’quvchiga nazariy fikrlash elementlari, o’rgatilgan harakatlarni
boshqarish mahorati singdirib boriladi. Nutq madaniyati, shaxsiy gigiena asoslari,
sog’lom hayot tarzi va jamiyatda o’zini tutish bilimlari ham berib boriladi. O’quv
fanlarining sifat va tirkibi boshlang’ich
maktabda
, maktab turi va o’qitish
sharoitlariga ko’ra o’zgarib turadi. Maktabning barcha birinchi sinf o’quvchilari
bepul o’quv kitoblari va o’quv asboblari bilan ta`minlanadi. 1996 yildan beri kam
ta`minlangan oilalardan bo’lgan 1-9- sinf o’quvchilari har yili davlat byudjeti
hisobidan o’quv ashyolari hamda qishki kiyim komplektlari bilan ta`minlanadi.
O’zbekistonda boshlang’ich va o’rta ta`lim tashkil qilinishi va tarkibiga ko’ra bir -
biri bilan bevosita bog’liq. Har bir umumta`lim maktabi ikkala pog’onada umumiy
o’rta ta`limni amalga oshiradi. Bu boshlang’ich maktabda bitiruvchilarning to’liq
hisobini olib borishni va umumiy o’rta ta`lim tizimida uzluksizlikni ta`minlaydi.
Umumiy o’rta ta`lim kerakli bilim hajmi, mustaqil fikrlash qobiliyatini
rivojlantirish, tashkiliy mahorat va amaliy tajriba poydevorini qo’yib, boshlang’ich
professional yo’nalishni va ta`limning keyingi pog’onasini tanlashda
ko’maklashadi.
Umumiy o’rta ta`lim boshlang’ich ta`limning mantiqiy davomi bo’lsa ham,
tarkibiy sifatiga va o’qitish uslubiga ko’ra farq qiladi. Umumiy o’rta ta`lim
ishtirokchining ijtimoiy mavqeini belgilab olishga bo’lgan ishtieq, qiziqish va
qobiliyatlarini, uning shaxs bo’lib shakllanishini ta`minlaydi. O’quvchi o’rta
maktabda fan asaslari bo’yicha tizimli bilimlarni oladi. Ta`lim jarayonida keng
duneqarash shakllanishi va ijodiy fikrlash qobiliyati paydo bo’ladi. Xalqning boy
ma`naviy va madaniy me’rosi bilan tanishtirib borish orqali bolada atrofdagi
olamga bo’lgan g’amxo’rlik hissi uyg’otib boriladi. O’rta maktab o’quvchilar
uchun maktab fanlarini mustaqil o’rganishga keng imkoniyatlar ratib beradi. O’rta
ta`limning tarkibiy qismiga majburiy va qo’shimcha komponentlar kiradi.
Majburiy komponent davlat ta`lim stanlartlari bilan aniqlanadi va ishtirokchining
minimal kerakli tayyorgarlik darajasini belgilaydi. Uning muvaffaqi ti o’rta ta`lim
muassasalari tomonidan kafolatlanadi. Bu komponent davlat va jamiyat
buyurtmasi, shaxsning qiziqish va talabi asosida belgilanadi. Qo’shimcha
komponent ishtirokchining
talab va qobiliyatidan
, maktabning moddiy-texnik va
kadrlar bilan ma`minlanganlik darajasidan, territoriyaning ijtimoiy iqtisodiy
rivojlanishiga bo’lgan talablardan kelib chiqqan holda belgilanadi. Qo’shimcha
o’quv vazifalar hajmi Xalq Ta`lim Vazirligi tomonidan belgilangan normativlar
asosida taqsimlanadi. Maktabning o’quv tarbiyaviy ishlari, Xalq Ta`lim Vazirligi
tomonidan tasdiqlangan, Bazisli uquv rejasi va umumiy o’rta ta`limning o’quv
dasturlari orqali amalga oshiriladi. Umumiy o’rta ta`lim qatnab o’qish va
bitiruvchilarning kuniy attestatsiyasi orqali amalga oshiriladi. Bitiruvchilarga
davlat attestatlari, alohida muvoffaqiyatlarga erishganlarga esa imtiyozli attestatlar
beriladi. Mustaqil ravishda umumiy ta`lim dasturini o’zlashtirgan ishtirokchilarga,
Xalq ta`lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan ksterna
haqidagi nizomga asosan
,
eksterna tartibda attestatsiyadan o’tish huquqi beriladi. O`rta maxsus kasb-hunar
ta'limi.O’rta maxsus ta`lim kasb-hunar ta`limining bir shakli bo’lib, asosiy
maqsadi ishlab chiqarishning birinchi bo’g’inidagi tashkilotchi va ish
boshqaruvchilarni, oliy toifali mutaxassislarning yordamchilarini, yuqori malaka
va ko’nikmalarni talab qiluvchi ma`lum bir turdagi ishni mustaqil bajara oluvchi
o’z ishining ustalarini bo’lgan – texnik, agronom, boshlang’ich sinf o’qietuvchilari,
fel dsher, stomatolog, konsertmeyster kabi mutaxassislarni tayyorlashdan iboratdir.
O’rta maxsus ta`lim mutaxassislari qatoriga kasbiy tayyorgarlikning yuqori
bosqichi
talab etiladigan balet
, sirk artistlari, ayrim badiiy mutaxassislar ham
kiradi. O’rta maxsus ta`lim umumiy o’rta ta`limda amaliy va nazariy bilimlar bilan
bir qatorda kasb-hunarga oid bo’lgan malaka va ko’nikmalarni ma`lum bir sohada
rivojlantirishga qaratilgan. Uch yilga mo’ljallangan majburiy o’rta maxsus kasb-
hunar ta`limi (O’MKHT) uzluksiz ta`lim tizimining mustaqil ko’rinishi
hisoblanadi. U O’zbekiston Respublikasining “Ta`lim to’g’risidagi qonun” va
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida amalga oshiriladi.
O’rta maxsus kasb-hunar ta`limi 2009 yildan boshlab majburiy hisoblanib,
umumiy o’rta ta`lim maktabining bitiruvchilari xohishlariga binoan o’qish
yo’nalishini – akademiyak litsey yoki kasb-hunar kollejini tanlaydilar. O’rta
maxsus kasb-hunar ta`limi bitiruvchilarni mehnat bozorida o’z o’rinlarini topishlari
uchun aniq bir yo’nalishda ham umumta`lim fanlari bo’yicha bilim berib, ham
kasb-hunar ta`limini beradi. Umumiy o’rta ta`lim negizida har bir bitiruvchi o’qish
yo’nalishi bo’yicha yoki kasb-hunar ta`limi kollejini, yoki akademiyak litseyni
tanlashi mumkin. O’rta maxsus kasb-hunar ta`limi kunduzgi ko’rinishda ikki
yo’nalishda akademiyak litseylarda va kasb-hunar kollejlarida amalga oshiriladi.
Kasb-hunar kollejlari kasb ta`limi bilan bir qatorda akademiyak litseylar kabi o’rta
maxsus ta`lim
ham berib
, bu keyinchalik yoki uzluksiz ta`limni davom eettirish,
yoki bo’lmasam mutaxassisligi bo’yicha ish bilan shug’ullanish imkonini beradi.
Akademiyak litsey –o’qish uch yilga mo’ljallangan o’rta maxsus yo’naltirilgan
o’quv dargohi bo’lib, davlat ta`lim standartiga mos ravishda o’quvchilarning
bilimlari aqliy salohi tini oshirishga qaratilgan, ularning imkoniyatlari va
qiziqishlari asosida yo’naltirilgan holda chuqurlashtirib beriladi. Akademiyak
litseylarda o’quvchilar ta`lim yo’nalishini ixtiyoriy ravishda - gumanitar, tabiiy
fanlar yo’nalishi tarzida tanlaydilar. Akademiyak litseylar oliy o’quv rtlari qoshida
ochilgan bo’lib, qoidaga muvofiq asosiy e`tibor oliy o’quv yurtlarining yuyuqori
malakali o’qietuvchilarini litseydagi o’quv jarayoniga jalb etish, kerak bo’lsa
OO’ning
tajriba
maydonlari
,
kutubxonalaridan
litsey
o’quvchilarining
foydalanishlari uchun shart-sharoit yaratib berishdan iboratdir.
Akademiyak litseydagi yo’naltirilgan, chuqurlashtirilgan o’quv jarayoniga zarur
bo’lsa ilmiy – tadqiqot muassasalari ham jalb qilinadi. Bunday holatlarda Oliy va
O’rta maxsus kasb-hunar ta`limi Vazirligining ruxsati bilan kelishilgan tarzda ish
olib boriladi.
Kasb-hunar kollejlari – o’rta maxsus va kasb ta`limini beradigan o’quv dargohi
bo’lib, unda uch yil mobaynida ta`lim olinadi. Davlat ta`lim standartlariga muvofiq
kollejda umumiy o’rta ta`lim va chuqurlashtirilgan holda kasb-hunar o’rgatilib,
malaka shakllantiriladi. Kollej bitiruvchilari yo’nalishlari asosida bir yoki bir
nechta kasbni gallashlari mumkin.
Kasb-hunar kollejlari uchun mahalliy hokimiyatning bajaruvchi organlari
tomonidan rivojlangan korxona yoki muassasalardan vasiylar tayinlanadi.
Shuningdek, kollej yo’nalishiga mos yo’nalishga ga bo’lgan oliy o’quv yurti
tomonidan vasiylik qilinadi. O’quv muassasasining maqsadi o’rta-maxsus kasb-
hunar ta`limi berishdir. Kollejda ta`lim tizimining dual tizimi asosida ikki
tomonlama kasb va ta`lim dasturlari asosida bilim beriladi.
Akademiyak litsey va kasb-hunar kollejlarida umumiy o’rta ta`lim va kasb ta`limi
dasturlari quyidagi tarzda qo’llanadi:
Uchta bosqichda.
Har bir bosqichda o’quv jarayoni nihoyasiga etgach, o’quvchilarning
bilimlarini tekshirish maqsadida nazorat o’tkaziladi.
O’quv yili ikki semestrdan iborat hamda o’quv ta`tillari 10 yoki 12 hafta
davom etadi.
O’quvchilar guruhlarga o’qitish kurslari, yo’nalishlari asosida ajraetiladi.
Akademiyak litsey va kasb-hunar kollejlari uchun auditori mashg’ulotlari
uchun akademiyak soat 40 minut qilib belgilangan. Zarurat yuzasidan
mashg’ulotlar juftlik soatlarga birlashtirilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |