Reja: O`zbekistonda ta`lim tizimi tarixiga bir nazar


Ta`limni  boshqarish  organlari. Ta`lim  tizimining  umumiy  boshqaruvini



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/14
tarix02.01.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#44088
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
ozbekistonda talim tizimi

Ta`limni  boshqarish  organlari. Ta`lim  tizimining  umumiy  boshqaruvini 

Vazirlar  Mahkamasi  amalga  oshiradi.  Shuningdek,  Vazirlar  Mahkamasi 

alohida  oliy  ta`lim 

muassasasi

,  Toshkent  Islom  Universiteti,  shuningdek 

xalqaro mashhur xorijiy OTMlar (MDU, Westminster Universiteti va hokazo) 

filiallarini bevosita boshqaradi. 

O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  kompetentsiyasiga  quyidagilar 

taalluqli 

 



 

ta`lim sohasida yagona davlat siyosatini olib borish;  

 

 



davlat ta`lim boshqaruv organlariga rahbarlik qilish;  

 



 

ta`limni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;  

 

 



ta`lim 

muassasalarini yaratish

, qayta tashkil etish va bekor qilish tartiblarini 

belgilash;  

 

 



ta`lim  muassasalari  akkreditatsiyasi,  pedagogik  va  ilmiy  kadrlar 

attestatsiyasi tartiblarini belgilash;  

 

 



boshqa  davlatlar  ta`lim  muassasalariga  O’zbekiston  Respublikasi  hududida 

ta`lim ko’rsatish huquqini beruvchi ruxsatnomalar berish;  

 

 



qonunchilikka mos ravishda xorijiy davlatlarning ta`lim haqidagi hujjatlarini 

tan olish tartibini belgilash va teng-kuchli kanligini o‘rnatish;  

 

 



davlat ta`lim 

standartlarini belgilash

;  



 



 

davlat  namunasidagi  ta`lim  hujjatlarini  va  ularning  berilish  tartibini 

belgilash;  

 



 

ta`lim muassasalariga qabul tartibi va davlat grantlari miqdorini belgilash;  

 

 



davlat oliy ta`lim muassasalari rektorlarini tayinlash;  

 



 

ta`lim  olayotganlarni  bir  akkreditatsiyalangan  ta`lim  muassasasidan 

boshqasiga o’tkazish tartibini belgilash;  

 



 

qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vakolatlar.  

 

O’zbekistonda ta`lim tizimlari faoliyati bevosita boshqaruvini ikki vazirlik  - Xalq 




Ta`limi Vazirligi (XTV) va Oliy va O’rta Maxsus Ta`lim Vazirligi (OO’MTV)  - 

amalga oshiradi. 

Maktabgacha  ta`lim  tizimi. Maktabgacha  ta`lim  uzluksiz  ta`limning  boshlang'ich 

qismi hisoblanadi. U bolaning sog’lom va rivojlangan shaxs bo’lib shakllanishini 

ta`minlab, o’qishga bulgan ishtiyoqini uyg’otib, tizimli o’qitishga tayorlab boradi.  

6-7  yoshgacha   bo’lgan  maktabgacha  ta`lim  davlat  va  nodavlat  bolalar 

maktabgacha  ta`lim  muassasalarida  va  oilada  amalga  oshiriladi.  Maktabgacha 

ta`limning  maqsadi  –  bolalarni  maktabdagi  o’qishga 

tayorlash

,  bolani  sog’lom, 

rivojlangan,  mustaqil  shaxs  bo’lib  shakllantirish,  qobiliyatlarini  ochib  berish, 

o’qishga,  tizimli  ta`limga  bo’lgan  ishtiyoqini  tarbiyalashdir.  Maktabgacha  ta`lim 

muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilish maktabgacha ta`lim 

muassasasi  hamda  shtatdagi  tibbiyot  xodimlari,  shuningdek  maktabgacha  ta`lim 

muassasasiga  biriktirilgan  sog’liqni  saqlash  organlarining  tibbiyot  xodimlari 

tomonidan 

amalga 

oshiriladi. 

Bolalar  maktabgacha  muassasalari  –  O’zbekiston  Respublikasidagi  ta`lim 

muassalarining  turi  bo’lib,  turli  yo’nalishdagi  maktabgacha  ta`lim  umumta`lim 

dasturlarini  amalga  oshiradi.  Maktabgacha  ta`lim  muassasalari  2  yoshdan  7 

yoshgacha bo’lgan 

bolalarni tarbiyalashni

, o’qitishni, nazoratini, parvarishlashni va 

sog’lomlashtirishni ta`minlaydi. 

 O’zbekistonda maktabgacha ta`lim muassasalarining zamonaviy tizimi 

Imkoniyatlari  cheklangan  bolalar  uchun maxsus  maktabgacha  ta`lim  muassasalari 

tashkil  qilingan  bo’lib,  u  erga  bolalar  davlatning  joylardagi  vakolatli  ta`limni 

boshqarish  va  sog’liqni  saqlash  organlari  tarafidan  tashkil  qilingan  ruhiy-tibbiy 

pedagogik  komissi  ning  xulosasiga  binoan  qabul  qilinadi.  Maktabgacha  ta`lim, 

olinish  shakli  va  usullaridan  qat`iy  nazar,  quyidagi  maqsadlarni  o’z  oldiga 

qo’yadi:  

 

 



Bolalarni maktabda o’qishga maqsadli va tizimli tayyorlash;  

 



 

Bolalarning shaxsiy qobiliyatlari va iste`dodlarini rivojlantirish;  

 

 



Bolalarni  milliy  va  umuminsoniy  yutik  va  madaniy 

qadriyatlar  bilan 

tanishtirish

, bolani intellektual rivojlantirish;  

 

 



Bolalarda yuqori ma`naviy va odob axloq asoslarini shakllantirish;  

 



 

Bolalarning jismoniy va ruhiy sog’ligini mustahkamlash;  

 

Maktabgacha  ta`lim  maqsad  va  vazifalarni  amalga  oshirishda  ijtimoiy  va  xayri 



tashkilotlari,  mahalla,  xalqaro  fondlar  faol  ishtirok  tadilar.  O’zbekistonda 


maktabgacha  ta`lim 

davlat  tilida  hamda  qoraqalpoq

,  rus,  tojik,  qirg’iz  va  qozoq 

tillarida olib boriladi. 

Umumiy  o’rta  ta`lim  tizimi.  Umumiy  o’rta  ta`limning  maqsadi  ishtirokchilarni 

madaniy  va  maishiy,  xalq  xo’jaligining  turli  sohalarida  faoliyat  ko’rsatish  uchun 

zarur  bo’lgan  fan  asoslarining  tizimli  bilimlari,  mahorat  va  malaka  bilan 

qurollantirishdan  hamda  maxsus  ta`lim  olish  (kasb-hunar,  texnik,  o’rta,  oliy) 

imkoniyatini yaratishdan iboratdir. 

O’zbekistonda 

majburiy

,  bepul,  muddati  9  yildan  iborat  bo’lgan  umumiy  o’rta 

ta`lim mavjud bo’lib, u boshlang’ich (1-4- maktab sinflari) va o’rta (5-9- maktab 

sinflari) ta`limga bo’lingan. 

Boshlang’ich  ta`lim  umumiy  o’rta  ta`lim  olish  uchun  zarur  bo’lgan  bilim  va 

malakaning,  savodxonlik  asoslarining  shakllantirilishiga  yo’naltirilgan.  Birinchi 

sinfga  bolalar  6-7  yoshdan  qabul  qilinadi.  Boshlang’ich  ta`lim  O’zbekistonda 

majburiy, bepul va barchaga taalluqli hisoblanadi. Bu maktab yoshiga etgan barcha 

bolalar umumiy  yoki  maxsus  (nogiron  bolalar  va   rivojlanishdan  orqada  qolgan 

bolalar)  boshlang’ich  maktabga  borishlarini  bildiradi. Bolalarni  boshlang’ich 

ta`limga  jalb qilish mos  keluvchi  yoshidagi bolalarning 100%  tashkil  qiladi. Bola 

boshlang’ich  maktabni  tugatar  kan,  u  o’qish,  yozish  va  hisoblash  mahoratiga  ga 

bo’lishi  kerak.   O’quvchiga  nazariy  fikrlash  elementlari,  o’rgatilgan  harakatlarni 

boshqarish mahorati singdirib boriladi. Nutq madaniyati, shaxsiy gigiena asoslari, 

sog’lom hayot tarzi va jamiyatda o’zini tutish bilimlari ham berib boriladi. O’quv 

fanlarining  sifat  va  tirkibi  boshlang’ich 

maktabda

,  maktab  turi  va  o’qitish 

sharoitlariga  ko’ra  o’zgarib  turadi.  Maktabning  barcha  birinchi  sinf  o’quvchilari 

bepul o’quv kitoblari va o’quv asboblari bilan ta`minlanadi. 1996 yildan beri kam 

ta`minlangan  oilalardan  bo’lgan  1-9-  sinf  o’quvchilari  har  yili  davlat  byudjeti 

hisobidan  o’quv  ashyolari  hamda  qishki  kiyim  komplektlari  bilan  ta`minlanadi. 

O’zbekistonda boshlang’ich va o’rta ta`lim tashkil qilinishi va tarkibiga ko’ra bir - 

biri bilan bevosita bog’liq. Har bir umumta`lim maktabi ikkala pog’onada umumiy 

o’rta ta`limni amalga oshiradi. Bu boshlang’ich maktabda bitiruvchilarning to’liq 

hisobini  olib  borishni  va   umumiy  o’rta  ta`lim  tizimida  uzluksizlikni  ta`minlaydi. 

Umumiy  o’rta  ta`lim  kerakli  bilim  hajmi,  mustaqil  fikrlash  qobiliyatini 

rivojlantirish, tashkiliy mahorat va amaliy tajriba poydevorini qo’yib, boshlang’ich 

professional  yo’nalishni  va  ta`limning  keyingi  pog’onasini  tanlashda 

ko’maklashadi. 

        Umumiy  o’rta  ta`lim  boshlang’ich  ta`limning  mantiqiy  davomi  bo’lsa  ham, 

tarkibiy  sifatiga  va  o’qitish  uslubiga  ko’ra  farq  qiladi.  Umumiy  o’rta  ta`lim 

ishtirokchining  ijtimoiy  mavqeini  belgilab  olishga  bo’lgan  ishtieq,  qiziqish  va 

qobiliyatlarini,  uning  shaxs  bo’lib  shakllanishini  ta`minlaydi.  O’quvchi  o’rta 

maktabda  fan  asaslari  bo’yicha  tizimli  bilimlarni  oladi.  Ta`lim  jarayonida  keng 

duneqarash shakllanishi va ijodiy fikrlash qobiliyati paydo bo’ladi. Xalqning boy 

ma`naviy  va  madaniy  me’rosi  bilan  tanishtirib  borish  orqali  bolada  atrofdagi 

olamga  bo’lgan  g’amxo’rlik  hissi  uyg’otib  boriladi.  O’rta  maktab  o’quvchilar 




uchun maktab fanlarini mustaqil o’rganishga keng imkoniyatlar ratib beradi. O’rta 

ta`limning  tarkibiy  qismiga  majburiy  va  qo’shimcha  komponentlar  kiradi. 

Majburiy  komponent  davlat  ta`lim  stanlartlari  bilan  aniqlanadi  va  ishtirokchining 

minimal kerakli tayyorgarlik darajasini belgilaydi.  Uning muvaffaqi ti o’rta ta`lim 

muassasalari  tomonidan  kafolatlanadi.  Bu  komponent  davlat  va  jamiyat 

buyurtmasi,  shaxsning  qiziqish  va  talabi  asosida  belgilanadi.  Qo’shimcha 

komponent  ishtirokchining 

talab  va  qobiliyatidan

,  maktabning  moddiy-texnik  va 

kadrlar  bilan  ma`minlanganlik  darajasidan,  territoriyaning  ijtimoiy  iqtisodiy 

rivojlanishiga  bo’lgan  talablardan  kelib  chiqqan  holda  belgilanadi.  Qo’shimcha 

o’quv  vazifalar  hajmi  Xalq  Ta`lim  Vazirligi  tomonidan  belgilangan  normativlar 

asosida  taqsimlanadi.  Maktabning  o’quv  tarbiyaviy  ishlari,  Xalq  Ta`lim  Vazirligi 

tomonidan  tasdiqlangan,  Bazisli  uquv  rejasi  va  umumiy  o’rta  ta`limning  o’quv 

dasturlari  orqali  amalga  oshiriladi.  Umumiy  o’rta  ta`lim  qatnab  o’qish  va 

bitiruvchilarning  kuniy  attestatsiyasi  orqali  amalga  oshiriladi.  Bitiruvchilarga 

davlat attestatlari, alohida muvoffaqiyatlarga erishganlarga esa imtiyozli attestatlar 

beriladi. Mustaqil ravishda umumiy ta`lim dasturini o’zlashtirgan ishtirokchilarga, 

Xalq  ta`lim  vazirligi  tomonidan  tasdiqlangan  ksterna 

haqidagi  nizomga  asosan

eksterna tartibda attestatsiyadan o’tish huquqi beriladi. O`rta maxsus kasb-hunar 



ta'limi.O’rta  maxsus  ta`lim  kasb-hunar  ta`limining  bir  shakli  bo’lib,  asosiy 

maqsadi  ishlab  chiqarishning  birinchi  bo’g’inidagi  tashkilotchi  va  ish 

boshqaruvchilarni,  oliy  toifali  mutaxassislarning  yordamchilarini,  yuqori  malaka 

va ko’nikmalarni talab qiluvchi  ma`lum bir turdagi ishni mustaqil bajara oluvchi 

o’z ishining ustalarini bo’lgan – texnik, agronom, boshlang’ich sinf o’qietuvchilari, 

fel dsher, stomatolog, konsertmeyster kabi mutaxassislarni tayyorlashdan iboratdir. 

O’rta  maxsus  ta`lim  mutaxassislari  qatoriga  kasbiy  tayyorgarlikning  yuqori 

bosqichi 

talab  etiladigan  balet

,  sirk  artistlari,  ayrim  badiiy  mutaxassislar  ham 

kiradi. O’rta maxsus ta`lim umumiy o’rta ta`limda amaliy va nazariy bilimlar bilan 

bir qatorda  kasb-hunarga oid bo’lgan malaka va ko’nikmalarni ma`lum bir sohada 

rivojlantirishga  qaratilgan.  Uch  yilga  mo’ljallangan  majburiy  o’rta  maxsus  kasb-

hunar  ta`limi  (O’MKHT)  uzluksiz  ta`lim  tizimining  mustaqil  ko’rinishi 

hisoblanadi.  U  O’zbekiston  Respublikasining  “Ta`lim  to’g’risidagi  qonun”  va 

“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida amalga oshiriladi. 

      O’rta  maxsus  kasb-hunar  ta`limi  2009  yildan  boshlab  majburiy  hisoblanib, 

umumiy  o’rta  ta`lim  maktabining  bitiruvchilari  xohishlariga  binoan  o’qish 

yo’nalishini  –  akademiyak  litsey  yoki  kasb-hunar  kollejini  tanlaydilar.  O’rta 

maxsus kasb-hunar ta`limi bitiruvchilarni mehnat bozorida o’z o’rinlarini topishlari 

uchun  aniq  bir  yo’nalishda  ham  umumta`lim  fanlari  bo’yicha  bilim  berib,  ham 

kasb-hunar ta`limini beradi. Umumiy o’rta ta`lim negizida har bir bitiruvchi o’qish 

yo’nalishi  bo’yicha  yoki  kasb-hunar  ta`limi  kollejini,  yoki  akademiyak  litseyni 

tanlashi  mumkin.  O’rta  maxsus  kasb-hunar  ta`limi  kunduzgi  ko’rinishda  ikki 

yo’nalishda akademiyak litseylarda va kasb-hunar kollejlarida amalga oshiriladi. 



Kasb-hunar kollejlari kasb ta`limi bilan bir qatorda akademiyak litseylar kabi o’rta 

maxsus  ta`lim 

ham  berib

,  bu  keyinchalik  yoki  uzluksiz  ta`limni  davom  eettirish, 

yoki bo’lmasam mutaxassisligi bo’yicha ish bilan shug’ullanish imkonini beradi. 

Akademiyak  litsey  –o’qish  uch  yilga  mo’ljallangan  o’rta  maxsus  yo’naltirilgan 

o’quv  dargohi  bo’lib,  davlat  ta`lim  standartiga  mos  ravishda  o’quvchilarning 

bilimlari  aqliy  salohi  tini  oshirishga  qaratilgan,  ularning  imkoniyatlari  va 

qiziqishlari  asosida  yo’naltirilgan  holda  chuqurlashtirib  beriladi.  Akademiyak 

litseylarda  o’quvchilar  ta`lim  yo’nalishini  ixtiyoriy  ravishda  -  gumanitar,  tabiiy 

fanlar yo’nalishi tarzida tanlaydilar. Akademiyak litseylar oliy o’quv rtlari qoshida 

ochilgan  bo’lib,  qoidaga  muvofiq  asosiy  e`tibor  oliy  o’quv  yurtlarining  yuyuqori 

malakali  o’qietuvchilarini  litseydagi  o’quv  jarayoniga  jalb  etish,  kerak  bo’lsa 

OO’ning 


tajriba 

maydonlari

kutubxonalaridan 



litsey 

o’quvchilarining 

foydalanishlari uchun shart-sharoit yaratib berishdan iboratdir. 

Akademiyak  litseydagi  yo’naltirilgan,  chuqurlashtirilgan  o’quv  jarayoniga  zarur 

bo’lsa ilmiy – tadqiqot muassasalari ham jalb qilinadi. Bunday holatlarda Oliy va 

O’rta maxsus kasb-hunar ta`limi Vazirligining ruxsati bilan kelishilgan tarzda ish 

olib boriladi. 

Kasb-hunar  kollejlari  –  o’rta  maxsus  va  kasb  ta`limini  beradigan  o’quv  dargohi 

bo’lib, unda uch yil mobaynida ta`lim olinadi. Davlat ta`lim standartlariga muvofiq 

kollejda  umumiy  o’rta  ta`lim  va  chuqurlashtirilgan  holda  kasb-hunar  o’rgatilib, 

malaka  shakllantiriladi.  Kollej  bitiruvchilari  yo’nalishlari  asosida  bir  yoki  bir 

nechta kasbni gallashlari mumkin. 

Kasb-hunar  kollejlari  uchun mahalliy  hokimiyatning  bajaruvchi  organlari 

tomonidan  rivojlangan  korxona  yoki  muassasalardan  vasiylar  tayinlanadi. 

Shuningdek,  kollej  yo’nalishiga  mos yo’nalishga  ga  bo’lgan  oliy  o’quv  yurti 

tomonidan  vasiylik  qilinadi.  O’quv  muassasasining  maqsadi  o’rta-maxsus  kasb-

hunar  ta`limi  berishdir.  Kollejda  ta`lim  tizimining  dual  tizimi  asosida  ikki 

tomonlama kasb va ta`lim dasturlari asosida bilim beriladi. 

Akademiyak litsey va kasb-hunar kollejlarida umumiy o’rta ta`lim va kasb ta`limi 

dasturlari quyidagi tarzda qo’llanadi: 

 

Uchta bosqichda.  



 

 



Har  bir  bosqichda  o’quv  jarayoni  nihoyasiga  etgach,  o’quvchilarning 

bilimlarini tekshirish maqsadida nazorat o’tkaziladi.  

 

 



O’quv  yili  ikki  semestrdan  iborat  hamda  o’quv  ta`tillari  10  yoki  12  hafta 

davom etadi.  

 

 



O’quvchilar guruhlarga o’qitish kurslari, yo’nalishlari asosida ajraetiladi.  


 

 



Akademiyak  litsey  va  kasb-hunar  kollejlari  uchun  auditori  mashg’ulotlari 

uchun  akademiyak  soat  40  minut  qilib  belgilangan.  Zarurat  yuzasidan 

mashg’ulotlar juftlik soatlarga birlashtirilishi mumkin.  


Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin