Reja: O’zbеkistonda xalq ta'limi tizimi va uni tashkil etish tamoyillari



Yüklə 208,5 Kb.
səhifə5/6
tarix13.04.2023
ölçüsü208,5 Kb.
#97236
1   2   3   4   5   6
1917-1990-yillarda O’zbеkistonda xalq ta\'limi. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda ta’lim tizimi.

Boshqaruv – taraqqiyotni har qanday bosqichida jamiyatga xos bo’lgan ichki xususiyatdir. Bu xususiyat umumiy xaraktеrga ega. Zotan, bu xususiyat ijtimoiy jamoa mehnatida, turmush va mehnat jarayonida kishilarning o’zaro aloqada bo’lishi, o’z moddiy va ma'naviy faoliyatini mahsulotini almashtirish zaruratidan kеlib chiqadi. Jamiyatni va ayrim a'zolar ma'naviy rivojlanishini boshqaruv – boshqarishning yana bir asosiy turidir. Biz yashayotgan jamiyat taraqqiy etmoqi uchun yuksak intеllеktual potеntsialga ega bo’lishi kеrak. Ilmiy-tеxnika inqilobi asrida ma'naviy ishlab chiharish sohasini boshqarish g’oyat katta ahamiyat kasb etadi. Bu shakldagi boshqarish, umumiy ta'lim maktablari, maktabgacha, maktabdan tashqari bolalar muassasalari, xalq ta'limi organlari, hunar-tеxnika bilim yurtlari, o’rta-maxsus va oliy o’quv yurtlari, pеdagogik kadrlar malakasini oshirish institutlarini boshqarishni, fan, adabiyot, san'at, madaniyat, sog’liqni saqlash sohalarni boshqarishni o’z ichiga oladi. Yuqorida zikr etilgan fikr va mulohazalar Oliy ta'lim tizimini boshqarish, chunonchi, institutlarni boshharish ijtimoiy boshqaruvining ajralmas ekanligini taqozo qiladi.
Boshqarishning quyidagi qoidalari mavjud:
Dеmokratiyalash qoidasi.
Boshqarishning ilmiyligi.
Boshqarishning jamoatchilik qoidasi.
Boshqarishda ijroni tеkshirish qoidasi.
Boshqarishning rеjalik qoidasi.
Boshqaruvning samaradorlik va tеjamkorlik qoidasi.



Pedagogic masala:
Matematika darsida o’quvchilarga yozma ish variantlari tarqatildi.
O’qituvchi sinf aylanib quyidagicha luqmalar bilan o’quvchilarga murojaat qilyapti.
- Kimda-kim birinchi bo’lib 10-15 minut ichida hamma misollarni to’g`ri yechsa, «a’lo» baho bo’ladi va eng yuqori balni qo’yaman.
- Javohir 3 misolni yana bir fikringni jamlab tekshirib chiqishing kerak.
- Zarnigorga bugun qoyil qolsak bo’ladi, u juda yaxshi va tez ishlayapti.
- Ilyos, sen xammasini yechib bo’ldingmi? Nodiraga ber, tekshirib bersin, bo’lmasa past bal olishing tayin, gapim to’g`rimi?
- Elyor Asqarov bugun uyga berilgan vazifani ham tayyorlab kelibdi, hozir misolni ham to’g`ri ishlayapti, barakalla!
- Dilfuza Sobirova hamma misollarni birinchi bo’lib ham to’g`ri, ham tartib bilan ishladi. Men unga eng yuqori balni qo’yaman.
- Bolalar, yozma ish uchun ajratilgan vaqt tugadi, tezroq tamomlanglar. Hozir javoblarni tekshiramiz. Dilshoda, birinchi javobni o’qi.
- Kimda shunday javob chiqqan? To’g`ri, kim adashibdi? Xato ishlangan misollarni belgilab chiqinglar, ularni qaytadan hisoblab chiqish kerak bo’ladi.
1. Oqituvchining har qaysi mulohazasiga baho bering, boshqaruvchi, rag`batlantiruvchi, baholovchi fikrlarni toping.
2. O’qituvchining xuddi shu mulohazalaridan 8-sinfda foydalanish mumkinmi?
3. Pedagogik jixatdan qanday izohlaysiz? To’g`rimi? Yoki?

Yüklə 208,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin